Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
47.4K photos
4.48K videos
61 files
13.5K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1
"Adliya kuni" doirasida aholi bilan ochiq muloqot tashkil etildi

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Degantepa" MFYda “Adliya kuni” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqarolarning murojaatlari tinglandi va 3 nafar nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, shuningdek, 2 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.


Bundan tashqari, tadbir jarayonida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 05-yanvardagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1
📌 Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?

Oybek Musurmonkulov,
Respublika ishchi guruhi a'zosi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1🤝1
Nurafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabida Vatanparvarlik oyligi doirasida keng qamrovli ma’naviy-ma’rifiy hamda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlari izchil ravishda tashkil etildi.

Ushbu oylikning asosiy maqsadi yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat, jismoniy barkamollik va faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdan iborat.
Oylik doirasida o‘quvchilar ishtirokida qator mazmunli tadbirlar o‘tkazildi.


Jumladan, o‘g‘il bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Balli yigitlar” tanlovi orqali o‘quvchilarning chaqqonlik, bilimdonlik, jismoniy tayyorgarlik hamda jamoada ishlash ko‘nikmalari sinovdan o‘tkazildi.
Tanlov qiziqarli shartlar asosida tashkil etildi va ishtirokchilar faolligi bilan ajralib turdi.

Shuningdek, boshlang‘ich va o‘rta sinf o‘quvchilari uchun “Quvnoq startlar” sport musobaqasi o‘tkazildi.


Musobaqa davomida o‘quvchilar faol ishtirok etib, yuqori kayfiyat va ijobiy taassurotlarga ega bo‘ldilar.
1🔥1
#JARAYON

Tasdiqlanganga rejaga asosan  MEHNAT YARMARKASI tashkil etildi.

♻️ 2026-yil 20-yanvar sanasida Respublika ishchi guruhi a'zolari, Nurafshon shahar hokimligi hamda  shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda "Taraqqiyot" MFYda MEHNAT YARMARKASI tashkil etildi.

❇️ Yarmarkada 8 ta korxona va tashkilotlar 287  ta bo'sh ish o'rinlari bilan qatnashdi.  Shuningdek, 17 nafar ishsiz fuqaro ushbu yarmarkada ishtirok etdi. Shundan 1 nafari ishga joylashishi yuzasidan yoʻnalish olgan boʻlsa, 3 nafari kasb-hunarga o'qishga yo'naltirildi.



✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🤝1
Nurafshon shahrida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limida o‘quvchilar hamda otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” ma’naviy-ma’rifiy tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bu yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, favqulodda vaziyatlar sohasiga oid qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar. Shuningdek, ochiq muloqot orqali ularning vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.


Bundan tashqari, ishtirokchilarga qutqaruvchilarning maxsus asbob-anjomlari, amaliy mashg‘ulotlari hamda yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyish etildi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏21
#bildirish

⚡️ Ayni paytda elektr ta’minotida vaqtinchalik roʻy bergan  uzilishlar qoʻshimcha zarur texnik yordam talab etgani bois soat 20:00 gacha bartaraf etiladi.

Nurafshon shahar elektr tarmoqlari korxonasi  ma’lum qiladi:

Texnik nosozliklarning oldini olish maqsadida tarmoqda yuz bergan avariyaviy holat ta'mirlanmoqda.

🔌 Ish vaqti:
🗓 2026-yil 20-yanvar
soat 20:00 gacha



🙏 Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

Elektr ta’minotini barqaror saqlash yo‘lida ishlar davom etmoqda.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👎9👍2🤝2