Nurafshon shahri hokimligi
3.2K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Nurafshon shahrida aholi muammolarini hal etishga bag'ishlangan sayyor qabul tashkil etildi

Nurafshon shahridagi "Oybek", "Obod turmush" va "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabulning asosiy maqsadi — mahalla aholisi bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolari va takliflarini joyida tinglash, mavjud muammolarga tezkor yechim topish, davlat va jamiyat organlarining xalqqa yaqinligini ta’minlashdan iborat bo‘ldi.


Qabul davomida mazkur uchta mahalladan fuqarolar o‘z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Ularning murojaatlari asosan quyidagi masalalar yuzasidan bo‘ldi:

🔹uy-joy va kommunal xizmatlar,
🔹ichimlik suvi,
🔹infratuzilmani yaxshilash,
🔹ijtimoiy yordam ko‘rsatish,
🔹chiqindilarni tashishga oid,
🔹sog‘liqni saqlash va boshqa dolzarb ijtimoiy masalalar.

Qabulda aholi tomonidan ko‘tarilgan har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, ularning ayrimiga joyida huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.

Murojaatlarning bir qismi esa nazoratga olinib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddi rahbarlarga aniq topshiriqlar berildi. Fuqarolarning murojaatlari ijrosi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatildi. Ochiq muloqot aholining dardini eshitish va ularning roziligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, mahallalarda ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, xalq farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.


Shu kabi sayyor qabullar kelgusida ham davom ettiriladi.

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#census_2026

Birga ro‘yxatdan o‘tamiz – birga kelajakni quramiz!


Ro‘yxatga olish orqali yurtimizda qancha aholi borligi, ularning yosh tarkibi, turmush sharoiti, shuningdek, qishloq xo‘jaligidagi yer maydonlari, chorvachilik va ekin turlari haqida aniq ma’lumotga ega bo‘lamiz.


Bu esa, manzilli qarorlar qabul qilishda, resurslardan samarali foydalanish va har bir hudud rivojini rejalashtirishda mustahkam asos bo‘lib xizmat qiladi.


Har bir to‘g‘ri ma’lumot — xalq farovonligi va mamlakat taraqqiyotiga xizmat qiladi!


Gulasal Ahmedova,
aktrisa
🔥1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


🗓21.01.2026


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahridagi 13-umumta'lim maktabida “STATISTIKA SINFI” tashkil etildi.  Bu haqda  "Nurafshon TV"  telekanalining "Fursat" informatsion  dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1🤝1
🗓21.01.2026

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Dehqonobod" MFYda “Adliya kuni” tadbiri davomida huquqiy targ‘ibot  o‘tkazildi hamda  sayyor qabul tashkil etilib,fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shu kuni 5 nafar nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Nurafshon shahar adliya bo‘limi FXDYo mudirasi M. Mayusupova tomonidan fuqarolarga oilaviy nizolar va oilaviy ajrimlarni oldini olish hamda nikoh shartnomasi tuzish to‘g‘risida tushunturishlar berildi.

Bundan tashqari Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026 yildagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
👍1🔥1🤝1