Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


🗓21.01.2026


FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahridagi 13-umumta'lim maktabida “STATISTIKA SINFI” tashkil etildi.  Bu haqda  "Nurafshon TV"  telekanalining "Fursat" informatsion  dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1🤝1
🗓21.01.2026

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Dehqonobod" MFYda “Adliya kuni” tadbiri davomida huquqiy targ‘ibot  o‘tkazildi hamda  sayyor qabul tashkil etilib,fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shu kuni 5 nafar nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Nurafshon shahar adliya bo‘limi FXDYo mudirasi M. Mayusupova tomonidan fuqarolarga oilaviy nizolar va oilaviy ajrimlarni oldini olish hamda nikoh shartnomasi tuzish to‘g‘risida tushunturishlar berildi.

Bundan tashqari Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026 yildagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
👍1🔥1🤝1
Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

🗓21.01.2026

🔹2026-yilning 21-yanvar kuni Nurafshon shahridagi 1-umumta'lim maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Shuningdek, "Maʼnaviyat karvoni" doirasida  “Oybek", "Obod turmush" va  "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.


Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulovning ma'lum qilishicha, bugun "1-umumta'lim maktabi binosida bo'sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🔹Aholi muammolarini joyida hal etish hamda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar hokimligi va Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  hamkorligida o'tkazilgan mazkur yarmarkada 6 ta korxona va tashkilot tomonidan jami 245 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 16 nafar band bo'lmagan ishsiz fuqaro ishtirok etdi. Yarmarka natijasida 2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun koʻrsatma berildi,  1 nafari esa kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

Turli sohalar bo‘yicha ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirok etgan yarmarkada  ishtirokchilar uchun maslahat va tavsiyalar ham berildi.
2🤝1