Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Nurafshon shahridagi 13-umumta'lim maktabida “STATISTIKA SINFI” tashkil etildi.  Bu haqda  "Nurafshon TV"  telekanalining "Fursat" informatsion  dasturi orqali axborot lavhasi efirga uzatildi.


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
1👏1🤝1
🗓21.01.2026

Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari tomonidan "Dehqonobod" MFYda “Adliya kuni” tadbiri davomida huquqiy targ‘ibot  o‘tkazildi hamda  sayyor qabul tashkil etilib,fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Shu kuni 5 nafar nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi, 3 nafar fuqaroga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ta’minlandi.
Shuningdek, tadbir davomida Nurafshon shahar adliya bo‘limi FXDYo mudirasi M. Mayusupova tomonidan fuqarolarga oilaviy nizolar va oilaviy ajrimlarni oldini olish hamda nikoh shartnomasi tuzish to‘g‘risida tushunturishlar berildi.

Bundan tashqari Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-son qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.01.2026 yildagi PQ-1 son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan NHHlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi.
👍1🔥1🤝1
Nurafshonda bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

🗓21.01.2026

🔹2026-yilning 21-yanvar kuni Nurafshon shahridagi 1-umumta'lim maktabi binosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

🔹Shuningdek, "Maʼnaviyat karvoni" doirasida  “Oybek", "Obod turmush" va  "Muqimiy" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi uchun boʻsh ish oʻrinlari mehnat yarmarkasi oʻtkazildi.


Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i Mansur Xudaykulovning ma'lum qilishicha, bugun "1-umumta'lim maktabi binosida bo'sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.


🔹Aholi muammolarini joyida hal etish hamda ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida Respublika ishchi guruhi a’zolari, Nurafshon shahar hokimligi va Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi  hamkorligida o'tkazilgan mazkur yarmarkada 6 ta korxona va tashkilot tomonidan jami 245 ta bo‘sh ish o‘rni taklif etildi. Tadbirda 16 nafar band bo'lmagan ishsiz fuqaro ishtirok etdi. Yarmarka natijasida 2 nafar fuqaroga ishga joylashish uchun koʻrsatma berildi,  1 nafari esa kasb-hunarga o‘qishga yo‘naltirildi.

Turli sohalar bo‘yicha ish beruvchilar va ish izlovchilar ishtirok etgan yarmarkada  ishtirokchilar uchun maslahat va tavsiyalar ham berildi.
2🤝1
Nurafshon shahrida raqamli xizmatlardan samarali foydalanishga bag‘ishlangan o‘quv seminar tashkil etildi


Kecha Nurafshon shahrida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishni targ‘ib qilish va davlat xizmatlarining ochiqligini ta’minlash maqsadida o‘quv seminar o‘tkazildi. Tadbirda shahar Prezident maktabi vakillari ishtirok etdi.

🔹Seminarda Nurafshon shahar hokimligi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish loyihalari menejeri G. Eruvbayeva hamda Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi vakili A. Ergashov tomonidan elektron xizmatlardan samarali foydalanish bo‘yicha ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali imkoniyatlari, ommabop onlayn xizmatlardan foydalanish tartibi hamda OneID tizimi orqali portalga kirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar taqdim etildi.


🔹Tadbir yakunida qatnashchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar olishdi.
1🔥1👏1🤝1
#bu_muhim

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida pensiyalarni naqd shakliga o‘tkazish xizmati joriy etildi.



Havola.


Qo'shimcha savollar uchun:  📞 12-71

Nurafshon shahar Byudjetdan tashqari pensiya jamg'armasi bo'limi ma'muriyati

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🤝1
Nurafshon shahridagi "Hurriyat" mahallasida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi

Nurafshon shahar "Hurriyat" mahallasi raisi M.Yuldasheva va IIB XQMB katta inspektori L.Baxtiyorova hamkorligida “Spirtli ichimliklarga ruju qo‘yish va giyohvandlik moddalarini iste’mol qilishga olib kelayotgan omillar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbirda jamiyatda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida zararli odatlarning oldini olish dolzarb masala ekani ta’kidlandi.

Spirtli ichimlik va giyohvandlikka ruju qo‘yishning asosiy sabablari — nazoratsizlik, ishsizlik, ma’naviy bo‘shliq, noto‘g‘ri muhit hamda axborot vositalarining salbiy ta’siri ekani qayd etildi.

Shuningdek, bunday illatlarning huquqbuzarlik va jinoyatchilikka sabab boʻlayotgan omillari tahlil etildi.

Targ‘ibot-profilaktika ishlari kelgusida ham belgilangan reja asosida davom ettirilishi belgilandi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👍3👏21