This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aholi tomonidan eng ko‘p berilayotgan savollarga javoblar:
— Men savolnomada oila a’zolarimni ham kiritib, onlayn ro‘yxatdan o‘tdim. Faqat menga sertifikat chiqdi. Lekin oila a’zolarimning ish joyidan ularni ro‘yxatdan o‘tganligini isbotlovchi sertifikat so‘rashmoqda. Bunda qanday yo‘l tutsa bo‘ladi?
— Agar siz onlayn ro‘yxatdan o‘tish jarayonida oila a’zolaringizni ham o‘zingiz bilan birga yagona savolnoma orqali kiritgan bo‘lsangiz, demak, ular ham ro‘yxatga olingan hisoblanadi. Bu qonun talablariga to‘liq mos.
Biroq tizim texnik jihatdan faqat bitta — asosiy respondent nomi bilan sertifikat shakllantiradi. Shu sababli oila a’zolaringiz uchun alohida sertifikat avtomatik tarzda chiqarilmaydi.
Agar sizga xonadon tarkibida kimlar ro‘yxatdan o‘tganini tasdiqlovchi ma’lumot kerak bo‘lsa, ushbu ma’lumot sertifikatning quyi qismida keltirib o‘tilgan. Ish joyingiz tomonidan onlayn ro‘yxatdan o‘tganlikni tasdiqlovchi hujjat so‘ralsa, mazkur ro‘yxatni taqdim etishingiz mumkin.
👍1🔥1
📌Men onlayn ro‘yxatdan o‘tdim, Sizchi?
Yashin Djurayev,
Respublika ishchi guruhi a'zosi
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
❤1👍1🔥1🤝1
Huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi
⚖️Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari va “Madad” NNT tomonidan Nurafshon shahar “Ma’rifat” MFYda “Adliya kuni” tadbiri doirasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijada, 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 2 nafar fuqaro sayyor davlat xizmatlari bilan ta’minlandi.
✅ Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda flaerlar tarqatildi.
❤1👍1🔥1🤝1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
Joriy yilning 22-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, OAV vakillari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Shuningdek, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘tkirbek Rashidov tomonidan Murojaatnomada belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, islohotlarning amaliy ahamiyati, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari hamda bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.
✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"
✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
🔹Bugungi tadbirda ma’ruzachilar tomonidan eng muhim va hayotiy masalalarga alohida urg‘u berildi.
Ayniqsa, 2026-yilga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nom berilgani, Prezidentimizning Murojaatnomasida ilgari surilgan bosh g‘oya va ustuvor maqsadlarni yaqqol aks ettiradi.
✅Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida mahalla instituti va mahalliy vakillik organlarining faol ishtiroki, hududlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda yangilanishlarning asosi sifatida mazkur hujjat muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.
Shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish atroflicha muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar, kutilyotgan natijalar va jamiyat hayotida kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida batafsil fikr yuritildi.
❤1🔥1👏1🤝1
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori
Peltabayeva Matluba Muldiyarovnaning aholi va soha xodimlariga
MUROJAATI
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida mamlakatimizning barcha sohalarida chuqur islohotlar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, uni oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.
Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat mamlakatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.
Soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakatimizda tom ma’noda korrupsiyaga qarshi kurashilmoqda. Shu sababli loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urugʻ-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxoʻrlik kabi illatlarning sodir etilishiga qarshi kurashda barchaning faolligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda.
Shu munosabat bilan men Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori tibbiyot xodimlari va aholining korrupsiya holatlarini aniqlashda va uni oldini olishda ishtirok etib, o’z hissalaringizzni qo’shishga chorlab qolaman.
Hurmatli fuqarolar!
Sizdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasining korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling:
Ishonch telefonlari — 1203; 1103,
Elektron pochta — nurafshonshtb@gmail.com
✅Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.M.Peltabayeva
📱97-703-47-45
O’rinbosari– S.K.Yakubova;
📱99-020-82-00
Bosh hamshira N.Yu.Esanbayeva
📱77-081-50-11
✅SHTB qabulxona;
☎️ 90-670-67-10
🤝2❤1👍1