Nurafshon shahri hokimligi
3.19K subscribers
43.9K photos
4.06K videos
61 files
12.4K links
Download Telegram
Huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi


⚖️Nurafshon shahar adliya bo‘limi xodimlari va “Madad” NNT tomonidan Nurafshon shahar “Ma’rifat” MFYda “Adliya kuni” tadbiri doirasida “Huquqiy targ‘ibot” tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda sayyor qabul tashkil etilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi. Natijada, 2 nafar fuqaroning murojaati ish yurituviga olindi, 7 nafar fuqaroga joyida huquqiy tushuntirish berildi hamda 2 nafar fuqaro sayyor davlat xizmatlari bilan ta’minlandi.


Shuningdek, adliya bo‘limi xodimlari tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-937-sonli Qonuni, Prezidentning 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori va boshqa yangi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati tushuntirildi hamda flaerlar tarqatildi.
1👍1🔥1🤝1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


Joriy yilning 22-yanvar kuni Nurafshon shahar hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi deputatlari, OAV vakillari hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatiga bag‘ishlangan keng qamrovli targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov ishtirok etdi va so‘zga chiqdi. Shuningdek, Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O‘tkirbek Rashidov tomonidan Murojaatnomada belgilangan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, islohotlarning amaliy ahamiyati, ularni hayotga tatbiq etish mexanizmlari hamda bu jarayonda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtiroki yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi.

✍️ Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#2026-yil

🔹2026-yil — "Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili"

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👏1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


🔹Bugungi tadbirda ma’ruzachilar tomonidan eng muhim va hayotiy masalalarga alohida urg‘u berildi.

Ayniqsa, 2026-yilga “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nom berilgani, Prezidentimizning Murojaatnomasida ilgari surilgan bosh g‘oya va ustuvor maqsadlarni yaqqol aks ettiradi.

Tadbir ishtirokchilari mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar jarayonida mahalla instituti va mahalliy vakillik organlarining faol ishtiroki, hududlarda yuz berayotgan o‘zgarishlar hamda yangilanishlarning asosi sifatida mazkur hujjat muhim dasturilamal bo‘layotganini ta’kidlab o‘tdilar.

Shuningdek, 2026 yilda amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan eng muhim 6 ta ustuvor yo‘nalish atroflicha muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar, kutilyotgan natijalar va jamiyat hayotida kutilayotgan ijobiy o‘zgarishlar haqida batafsil fikr yuritildi.
1🔥1👏1🤝1
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori
Peltabayeva Matluba Muldiyarovnaning aholi va soha xodimlariga
MUROJAATI


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning rahbarligida mamlakatimizning barcha sohalarida chuqur islohotlar jadal suratlar bilan olib borilmoqda. Xususan, korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga ham alohida e’tibor qaratilib, uni oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi yaratildi.

Taʼkidlash lozimki, korrupsiya keltiradigan zarar barcha davlatlar uchun teng sanalib, mazkur illat mamlakatning turli sohalariga, xususan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy jabhalarida amalga oshirilayotgan islohotlarga salbiy taʼsir ko‘rsatadi.

Soʻnggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi ishlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarildi. Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakatimizda tom ma’noda korrupsiyaga qarshi kurashilmoqda. Shu sababli loqaydlik, befarqlik, ikkiyuzlamachilik, tovlamachilik, firibgarlik, urugʻ-aymoqchilik, tanish-bilishchilik, poraxoʻrlik kabi illatlarning sodir etilishiga qarshi kurashda barchaning faolligi yaqqol koʻzga tashlanmoqda.

Shu munosabat bilan men Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori tibbiyot xodimlari va aholining korrupsiya holatlarini aniqlashda va uni oldini olishda ishtirok etib, o’z hissalaringizzni qo’shishga chorlab qolaman.

Hurmatli fuqarolar!
Sizdan korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga guvoh bo‘lgan bo‘lsangiz, Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasining korrupsiyaga
oid huquqbuzarliklar haqida xabar berishga mo‘ljallangan quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qiling:

 Ishonch telefonlari — 1203; 1103,
 Elektron pochta —
nurafshonshtb@gmail.com
Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi bosh shifokori M.M.Peltabayeva
📱97-703-47-45
O’rinbosari– S.K.Yakubova;
📱99-020-82-00
Bosh hamshira N.Yu.Esanbayeva
📱77-081-50-11
SHTB qabulxona;
☎️ 90-670-67-10
🤝21👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Is gazi – ko‘rinmas qotil

Tabiiy gazdan foydalanish qoidalariga rioya qiling.
1
#munosabat

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi yuzasidan hamshahrlarimiz o‘z munosabatini bildirmoqda.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga qilgan Murojaatnomasi mamlakatimiz taraqqiyotining keyingi bosqichlari uchun muhim yo‘nalish va ustuvor vazifalarni belgilab bergan tarixiy hujjatdir.

Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar – xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy adolatni mustahkamlash, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni oshirish, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish borasidagi aniq vazifalar partiyamiz dasturiy maqsadlari bilan hamohangdir.

Ayniqsa, hududlarni kompleks rivojlantirish, mahalliy hokimiyat va deputatlik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan topshiriqlar siyosiy partiyalar faoliyatida yangi mas’uliyat va tashabbuslarni talab etadi.

Biz, siyosiy partiya sifatida, Prezident Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda faol ishtirok etishga, qonunchilik tashabbuslari, joylardagi muammolarni o‘rganish va ularning yechimi bo‘yicha aniq takliflar berishga tayyormiz. Partiyamiz deputatlari va faollari bu borada xalq bilan yaqin hamkorlikda ishlaydi.

Ishonch bilan aytish mumkinki, Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan islohotlar izchil davom ettirilsa, Yangi O‘zbekistonni barpo etish yo‘lidagi maqsadlar, albatta, amalga oshadi.

🔹Maftuna Urinbayeva,
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Nurafshon shahar Kengashi raisi


✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
2🔥1
📢 E’LON

Havo haroratining keskin pasayishi va aholining tabiiy gazga bo‘lgan ehtiyoji ortishi sababli ayrim hududlarda gaz bosimi me’yoridan pastlamoqda.


Shu munosabat bilan, hurmatli gaz iste’molchilari, gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz.

❗️ Gaz bosimi yetarli bo‘lmagan hududlarda nosoz dudburonli yoki shlang orqali ulangan isitish pechlaridan foydalanmang.

❗️ Gaz jumraklarini (kranlarini) doimiy tekshirib, ochiq va nazoratsiz holatda qoldirmang.

Vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.

📞 Murojaat uchun: +998 99 004 81 04

“Nurafshonshahargaz” ta’minoti bo‘limi

✍️Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
👌2👎1👏1
📢 E’LON

❗️ Hurmatli hamshaharlar!
O‘zingiz va oila a’zolaringizni tabiiy gaz va yonish xavfidan himoya qiling!

❄️ Ayrim hududlarda gaz bosimi pasaymoqda.

🔥 Nosoz dudburonli yoki quvur orqali ulangan pechlardan foydalanmang.

🔧 Gaz jihozlaringizni doimiy tekshiring va nazoratsiz qoldirmang.

📞 Murojaat: +998 99 004 81 04 🏢 Nurafshonshahargaz
👍1