🇺🇿 “Tashabbusli byudjet” jarayonlarida yangi tartib va imkoniyatlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2025-yil 29-avgustdagi “Tashabbusli byudjet jarayonlarini takomillashtirish doirasida xalq vakillari va saylovchilar o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ–264-sonli qarori hamda Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 17-dekabrdagi KQ–280–V sonli qarori asosida “Tashabbusli byudjet” jarayonlariga yangiliklar va o‘zgartirishlar joriy etildi.
📌 Asosiy yangiliklar:
• Loyiha qiymatining 50%ini aholi moliyalashtirsa, loyiha avtomatik ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi; qolgan qismi davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
• Sherikchilik asosida moliyalashtirish ixtiyoriy va maxsus tartibda amalga oshiriladi.
• “Eng yaxshi soliq to‘lovchi mahalla” ro‘yxatiga kirgan mahallalar uchun loyiha qiymatining 25%ini to‘plash yetarli hisoblanadi.
• Agar 50% mablag‘ yig‘ilmasa, mablag‘lar fuqarolarga to‘liq qaytariladi.
💡 Deputat tashabbusi:
• Ovoz berish natijasida g‘olib bo‘lmagan loyihalar orasidan har bir deputat o‘z okrugiga tegishli bitta loyihani qo‘shimcha g‘olib deb e’lon qilishi mumkin.
• Har bir deputat uchun yiliga 3,3 mlrd so‘m ajratiladi.
📊 Sherikchilik loyihalari:
• Loyiha-smeta hujjatlari tashabbuskor fuqarolar va mahalla raisi tomonidan tasdiqlanadi.
• Ovoz berish va mablag‘ yig‘ish jarayoni maxsus tranzit hisobraqamlarda amalga oshiriladi.
https://t.me/Nurafshonpressa

👍1👌1
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda
📌O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Nurafshon shahrida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Shu maqsadda navbatdagi tadbir 26-umumta'lim maktabi binosida "Dehqonobod" va "Toy tepa" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.
✅Uchrashuvda strategik maqsadlarni mahallalarda hayotga tatbiq etish, aholi bilan bevosita muloqot asosida aniq natijalarga erishish ustuvor vazifa ekanligi alohida ta’kidlandi.
🇺🇿Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.
✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
https://t.me/Nurafshonpressa
👍1🔥1🤝1
📌Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ`ib etilmoqda
🗓 26.01.2026
📸 FOTONIGOH

👍1🔥1👏1🤝1