Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
📌Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ`ib etilmoqda


🗓 26.01.2026


📸 FOTONIGOH


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati


https://t.me/Nurafshonpressa
👍1🔥1👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ro‘yxat_2026

Har bir to‘g‘ri ma'lumot – taraqqiyot uchun xizmat qiladi.

Ro‘yxatdan o‘tish census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn amalga oshiriladi.

📹Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma. 

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogoh_bo‘ling

Diqqat! Yangi firibgarlikdan ogoh bo‘ling.

Hurmatli yurtdoshlar!

Hech qanday shubhali ovoz berish tugmasini bosmang. Ularga ishonmang. Agar sizga shu kabi xabarlar kelsa, ularni o‘chirib yuboring!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahri ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasiga tashrif buyuradi va sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi, Toshkent shahrida xavfsiz muhitni shakllantirish hamda jamoat xavfsizligini samarali ta’minlash bo‘yicha namunaviy amaliyotni yaratish chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yig‘ilishini o‘tkazadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Управление охраны при Главном управлении внутренних дел города Ташкента и ознакомится с проводимой в сфере работой, а также проведет видеоселекторное совещание по мерам создания безопасной среды в столице и формированию образцовой практики эффективного обеспечения общественной безопасности.

Facebook|Instagram|X
🔥1
Haj va Umra ziyoratiga boruvchilar uchun yangi qaror qabul qilindi

"Haj" va "Umra"ga  borish uchun endi yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy
etib belgilandi.

"Haj" va "Umra" tadbirlarini tashkil etish tizimini raqamlashtirish va takomillashtirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (2026-yil 24 yanvar. 27-son) qarori qabul qilindi.

Mazkur hujjat bilan respublikamizda "Haj va Umra yagona portali" ishga tushirildi. Endilikda muqaddas ziyoratga borish istagida bo‘lgan fuqarolar uchun ushbu portal orqali ro‘yxatdan o‘tish majburiy etib belgilandi.

Qarorga muvofiq, yangi tartib quyidagi muddatlardan boshlab kuchga kiradi:

2026-yil 1-fevraldan boshlab — "Haj" tadbiriga;

2026-yil 1-maydan boshlab — "Umra" tadbiriga borish uchun portalda ro‘yxatdan o‘tish shart.


Ziyoratchilar haqidagi ma’lumotlar portalga kiritilmasdan turib safarlarni tashkil etishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida davlat va jamiyat xavfsizligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid qilayotgan uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatlar va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha ta’sirchan choralarni belgilash yuzasidan videoselektor yig‘ilishi tanqidiy ruhda boshlandi.

Bu muammolarning har biri alohida-alohida xavfli. Lekin ular bir bo‘lib harakat qilayotgani yanada jiddiy tahdidni yuzaga keltiradi”,

– dedi Prezidentimiz.

Yig‘ilish Toshkent shahrida o‘tayotgani bejiz emas. So‘nggi to‘qqiz yilda poytaxtning doimiy aholisi 1 millionga ko‘paydi, transport vositalari 2 karra ortib, 800 mingga yetdi. Kuniga yana 1 million odam keladi, 350 ming transport kirib-chiqadi.

42 ta maktab, 426 ta bog‘cha, qariyb 36 million kvadrat metr savdo obyekti va 145 ming xonadonli uy-joy qurildi. Poytaxt iqtisodiyoti 367 trillion so‘mdan, uning jon boshiga yillik hajmi esa 116 million so‘mdan oshdi.

Ya’ni Toshkent shahri nafaqat vazirliklar joylashgan ma’muriy hudud, balki respublikaning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy markazi sifatidagi o‘rnini yanada mustahkamladi. Bir so‘z bilan aytganda, poytaxtda iqtisodiy rivojlanish darajasi sezilarli oshdi.

Qayerda hayot sifati yaxshilansa, daromad ko‘paysa, o‘sha yerda “yengil pul topish” harakatida bo‘lgan jinoiy tuzilmalar ham faollashadi. Jinoyatning yangi usul va vositalari ham, eng avvalo, shu yerda paydo bo‘ladi.

Facebook|Instagram|X
“Lekin huquq-tartibot tizimi poytaxtdagi yangiliklarga mos ishlayaptimi? Afsuski, yo‘q,

– dedi davlatimiz rahbari.

Poytaxtning huquq-tartibot idoralari rahbarlari – prokuror vazifasini bajaruvchi A.O‘rmonov, ichki ishlar (Sultonxo‘jayev), departament (birinchi o‘rinbosar Kenjayev), xavfsizlik (Berliboyev), gvardiya (Ortiqov), sud (Ismoilov), adliya (birinchi o‘rinbosar Nazarov), bojxona (Saidov), soliq rahbari (Nasimjonov) respublikaga namuna bo‘lmayapti. Buning uchun poytaxtda resurs ham, kuch-vositalar ham, ilmiy salohiyat ham yetarli bo‘lishiga qaramasdan, haligacha eski “qolip”dan chiqib keta olmayotgani tanqid qilindi.

Bu yil “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb nomlandi. Har qanday huquqbuzarlikning oldini olishda asosiy bo‘g‘in – mahalla profilaktikasi. Lekin Toshkent shahridagi profilaktika xizmatlarining ishi to‘g‘ri tashkil etilmagani uchun muammolar to‘planib qolgani qayd etildi.

Ichki ishlar boshliqlari profilaktika inspektorlarini ertalab soat yettida va kechqurun o‘nda yig‘ib, soatlab yig‘in o‘tkazadi. Ular huquqbuzarlik bilan ishlash o‘rniga kommunal qarzdorlik va aliment undirish, armiyaga yuborish va boshqa jamoat ishlariga ham jalb qilinyapti.

“Oqibatda ularni mahalladan topib bo‘lmaydi. Bir nechta mahallaga o‘zim odam yubordim. Ko‘pi ish joyida yo‘q yoki boshqa ishni qilib yuribdi”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X
Toshkent shahar ichki ishlar tizimidagi tergovchi va surishtiruvchilar faoliyatida sifat yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, xodimlarda malaka yetishmagani uchun o‘tgan yili 833 ta holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilmay, hisobdan yashirilgan.

“Shaharda jinoyatchilik 2 mingtaga kamaytirildi” deb hisobot berilgani bilan poytaxtdagi 26 ta mahalla “qizil”, 465 tasi “sariq” toifada qolgan.

Respublikadagi 208 ta tuman ichida Chilonzor oilaviy zo‘ravonlik, talonchilik, bezorilik bo‘yicha, Yunusobod bosqinchilik bo‘yicha birinchi o‘rinda. Yoki o‘tgan yili Yashnobod va Mirobodda qotillik, Olmazorda tan jarohati, Shayxontohurda talonchilik holatlari eng ko‘p bo‘lgan.

Shu bois, yaqinda ushbu tumanlar ichki ishlar boshliqlarining barchasi yangi qo‘yildi. Ular tashabbus qilib, hududida jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha keskin o‘zgarish qilishi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

Jinoyatlarni fosh qilish va oldini olish o‘rniga Toshkent shahar IIBB boshlig‘i R.Sultonxo‘jayev, Toshkent shahar prokurori v.b. A.O‘rmonov faqat mikroavtobusda shahar aylanish bilan bandligi tanqid qilindi.

Qayd etilganidek, ular 12 ta tuman hokimi, ichki ishlar boshlig‘i, prokurori, “mahalla yettiligi” va jamoatchilik bilan hamjihat ishlasa, 7,5 mingta jinoyatning oldini olsa bo‘lar edi.

R.Sultonxo‘jayev va A.O‘rmonovga “hayfsan” berilib, olti oylik sinov muddati tayinlanishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
Yirik bozorlar va gavjum joylarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha gvardiya, ichki ishlar va favqulodda vaziyatlar idoralarining hamkorligi yetarli emasligi ko‘rsatib o‘tildi.

O‘tgan yili bozorlar va parklarda 87 ta jinoyat sodir etilgan, shaharda jami 774 ta yong‘in yuz bergan.

Bozorlarni raqamlashtirish juda sustligi, hozircha faqat “Chorsu” va “Farhod” bozorlarida situatsion markaz tashkil qilingani qayd etildi.

Ichki ishlar vazirining axborot texnologiyalariga mas’ul o‘rinbosari Z.Qurbonov tayinlaganiga ikki yildan oshgani, lekin tizimni raqamlashtirish bo‘yicha hali sezilarli natija ko‘rinmayotgani tanqid qilindi.

Shu va boshqa tizimli muammo hamda kamchiliklar birinchi navbatda rahbarlarning aybi ekani ta’kidlandi.

Shu bois, bunga mas’ul vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va respublika profilaktika boshlig‘i X.Qodirov ishdan olingan edi.

Facebook|Instagram|X
Uch yil oldin Ichki ishlar vazirligida tashkil qilingan kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining ishi hali ko‘rinmayotgani qayd etildi.

Masalan, o‘tgan yili poytaxtda kiberjinoyatlar soni 16 mingdan ortib, fuqarolar qariyb 2 trillion so‘m moddiy zarar ko‘rgan bo‘lsa, ularni fosh etish 8 foizga ham bormayapti.

Jinoyatchilar bank tizimidagi bo‘shliqdan, aholining ishonuvchanligidan va texnologik bilimi yetishmasligidan foydalanmoqda.

“Ichki ishlar va prokuraturaga bu yo‘nalishda barcha masalalarni hal qilib berganman. Qani natija? Bank va to‘lov tashkilotlarida himoya tizimlarini joriy etish qachon yakunlanadi?

– deya davlatimiz rahbari mutasaddilar oldiga qat’iy savol qo‘ydi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz narkojinoyatchilik va uyushgan guruhlarga qarshi kurash bo‘yicha narkokanallarning oxirgi manbasi va homiylarigacha yetib borish uchun mas’ullarda qat’iyat yo‘qligini tanqid qildi.

Poytaxtda narkojinoyatlarning soni 4 mingdan oshgan. Qo‘lga olingan 112 ta uyushgan jinoiy guruh 1 ming 300 dan ortiq jinoyat qilgan.

Mazkur jinoyatlar uchun aybli deb topilganlar jazoni yarmini ham o‘tamasdan ozodlikka chiqmoqda. Oqibatda bu jinoyatni takroran qilganlar uch yilda 125 foizga ko‘paygan.

Prezident Administratsiyasi shug‘ullanishni boshlagandan keyin bu masalada o‘zgarish bo‘lgani ta’kidlandi. So‘nggi uch oyda respublika bo‘yicha 50 ga yaqin yirik narkoguruhlar qo‘lga olinib, yarim tonna narkotiklar muomalasiga chek qo‘yildi.

Eng yomoni, chet davlatlarda ham o‘zimizning fuqarolar uyushgan guruhlar tuzib, yurtimizdan borganlarga nisbatan tovlamachilik, zo‘ravonlik, tadbirkorligiga raxna solish bilan shug‘ullanyapti. O‘zbeklarning chet eldagi ommaviy mushtlashuvlari yurtimiz obro‘siga putur yetkazyapti”,

– dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan yilning o‘zida chet elda og‘ir ahvolga tushgan 3 ming 700 nafar fuqarolarimiz mamlakatimizga qaytarildi. 192 nafar fuqaro odam savdosi qurboniga aylandi.

Facebook|Instagram|X
Chet elga borib olib, uyushgan jinoiy guruhlar tashkil qilgan, u yerda o‘zimizni fuqarolarni ham talayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yishdagi sustkashliklar tanqid qilindi.

Bundan tashqari, ilgari faqat “ko‘cha” deb ko‘rilgan uyushgan jinoyatchilik bugun “biznes niqobi” ostida daromadli sohalarga kirib boryapti. Ayniqsa, jinoiy to‘dalar faoliyati ko‘p qavatli uylar va avtomashinalar oldi-sotdisi, moliyaviy piramidalar tashkil qilish, “Haj” va “Umra” ziyoratiga yuborishda ancha ko‘paygan.

Shaharda xonadon sotish masalasida 3 mingdan ziyod fuqaroga 1,3 trillion so‘m zarar yetkazilgan.

Mas’ullar aholining firibgarlar qopqoniga tushib qolmasligi uchun huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha ishlamayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Toshkent shahrida yashirin va kuzatilmaydigan iqtisodiyot 60 trillion so‘mga yetgan, bu budjet yiliga 7,5 trillion so‘mni yo‘qotyapti degani.

Birgina aksiz solig‘i to‘lovchilar ishlab chiqarish va realizatsiya hajmini yashirgani oqibatida 66 milliard so‘m soliqdan qochilgan.

Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq ma’murchiligi bo‘yicha poytaxt soliq organlarining ishi mutlaqo qoniqarsiz ekani qayd etildi.

Masalan, qo‘shimcha qiymat solig‘i to‘lovchilarning qariyb 30 mingi QQSning biror so‘mini to‘lamagan. Yoki savdo, servis va umumiy ovqatlanishdagi kassa apparatining to‘rtdan biri ishlatilmayapti.

Ayrim soliq boshliqlari tushumni ko‘paytirish o‘rniga qo‘shtirnoq ichidagi “tadbirkor”larga “homiylik” qilish bilan bandligi ko‘rsatib o‘tildi. Masalan, shaharda o‘tkazilgan tekshiruvlarda 70 milliard so‘m soliq hisoblanmasdan qolgani aniqlangan. So‘nggi ikki yilda shahar soliq idoralarining 19 nafar xodimi korrupsiya bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan, budjetga 27 milliard so‘m zarar yetkazilgan.

O‘tgan hafta Mirzo Ulug‘bek tumani soliq inspeksiyasining boshlig‘i D.Usmanov ishdan olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. U inspeksiya binosining bir qismini shaxsiy maqsadda ijaraga berib, 315 million so‘mni o‘zlashtirgan, ish faoliyatida guruhbozlikka va maishatbozlikka berilgan.

Facebook|Instagram|X
1
Davlatimiz rahbari mavzuni davom ettirar ekan, Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi tomonidan “Chorsu” bozorida to‘lov intizomi joyiga qo‘yilmagani, “Malika” savdo kompleksida esa ahvol bundan ham ayanchli ekanini ko‘rsatib o‘tdi.

Kompleksda 1,5 mingga yaqin tadbirkor faoliyat yuritsa-da, ularning faqat to‘rtdan biri ro‘yxatdan o‘tgan, 25 foizi oyiga 1 million so‘m ham soliq to‘lamayapti. Shuningdek, dekabr oyida plastik kartalar orqali yechib olingan 600 milliard so‘mlik savdo tushumi yashirilgan.

Toshkent shahar soliq boshqarmasi budjet rejasini yaxshi ishlayotgan tadbirkorlarga ortiqcha to‘lov qildirish hisobidan bajarmoqda. Jumladan, 46,4 ming korxonadan 876 milliard so‘m ortiqcha to‘lov undirilgan.

Soliq qo‘mitasida qo‘shilgan qiymat solig‘idan sun’iy ortiqcha to‘lov hosil qilish orqali uni budjetdan noqonuniy qoplash holatlari ko‘paygan. O‘tgan yilda mazkur soliqni noqonuniy qaytarish bo‘yicha 20 nafar soliq xodimiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu yo‘nalishga javobgar bo‘lgan, yetti yildan beri ishlab kelayotgan qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning loqaydligi va mas’uliyatsizligi ko‘rsatib o‘tildi.

Yig‘ilishda M.Mirzayev ishdan olindi.

Facebook|Instagram|X
Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Y.Nasimdjanovni ishdan olish, faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Soliq qo‘mitasi raisiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yish topshirildi.

Qo‘mita raisi F.Po‘latov va qo‘mitaga tayinlangan komplayens bo‘yicha yangi o‘rinbosar A.Soliyevga korrupsiyaga murosasiz muhitni yaratish, Toshkent shahri soliq rahbarlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqib, ularning o‘rnini vatanparvar, yangilikka intilib ishlaydigan shijoatli yoshlar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.G‘aniyev qo‘shtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yo‘l ko‘rsatib yurgani uchun uni bugunning o‘zida ishdan olish topshirildi.

A.Soliyev va Toshkent shahar hokimiga komplayens bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangan M.Mirhamidov poytaxtda yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz muhit yaratishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari hozirda “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini ma’lum qildi.

Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard so‘mga sotib yuborgan.

Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.

Haqli savol tug‘iladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bo‘lsa, xavfsizlik masalalari uchun mas’ullar qayerga qaragan?

– dedi Prezidentimiz.

DXX raisiga “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun mas’ul xodimlarining javobgarligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga mas’ul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.

“Sotilgan davlat mulklari bo‘yicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
1
“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!”,

– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Qisqa muddatda budjetga tushum, talon-toroj, moliyaviy kamchiliklar bo‘yicha 53 trillion so‘m va tashqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani o‘ta ayanchli holat ekani qayd etildi.

Korrupsiyaviy sxemalar bo‘yicha 4,2 trillion so‘m zarar aniqlanib, 1,3 trillion so‘mi undirildi, 55 nafar shaxs qamoqqa olindi.

Masalan, Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va departament boshlig‘i R.Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Umuman, davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.

Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak”,

– dedi Prezidentimiz.

Huquq-tartibot tizimida xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsada, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi 50 yoshdan kichik.

Rahbarlikka yosh kadrlarni qo‘yish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Toshkent shahri misolida aytilgan barcha masalalar butun respublika huquq-tartibot idoralariga birdek tegishli ekani qayd etildi.

Mas’ul idoralar uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha jilovni qo‘lga olib, xodimlarining dunyoqarashini o‘zgartirsa, ularni yangicha ishlashga o‘rgatsa, shunda natija bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun ushbu 4 ta yo‘nalish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilib, birinchi navbatda Toshkent shahrida boshlanadi.

Toshkent shahrida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “poytaxt namunasi” joriy etiladi. Har bir vazir bittadan tumanga biriktiriladi. Masalaning muhimligini inobatga olib, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

Huquq-tartibot oliygohlari quyidagi muammolarni ilm bilan hal qiladi va metodik tavsiyasini tumanda joriy etadi. Oliygoh kafedralari olti oy davomida mahallaga tushib, “mahalla yettiligi” va huquq-tartibot xodimlarini yagona dastur bo‘yicha o‘qitadi.

Huquq-tartibot oliygohlari 3-4 kurs talabalari ham dual ta’lim asosida profilaktika va jamoat tartibini saqlash xizmatlarida amaliyot o‘taydi.

Yangi tizim asosida xavfsiz muhit poytaxtga tutash bo‘lgan va kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatadigan Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida ham yaratiladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz yangi tizimni Chilonzor tumani misolida tushuntirib berdi.

O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan 1 ming 407 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning 40 foizi mahalla hududida bo‘lgan. Yoki o‘g‘rilik, talonchilik, tan jarohati, bezorilik kabi jinoyatlar asosan tungi vaqtda sodir etilmoqda.

Shu bois, jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarish yangicha tashkil qilinadi.

Patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlari tun-u kun 3 smenali xizmat rejimiga o‘tadi hamda 70 foizi soat 17 dan tungi 3 gacha patrullik qiladi. Patrul guruhlari huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar kelib tushganda, voqea joyiga 5 daqiqa ichida yetib keladigan tizim bo‘ladi.

Tumandagi 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari tungi xizmatni bevosita mahallalarda tashkil qiladi. Ular tungi vaqtda o‘z boshliqlariga berilgan barcha vakolatga ega bo‘ladi, mustaqil qaror qabul qiladi va mas’uliyatni ham to‘liq zimmasiga oladi.

Bundan buyon tuman ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari va 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari boshqa ishlarga umuman jalb qilinmaydi. Ularning faoliyati faqat vazirning buyrug‘i bilan tartibga solinadi.

Facebook|Instagram|X
👍1