Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Shayxontohur tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i X.Mullajonov va Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘i Y.Nasimdjanovni ishdan olish, faoliyatini o‘rganib, qonun ustuvorligini ta’minlash topshirildi.

Soliq qo‘mitasi raisiga Toshkent shahridagi barcha tuman soliq inspeksiyalarining boshliqlarini ishdan olib, vazifasini bajaruvchi qilib qo‘yish topshirildi.

Qo‘mita raisi F.Po‘latov va qo‘mitaga tayinlangan komplayens bo‘yicha yangi o‘rinbosar A.Soliyevga korrupsiyaga murosasiz muhitni yaratish, Toshkent shahri soliq rahbarlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqib, ularning o‘rnini vatanparvar, yangilikka intilib ishlaydigan shijoatli yoshlar bilan to‘ldirish vazifasi qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari A.G‘aniyev qo‘shtirnoq ostidagi “tadbirkor”larga soliqdan qochishda yo‘l ko‘rsatib yurgani uchun uni bugunning o‘zida ishdan olish topshirildi.

A.Soliyev va Toshkent shahar hokimiga komplayens bo‘yicha o‘rinbosar etib tayinlangan M.Mirhamidov poytaxtda yashirin iqtisodiyotga qarshi murosasiz muhit yaratishga mas’ul bo‘lishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
Davlatimiz rahbari hozirda “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligida katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlanganini ma’lum qildi.

Misol uchun, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining mansabdor shaxslari bozor qiymati kamida 250 milliard so‘mlik yer uchastkasini yopiq auksionga chiqarib, 120 milliard so‘mga sotib yuborgan.

Shu bois, kecha agentlik direktori A.Ortiqov ishdan olindi.

Haqli savol tug‘iladi. Ushbu idoralarda yillar davomida korrupsiya avj olgan bo‘lsa, xavfsizlik masalalari uchun mas’ullar qayerga qaragan?

– dedi Prezidentimiz.

DXX raisiga “O‘zbekneftegaz” AJ va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi uchun mas’ul xodimlarining javobgarligini ko‘rib chiqish topshirildi.

Komplayens xizmati, Davlat xavfsizlik xizmatiga Davlat aktivlari agentligining mansabdorlariga qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov guruhiga Xavfsizlik xizmatining iqtisodiy masalalarga mas’ul tuzilmalaridan ham mutaxassislarni jalb qilish topshirildi.

“Sotilgan davlat mulklari bo‘yicha har bir holatni sinchkovlik bilan tekshirib, barcha korrupsiyaviy sxemalarni fosh qilsin va jazo muqarrarligini ta’minlasin”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|Instagram|X
1
“Bilib qo‘yinglar, davlatning har bir so‘mi bo‘yicha ta’sirchan nazorat o‘rnatiladi. Javobgarlik muqarrar, jazo qattiq bo‘ladi!”,

– dedi Prezidentimiz.

Shu bois, yaqinda Administratsiya va davlat idoralarida komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Qisqa muddatda budjetga tushum, talon-toroj, moliyaviy kamchiliklar bo‘yicha 53 trillion so‘m va tashqi savdo operatsiyada 8 milliard dollardan ortiq qarzdorlik aniqlangani o‘ta ayanchli holat ekani qayd etildi.

Korrupsiyaviy sxemalar bo‘yicha 4,2 trillion so‘m zarar aniqlanib, 1,3 trillion so‘mi undirildi, 55 nafar shaxs qamoqqa olindi.

Masalan, Ichki ishlar vazirligi tizimida davlat xaridlarida 186 milliard so‘m budjet mablag‘i o‘zlashtirilgani aniqlanib, vazir o‘rinbosari B.Abdullayev va departament boshlig‘i R.Tursunovga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Umuman, davlat idoralari va korxonalarida xavfsizlik uchun mas’ullar faoliyatini ham tanqidiy qayta ko‘rib chiqish vaqti kelgani qayd etildi.

Bizga yuqori kasbiy kompetensiyalarga ega, talabchan yosh rahbarlar korpusi kerak”,

– dedi Prezidentimiz.

Huquq-tartibot tizimida xizmat o‘tash chegarasi polkovniklar uchun 55 yosh, generallar uchun 60 yosh bo‘lsada, hozir bu yoshdan oshgan 300 dan ortiq xodim rahbarlik lavozimida ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Vaholanki, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida rahbar kadrlarning barchasining yoshi 50 yoshdan kichik.

Rahbarlikka yosh kadrlarni qo‘yish, pensiya yoshidagilarning tajribasidan murabbiy va o‘qituvchi sifatida foydalanish yoki mahallada yoshlarga ustozlik qiladigan tizim yaratish muhimligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Toshkent shahri misolida aytilgan barcha masalalar butun respublika huquq-tartibot idoralariga birdek tegishli ekani qayd etildi.

Mas’ul idoralar uyushgan jinoyatchilik, narkojinoyatlar, kiberjinoyatchilik va yashirin iqtisodiyot bo‘yicha jilovni qo‘lga olib, xodimlarining dunyoqarashini o‘zgartirsa, ularni yangicha ishlashga o‘rgatsa, shunda natija bo‘lishi ko‘rsatib o‘tildi.

Shuning uchun ushbu 4 ta yo‘nalish bo‘yicha mutlaqo yangi tizim yaratilib, birinchi navbatda Toshkent shahrida boshlanadi.

Toshkent shahrida xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha “poytaxt namunasi” joriy etiladi. Har bir vazir bittadan tumanga biriktiriladi. Masalaning muhimligini inobatga olib, Prezident Administratsiyasi vakili ham bitta tumanga biriktiriladi.

Huquq-tartibot oliygohlari quyidagi muammolarni ilm bilan hal qiladi va metodik tavsiyasini tumanda joriy etadi. Oliygoh kafedralari olti oy davomida mahallaga tushib, “mahalla yettiligi” va huquq-tartibot xodimlarini yagona dastur bo‘yicha o‘qitadi.

Huquq-tartibot oliygohlari 3-4 kurs talabalari ham dual ta’lim asosida profilaktika va jamoat tartibini saqlash xizmatlarida amaliyot o‘taydi.

Yangi tizim asosida xavfsiz muhit poytaxtga tutash bo‘lgan va kriminogen vaziyatga ta’sir ko‘rsatadigan Zangiota, Qibray va Toshkent tumanlarida ham yaratiladi.

Facebook|Instagram|X
Prezidentimiz yangi tizimni Chilonzor tumani misolida tushuntirib berdi.

O‘tgan yili tumanda oldini olish mumkin bo‘lgan 1 ming 407 ta jinoyat sodir etilgan. Ularning 40 foizi mahalla hududida bo‘lgan. Yoki o‘g‘rilik, talonchilik, tan jarohati, bezorilik kabi jinoyatlar asosan tungi vaqtda sodir etilmoqda.

Shu bois, jamoat xavfsizligi kuch-vositalarini boshqarish yangicha tashkil qilinadi.

Patrul-post, yo‘l-patrul, qo‘riqlash va profilaktika xizmatlari tun-u kun 3 smenali xizmat rejimiga o‘tadi hamda 70 foizi soat 17 dan tungi 3 gacha patrullik qiladi. Patrul guruhlari huquqbuzarlik to‘g‘risida xabar kelib tushganda, voqea joyiga 5 daqiqa ichida yetib keladigan tizim bo‘ladi.

Tumandagi 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari tungi xizmatni bevosita mahallalarda tashkil qiladi. Ular tungi vaqtda o‘z boshliqlariga berilgan barcha vakolatga ega bo‘ladi, mustaqil qaror qabul qiladi va mas’uliyatni ham to‘liq zimmasiga oladi.

Bundan buyon tuman ichki ishlar jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari va 5 ta ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosarlari boshqa ishlarga umuman jalb qilinmaydi. Ularning faoliyati faqat vazirning buyrug‘i bilan tartibga solinadi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Ichki ishlar va Milliy gvardiya xodimlariga tungi xizmatining har soatiga bazaviy hisoblashning 5 foizi miqdorida kompensatsiya to‘lanishi belgilandi.

Aholining huquqlarini ta’minlash va qulay sharoit yaratish maqsadida sudlar, advokatura, sud-tibbiy ekspertizaning ham markazlashgan tungi navbatchiligini tashkil etish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish topshirildi.

Ilg‘or tajriba asosida aholi gavjum joylarda dron yordamida patrullik kuzatuvi yo‘lga qo‘yiladi.

Chilonzor tumani ichki ishlar xodimlari sohasi va hududidan qat’i nazar, fuqaro murojaatini qabul qiladi, ko‘chada formali xodimga qilingan murojaat “102”ga xabar bergan bilan teng bo‘ladi.

Tumandagi barcha 55 ta mahalladagi profilaktika inspektorining xizmat xonasi eshigi u bilan tezkor bog‘lanish uchun aloqa tugmasi bilan jihozlanadi. Ya’ni profilaktika inspektori qayerda bo‘lmasin, aholi uni qo‘l telefoni va planshetiga tun-u kun bog‘lanishi mumkin bo‘ladi.

Profilaktika inspektori uchun zamonaviy, xalqqa yoqadigan ko‘rinishda formani tayyorlash topshirildi. Inspektorlarning ishi raqamlashtiriladi, “ovozli tushuntirish xati” olish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.

Shuningdek, tuman ichki ishlar tergov bo‘limida materiallarni ko‘rib chiqadigan tergovga qadar tekshiruv guruhlari tuziladi.

Bundan buyon profilaktika inspektoriga KPI qo‘yishda protokol tuzish mezon bo‘lmaydi.

“Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi qonun ham juda deklarativ yozilgani, haqiqiy holat asosida amalda ishlaydigan yangi qonun loyihasini ishlab chiqish, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksni ham profilaktikaga yo‘naltirgan va ta’sirchanligini oshirgan holda yangilash muhimligi ta’kidlandi.

Facebook|Instagram|X
O‘tgan yilda poytaxtda 1,5 mingdan ortiq narkotikka ruju qo‘yganlar rasman ro‘yxatga olingan. Eng achinarlisi, “soya”da bo‘lgan giyohvandlarning soni bundan ham ko‘p. Ularning aksariyati yoshlar.

Ular narkotik uchun oyiga o‘rtacha 20-25 million so‘m sarflayapti. Giyohvand mablag‘ topish ilinjida jinoyatga qo‘l urishi tabiiy. O‘tgan yili respublika bo‘yicha 64 nafar shaxs giyohvand modda ta’sirida jinoyat qilgan, uning uchtadan bittasi Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Shu yildan boshlab narko ekspress-testlardan ommaviy foydalanishga o‘tilishi belgilandi.

Giyohvandlikka nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi, Maktabgacha va maktab ta’limi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirliklarida rahbarning alohida o‘rinbosari bo‘ladi.

Hokim, oliygoh rektori, texnikum va maktab direktorining o‘rinbosarlaridan biri bu yo‘nalishga mas’ul etib belgilanadi.

Giyohvandlarni davolashga eng kamida to‘rt oy vaqt talab etiladi. Mutasaddilarga xususiy sheriklik asosida aholiga narkologik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qaror loyihasini kiritish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Shaharda jinoyatchilardan olib qo‘yilgan sintetik moddalar so‘nggi besh yilda 11 karra oshgan.

Sintetik narkotiklarning 95 foizi internet orqali tarqatilib, to‘lov kriptovalyutada bo‘layotgani, narkolaboratoriyalar mamlakat ichida ochilayotgani qayd etildi.

Shuningdek, qonunchilikda davlat organlarining bu boradagi vazifalari ham aniq ko‘rsatilmagan. Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi faqat tahlil va xalqaro hamkorlik bilan cheklanib qolgani tanqid qilindi.

Endilikda agentlikning mas’uliyati kuchaytirilib, unga mutasaddi idoralar ishini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va baho berish vakolati beriladi. Agentlik barcha kuch va vositalarga ega bo‘ladi.

Agentlik rahbari R.Mamatov faoliyatida o‘zgarish qilmasa, lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi haqida ogohlantirildi.

1999-yilda qabul qilingan narkotiklar haqidagi qonunni yangidan ishlab chiqish zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Yig‘ilishda so‘nggi paytlarda jinoiy guruhlar oldi-berdi munosabatlarga, biznes faoliyatga aralashib, tadbirkorlar va investorlarga tahdid solayotgani qayd etildi.

Birlashgan Arab Amirliklari, Turkiya, AQSh va boshqa davlatlardagi elchixonalarimizda ichki ishlar vakili lavozimi joriy qilindi. Ushbu vakillar xorijdagi hamkasblari bilan ishlab, bunday zo‘ravonliklarga nisbatan qonun ustuvorligini ta’minlaydi, yurtdoshlarimizni yot g‘oyalar ta’siriga tushishining oldini oladi.

Mutasaddilarga transchegaraviy va virtual maydonda uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha yaxlit tizimni yo‘lga qo‘yish topshirildi. Ichki ishlar vazirligida uyushgan jinoyatchilik bo‘yicha alohida xizmat tashkil qilinadi.

O‘tgan yili poytaxtda ushlangan uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida 259 nafar “og‘ir” toifadagi yoshlar va sportchilar bo‘lgani o‘ta tashvishli hol ekani qayd etildi.

Sportchilarning aksariyati ko‘cha bezorisiga aylanib ketayotgani, joylarda pul uchun yashirin janglar tashkil qilish holatlari ko‘paygani qayd etildi.

Mutasaddilarga bu yo‘nalishda nazoratni ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Jangovar sport turlari bilan shug‘ullanayotgan yoshlarni kasbga o‘qitib, salohiyatiga mos ish bilan band qilish tizimini yaratish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Yurtimizda e’tiqod erkinligi Konstitutsiya bilan mustahkamlangan va diniy bag‘rikenglik siyosatini davom ettirilishi takidlandi.

Lekin bugun turli radikal va ekstremistik g‘oyalar axborot texnologiyalari orqali yoshlarimiz ongini zaharlashga urinyapti. Faqat jazo va taqiq bilan bu muammoni hal qilib bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Maqsad – adashganni to‘g‘ri yo‘lga qaytarish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish.

Bundan buyon poytaxtning har bir tumanida “Qaytaruv guruhlari” faoliyati doimiy asosda tashkil qilinadi.

Ushbu guruhlarga O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, Toshkent islom instituti, “Ko‘kaldosh” o‘rta maxsus islom bilim yurti, O‘zbekiston Milliy universitetining yetuk mutaxassislari jalb qilinadi. Guruh a’zolari moddiy rag‘batlantiriladi.

Facebook|Instagram|X
Kiberjinoyatlar kundan-kunga ko‘payib, uning turlari 18 tadan 62 taga chiqdi. Ayniqsa, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, sun’iy intellekt orqali ovoz va yuz qiyofasini o‘xshatish, zararli fayllarni tarqatish avj olyapti.

O‘zlashtirilgan mablag‘lar kriptovalyuta shaklida chetga chiqarilmoqda.

Bularni tezkor fosh etish va to‘xtatish uchun huquq-tartibot xodimlari kibertexnologiyalar va sun’iy intellektni mukammal egallashi lozimligi qayd etildi.

Shu bois, Ichki ishlar vazirligida kiberjinoyatchilik bo‘yicha alohida departament tashkil qilinadi va unga vazirning o‘zi mas’ul bo‘ladi.

Adliya vazirligida kiberjinoyatchilik va raqamli huquq bo‘yicha alohida boshqarma ochiladi.

Facebook|Instagram|X
🤝1
Kadrlar qo‘nimsizligiga barham berish, malakali va fidoyi kadrlarni rag‘batlantirish doimiy e’tiborda bo‘lishi ta’kidlandi.

Ichki ishlar vazirligi milliardlab pullarni faqat qurilish va texnika uchun so‘rayotgani, lekin pastdagi xodimlarni dardini ko‘tarib chiqmayotgani qayd etildi.

Yuzdan ortiq profilaktika inspektorlari bilan suhbatlar o‘tkazilganda ularning moddiy va ijtimoiy muammolari to‘planib qolgani ma’lum bo‘ldi.

Shu bois, profilaktika inspektorlarini yanada qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi obro‘sini oshirish bo‘yicha qator yangiliklar e’lon qilindi.

Jumladan, joriy yil 1-iyuldan poytaxtdagi profilaktika xodimlariga aynan shu sohada ko‘p yillik staji uchun 5 million so‘mgacha oylik ustama beriladi.

Shu yil 1-fevraldan yuridik oliygohni bitirib, ichki ishlar tizimiga ishga kirganlarga oliygohda o‘qigan davri ham stajga qo‘shiladi.

Viloyatdan kelib, poytaxt ichki ishlar idoralarida ishlayotgan xodimlarning uy ijarasiga oylik to‘lov 1,8 million so‘mdan 3,1 million so‘mga oshiriladi.

Shuningdek, 1-fevraldan ichki ishlar xodimlari uchun qurilayotgan uylarning 30 foizi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi.

Facebook|Instagram|X
🤝1
Davlatimiz rahbari huquq-tartibot tizimida ham yangi tarixni boshlab beradigan qarorlar qabul qilish vaqti kelganini ta’kidladi.

Hozirda ichki ishlar tizimidagi patrul-post, yo‘l-patrul, profilaktika, tezkor-qidiruv va qo‘riqlash xizmatlari alohida-alohida ishlamoqda.

Shuning uchun ham chorrahada turgan yo‘l-patrul xodimi janjallashayotgan ikki odamni ajratishni o‘z xizmat vazifasi deb hisoblamaydi. Qo‘riqlash xizmati xodimining esa binodan tashqarida taqiqlash belgisi ostida qoldirib ketilgan mashina bilan ishi yo‘q. Patrul-post mashinasida xizmat o‘tayotgan xodim svetofor ishlamayotgan chorrahadan oddiy haydovchilar qatorida befarq o‘tib ketadi.

Ilg‘or tajribada bu tuzilmalar yagona organizm sifatida ishlaydi, politsiya “Bu mening vazifamga kiradi, bunisi kirmaydi” degan gapni aytmaydi.

Har bir holatga “labbay” deb javob bergani uchun ham aholi ularni himoyachisi deb biladi
,

– dedi Prezidentimiz.

Mutasaddilarga ichki ishlar organlarining aholi bilan bevosita ishlovchi, jamoat xavfsizligi va jinoyatchilikka qarshi kurashuvchi tuzilmalarini yangi tizimga o‘tkazish bo‘yicha farmon loyihasini kiritish topshirildi.

Ushbu bo‘linmalar uchun xizmatni o‘tash, muomala madaniyati, tezkor harakatlanish, kuch va qurol ishlatish bo‘yicha yagona standartlar joriy etilib, ular servis tuzilmaga aylanishi belgilandi.

Facebook|Instagram|X
👍1🤝1
Tergov sifatini tubdan oshirish va uning shaffofligini ta’minlash huquqiy davlat barpo etish yo‘lidagi ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.

Tergov bo‘yicha kadr tayyorlash bo‘yicha yaxlit tizim – Huquqni muhofaza qilish akademiyasi tashkil etildi. Unda yiliga 200 dan ortiq tergovchi tayyorlanyapti.

Lekin poytaxtda ichki ishlarda 100 ta tergovchi lavozimi uch oydan buyon vakant. Bu yuklama ham boshqa xodimlarga tushgani uchun sifat yo‘qolib borayotgani qayd etildi.

2025-yil sudda 422 ta shaxs oqlangani sudyalarni mustaqil qaror qabul qilayotganidan dalolat. Bu, albatta, yaxshi! Lekin masalaning ikkinchi tomoni bor. Shuncha shaxsning noqonuniy ayblanganiga kim javob beradi?

Tergovda son emas, sifat bo‘lishi kerak. Shu bois, ilg‘or xorijiy tajriba asosida tergov idoralarining faoliyatini takomillashtirish zarur”,

– dedi Prezidentimiz.

Manfaatlar to‘qnashuvi bo‘lmasligi uchun ichki ishlardagi tergovchilar o‘z xizmat vazifasini hududiy ichki ishlar rahbarlaridan mustaqil olib borishi juda muhimligi qayd etildi.

Mutasaddilarga tergov organlari faoliyatini va ish hajmiga mos ravishda shtatlarni qayta ko‘rib chiqib, qaror va qonun loyihalari to‘plamini kiritish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
🤝1
So‘nggi yillarda davlat boshqaruv organlarida ochiqlik va shaffoflik siyosati yuritilayotgani o‘z natijasini bermoqda. Lekin bu jarayon huquq-tartibot idoralarining ishiga sekin kirib kelayotgani, ularning faoliyati tashqaridan xolis o‘rganilmayotgani qayd etildi.

Bu idoralarning yopiq holatda ishlashi ularni o‘ziga ham, jamoatchilikka ham foyda keltirmasligi, sohada o‘zgarish, rivojlanish bo‘lmasligi ta’kidlandi.

Butun dunyoda huquq-tartibot faoliyati va qonuniylikni ta’minlashga javob beradigan adliya tizimi eskicha ishlayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Endi adliya tizimini ham kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada birinchi qadam sifatida Adliya vazirligi tomonidan huquq-tartibot idoralarining faoliyatini “huquqiy audit”dan o‘tkazish tizimi yo‘lga qo‘yiladi. “Huquqni muhofaza qilish faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqilib, adliya organlarining aniq roli, yangi vazifa va vakolatlari belgilanadi.

Biz Toshkent shahrida jinoyatchilik va yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim qilyapmiz.

Shu bois, poytaxtga respublikadan biriktirilgan mas’ullar tumanga tushganda majlisbozlik bilan shug‘ullanmasdan, aholi muammolarini eshitishi, yuqoridagi masalalar bo‘yicha yangi tajribalar qilib, natija ko‘rsatishi shart
,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish yakunida.

Yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

Facebook|Instagram|X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ`ib etilmoqda

🗓 26.01.2026

Nurafshon shahri hokimlik a’zolari va shahar mas’ullari ishtirokida Nurafshon shahrida “DEHQONOBOD” va “TO’YTEPA” mahallalar aholisi uchun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda “O’zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish bo’yicha navbatdagi muloqot uchrashuvi tashkil etildi.


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
4👍1
📣 Hurmatli fuqarolar va tadbirkorlar❗️

📆 2026-yil 30-yanvar kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universitetining 5-qavat zalida Raqamli texnologiyalar vazirligi rahbariyatining raqamli texnologiyalar xizmatlariga oid sayyor qabul yig‘ilishi o‘tkaziladi. Sizni mazkur yig‘ilishga taklif etamiz!

Bu yig‘ilishda quyidagi masalalar yuzasidan o‘z savollaringizga javob olishingiz mumkin:
IT ta’lim va IT yo‘nalishidagi o‘quv markazlari faoliyati;
IT-Park rezidentligi maqomini olish va soliq imtiyozlari;
IT va logistika kompaniyalari uchun imkoniyatlar;
Sun’iy intellekt.
Internet xizmati;
Mobil aloqa;
Telekommunikatsiya;
Pochta xizmati;

Shu bilan birga, o‘z fikr-mulohaza va takliflaringizni bildirish, mavjud muammolarni vazirlik vakillari bilan bevosita muhokama qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
Yig‘ilish tafsilotlari:
📍Toshkent viloyati, Nurafshon shahri “Yangiobod” MFY “Cyber university” davlat universiteti binosi
📆 Vaqt: 2026-yil, 30-yanvar, soat 15:00

Hurmat bilan,
Raqamli texnologiyalar vazirligi

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
2
📣 Уважаемые граждане и предприниматели! ❗️

📆 30 января 2026 года в 15:00 в зале на 5-м этаже здания государственного университета «Cyber University», расположенного в махалле «Янгиобод» города Нурафшон Ташкентской области, состоится выездной приём руководства Министерства цифровых технологий, посвящённое вопросам цифровых технологических услуг.
Приглашаем вас принять участие в данном мероприятии!

В ходе совещания вы сможете получить ответы на свои вопросы по следующим направлениям:
деятельность учебных центров в сфере IT-образования;
получение статуса резидента IT-Park и предоставляемые налоговые льготы;
возможности для IT- и логистических компаний;
искусственный интеллект;
услуги интернета;
мобильная связь;
телекоммуникации;
почтовые услуги.

Кроме того, у вас будет возможность высказать свои мнения и предложения, а также напрямую обсудить существующие проблемы с представителями министерства.

Информация о мероприятии:
📍 Ташкентская область, г. Нурафшон, махалля «Янгиобод», здание государственного университета «Cyber University»
📆 Дата и время: 30 января 2026 года, 15:00

С уважением,
Министерство цифровых технологий

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
1
▫️▫️▫️▫️▫️

🏆 “Tashabbusli budjet”ning 10-mavsumi boshlanmoqda

Joriy yilning 1-fevralidan “Tashabbuskor xalq uchun — yangi imkoniyatlar mavsumi” shiori ostida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ilk mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘ninchi — yubiley mavsum hisoblanadi.

Bunda:

🟣 1–20-fevral kunlari loyihalarni kiritish;

🟣 21-fevraldan 7-martgacha loyihalarni saralash;

🟣 8–10-mart kunlari targ‘ibot bosqichi;

🟣 11–20-mart kunlari ovoz berish bosqichi;

🟣 21–31-mart kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi.

☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 21-mart — Navro‘z bayrami kuni e’lon qilinadi.

Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating!

#tashabbusli_budjet #open_budget

Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х
🔴🟦🟦

Ayni paytda Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashining 7-chaqiriq, 27-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.


Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.


Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻


📱Facebook

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1