Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#jarayon

🏢❄️Ko‘p qavatli uylar oldida xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda

Qish mavsumida aholi xavfsizligini ta’minlash, kundalik harakatni qulaylashtirish maqsadida hududlarda keng ko‘lamli qor tozalash va obodonchilik ishlari olib borilmoqda.

Nurafshon shahrida To'ytepa Yuksak Servis (MCHJ) BSK tomonidan xizmat ko‘rsatilmoqda.

Ayni paytda ko‘p qavatli uylarning yo‘laklari, kirish-chiqish hududlari qor va muzdan tozalanib, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qum-tuz aralashmalari sepilmoqda. Barcha ishlar ishchi-xodimlar hamda maxsus texnika yordamida izchil davom ettirilmoqda.

🚨Shuningdek, ehtimoliy avariya holatlarini tezkor bartaraf etish uchun 24/7 rejimida dispetcherlik xizmatlari faoliyat olib bormoqda. Barcha murojaatlar doimiy nazoratga olingan.

https://t.me/Nurafshonpressa
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤝1
🟢 Nurafshonda sayyor qabul o‘tkazildi

🗓 2026-yil 29-yanvar kuni Xalq qabulxonasi binosida Nurafshon shahri hokimining navbatdagi sayyor qabuli tashkil etildi.

👥 Ochiq muloqotda shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A. Eshbayev hamda oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova ishtirok etdi.

📌 Qabul davomida fuqarolar tomonidan ishga joylashish, uy-joy, moddiy yordam, gaz ta’minoti, qurilish va bandlik masalalari yuzasidan murojaatlar bildirildi. Ayrim muammolar joyida hal etildi, qolganlari esa nazoratga olinib, mas’ullarga yo‘naltirildi.

🤝 Barcha murojaatlar diqqat bilan tinglanib, har bir masala bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2👍1
Nurafshon shahrida probatsiya nazoratida turgan shaxslar bilan manzilli profilaktik tadbirlar o‘tkazildi

🇺🇿 Tadbirda Nurafshon shahri prokurori T. Karimov, Nurafshon shahri ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A. Yuldashev hamda jinoyat ishlari bo‘yicha Nurafshon shahri sudi raisi G‘. Amonov ishtirok etdilar.

Tadbirlar davomida o‘g‘rilik, talonchilik, bosqinchilik, bezorilik, qotillik, nomusga tegish kabi jinoyatlarni sodir etgan retsidivist va o‘ta xavfli retsidivistlar, shuningdek, og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar uchun sudlangan hamda probatsiya nazoratida bo‘lgan shaxslar tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishining oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


👥 Ushbu toifadagi shaxslar bilan mas’ul rahbarlarning shaxsiy nazorati ostida ijtimoiy moslashtirish, huquqiy targ‘ibot hamda profilaktik chora-tadbirlar tizimli ravishda amalga oshirildi.


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2🔥1👏1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ro‘yxat_2026

Songa kirib sanoqda bo‘lish ulkan baxt.

Ro‘yxatdan o‘tish census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn amalga oshiriladi.

📹Onlayn ro‘yxatdan o‘tish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma. 

Siz ham onlayn ro‘yxatdan o‘tishda faol ishtirok eting. Birga ro‘yxatdan o‘tamiz — birga kelajakni quramiz!

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1