Nurafshon shahri hokimligi
3.1K subscribers
44.5K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
Prezident Murojaatnomasi va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi mazmun-mohiyati keng targ‘ib etilmoqda


📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan Oliy Majlis va mamlakat xalqiga yo‘llangan Murojaatnoma hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Nurafshon shahrida izchil va tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu maqsadda navbatdagi tadbir "Nurafshon" va "Yangiobod" MFY aholisi uchun tashkil etildi. Unda Respublika ishchi guruhi vakillari ishtirok etib, hududlarda belgilangan vazifalarning ijrosi, muammolar va ularning yechimlari yuzasidan atroflicha muhokamalar olib borishdi.


🇺🇿Zotan, hududdan boshlangan amaliy ishlar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining real hayotdagi ifodasidir.



✍️
Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati
#Obodonlashtirish

#Obodonlashtirish 🌿🌸

📌 Shaharni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha tasdiqlangan dastur asosida Nurafshon shahrida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, shahar ko‘chalarida mavsumiy va manzarali gul ko‘chatlari ekilib, yashil hududlar izchil kengaytirilmoqda.


Ushbu tadbirlar shahar infratuzilmasini yanada obod qilish, ekologik holatni yaxshilash hamda aholi uchun qulay, ozoda va estetik muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Obodonlashtirish ishlari belgilangan reja asosida bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. 🌱


✍️Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
2👍2👏2
📰 Nurafshon shahrida huquqbuzarliklar profilaktikasi muhokama qilindi

Nurafshon shahri prokurori T.Karimov rahbarligida shahar huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi .

Yig‘ilishda:
2025 yil davomida shahar hududida sodir etilgan jinoyatlarning sabablari tahlil qilindi 📊;
Ayrim turdagi jinoyatlar sonining oshgani muhokama qilindi ⚠️;
Jinoyatchilikning barvaqt oldini olish va profilaktika ishlarini kuchaytirish choralarini belgilash belgilandi;
Aholi bilan manzilli ishlash tizimini yanada samarali tashkil etish bo‘yicha topshiriqlar berildi 👥📋.

Yig‘ilish yakunida mas’ul tashkilot rahbarlariga vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

https://t.me/Nurafshonpressa
🤝21
🔥 Nurafshon shahrida favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik bo‘yicha o‘quv-tadbiri o‘tkazildi

Nurafshon shahri To'ytepa mahallasi hududida joylashgan “Dehqon bozori” MCHJ hamda “Arena Plaza” MCHJ savdo majmualarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan harakatlar o‘rganildi 🏬👨‍🚒

Tadbir davomida shahar FVDT xizmatlari, bozor va savdo majmualarida faoliyat yuritayotgan ishchi-xizmatchilarning favqulodda holatlardagi o‘zaro hamkorlik harakatlari muhokama qilindi 🤝

Shuningdek:
🔹 binoda yong‘in sodir bo‘lgan taqdirda aholini xavfsiz evakuatsiya qilish,
🔹 evakuatsiya tadbirlarini to‘g‘ri va tizimli tashkil etish,
🔹 inson hayoti va sog‘lig‘ini asrab qolish
bo‘yicha amaliy ma’lumot va tushuntirishlar berildi 🔥➡️🚪

➡️ Favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish — xavfsizlik garovi!

https://t.me/Nurafshonpressa
👍31🔥1