Nurafshon shahri hokimligi
3.11K subscribers
44.4K photos
4.1K videos
61 files
12.6K links
Download Telegram
#jarayon

Boshqird sportchilarining parvoz maydoni

Zoyir Mirzayev rahbarligidagi viloyat delegatsiyasi Ufa shahrida joylashgan Boshqirdiston Respublikasi sport tayyorlov markazi — Kurash saroyi faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur zamonaviy majmua Ufaning 450 yilligi munosabati bilan barpo etilgan yirik inshootlardan biri bo‘lib, 2024-yil 31-avgust kuni foydalanishga topshirilgan. Inshoot xalqaro, federal va hududiy darajadagi musobaqalarni o‘tkazish imkoniyatiga ega.

Bu yerda sport va erkin kurash, sambo, dzyudo, boshqird milliy kurashi (keresh), grek-rim kurashi kabilar bo‘yicha musobaqalar va o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etiladi. Majmua Boshqirdiston terma jamoasi uchun muhim baza hisoblanadi.

Shuningdek, saroyda madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lib, 5000 nafar tomoshabin sig‘imiga ega.

Tashrif davomida delegatsiya a’zolari majmuada yaratilgan sharoitlar, bu yerda sportchilar tayyorlash bosqichlari, amaliy va taktik jarayonlar bilan tanishdilar.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#kun_mavzusi

Rossiyaning RBK telekanalida Ufa shahridagi “Respublika uyi”da Toshkent viloyati va Bashqirdiston Respublikasi o‘rtasida ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha kengaytirilgan rasmiy uchrashuv haqida lavha efirga uzatildi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EʼLON

Fuqarolarning murojaatlarini oʻrganish maqsadida, joriy yilning 18-fevral (chorshanba) kuni Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari — Tezkor-qidiruv departamenti boshligʻi general-mayor Botir Kudratxodjayevning shaxsiy qabuli oʻtkaziladi.

Qabul soat 15.00 dan 19:00 gacha Toshkent viloyati, Zangiota tumani, Eshonguzar MFY, Oybek ko'chasi (Yoshlar ishlari agentligi binosi) da o'tkaziladi.
———
ЭЪЛОН


Фуқароларнинг мурожаатларини ўрганиш мақсадида, жорий йилнинг 18 февраль (чоршанба) куни Ички ишлар вазирининг биринчи ўринбосари — Тезкор-қидирув департаменти бошлиғи генерал-майор Ботир Кудратходжаевнинг шахсий қабули ўтказилади.

Қабул соат 15.00 дан 19:00 гача Тошкент вилояти, Зангиота тумани, Эшонгузар МФЙ, Ойбек кўчаси (Ёшлар ишлари агентлиги биноси) да ўтказилади.
———
ОБЪЯВЛЕНИЕ

В целях изучения обращений граждан 18 февраля текущего года (в среду) состоится личный приём Первого заместителя министра внутренних дел — начальника Оперативно-розыскного департамента, генерал-майора Ботира Кудратходжаева.

Приём будет проводиться с 15:00 19:00 часов по адресу: Ташкентская область, Зангиатинский район, МСГ «Эшонгузар», улица Ойбек (здание Агентства по делам молодёжи).


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sessiya

❗️ Nurafshon shahrida muhim siyosiy voqea bo‘lib o‘tdi!

2026-yil 17-fevral kuni xalq deputatlari Nurafshon shahri Kengashining navbatdagi 17-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya kun tartibidagi asosiy masala — Nurafshon shahri hokimi Ilxom Maxmudjonovich Klichxanovning 2025-yilda iqtisodiy-ijtimoiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda 2026-yildagi ustuvor vazifalar to‘g‘risidagi Murojaati bo‘ldi.

Mazkur sessiyada, N. Normirzayeva — Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari ishtirok etdi. Shuningdek, shahardagi barcha korxona va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, nuroniylar, mahalla yettiligi a’zolari, maktab direktorlari, hokimlik xodimlari hamda jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Bu esa belgilangan vazifalar keng jamoatchilik va viloyat rahbariyati ishtirokida muhokama qilinganini anglatadi.

Hisobotda 2025-yil davomida:
— amalga oshirilgan bunyodkorlik va infratuzilma loyihalari;
— yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash choralari;
— ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy sohadagi islohotlar;
— aholi farovonligini oshirishga qaratilgan dasturlar atroflicha bayon etildi.


Murojaatnomada belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, shahrimizda 2026-yil uchun ustuvor yo‘nalishlar aniq belgilab olindi.

Shuningdek, 2026-yil uchun:
— investitsiyalarni jalb etish;
— yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish;
— yoshlar bandligini ta’minlash;
— shahar infratuzilmasini yanada modernizatsiya qilish;
— turmush sifatini oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


Sessiya ochiq muloqot, tahlil va kelajak rejalari maydoniga aylandi. Belgilangan maqsadlar — Nurafshonning yangi taraqqiyot bosqichiga qat’iy qadamdir.

Nurafshon — taraqqiyot sari!
Birgalikda harakat qilsak, albatta yuksak natijalarga erishamiz!



✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👏2
Sessiyada ta’lim tizimiga oid dolzarb masala ham qat’iy ko‘tarildi. 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qarorga muvofiq, maktab direktori lavozimiga tayinlanish uchun menejerlik sertifikati majburiy ekanligi eslatildi.

Ta’kidlandiki, sertifikatdan o‘ta olmagan rahbarni shunchaki boshqa lavozimga o‘tkazish muammoni hal qilmaydi. Asosiy maqsad — lavozimni saqlab qolish emas, balki ta’lim sifatini oshirishdir. Zarur bilim va boshqaruv kompetensiyasiga ega bo‘lmagan rahbar bilan maktabda keskin ijobiy o‘zgarish qilish qiyin.

Shu bois, past natija ko‘rsatgan maktablarga malakali, sertifikatga ega, tashabbuskor rahbar kadrlarni tayinlash zarurligi qat’iy belgilandi.

Mas’ullarga:
— past ko‘rsatkichli maktablarni chuqur tahlil qilish;
— rahbar va pedagoglar faoliyatiga adolatli baho berish;
— muammolar sababini ochiq ko‘rsatish;
— hamda aniq “yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha topshiriqlar berildi.


Ta’lim sifati — bu kelajak masalasi. Endilikda har bir maktab faoliyati alohida nazoratda bo‘ladi.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👏2
Sessiya davomida Toshkent viloyati hokimining oila va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari N. Normirzayeva shahar hokimining Murojaatnomasidan so‘ng so‘zga chiqib, unda belgilab berilgan ustuvor vazifalar va istiqboldagi rejalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. U o‘z nutqida hududni kompleks rivojlantirish, ayniqsa oila institutini mustahkamlash, xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish masalalariga alohida to‘xtaldi.

Ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiy o‘sish va ijtimoiy barqarorlik, avvalo, oilalardagi farovonlik va xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu bois 2026-yilda amalga oshiriladigan dasturlar doirasida xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirish, kasb-hunarga o‘qitish, yosh qizlarni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni manzilli qo‘llab-quvvatlash ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lishi lozimligini qayd etdi.


Shuningdek, u mahalla va jamoatchilik institutlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, profilaktik va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tizimli tashkil etish orqali sog‘lom ijtimoiy muhitni shakllantirish zarurligini alohida urg‘uladi.

Yakunda N. Normirzayeva belgilangan vazifalarni amalga oshirishda barcha darajadagi rahbarlar, mutasaddilar va keng jamoatchilikni hamjihatlikda ishlashga chaqirib, Nurafshonning barqaror taraqqiyoti yo‘lida birgalikdagi sa’y-harakatlar muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✍️ Nurafshon shahri hokimligi Axborot xizmati
👍2