Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.4K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
RASMIY MUNOSABAT

"Xalq so'zi" gazetasining 2026-yil 21-fevral sonida “Kutubxona fabrikaga aylanmasin” sarlavhali maqola e’lon qilingan edi.

Unda Nurafshon shahri “To‘ytepa” mahallasida joylashgan sobiq O‘rta Chirchiq tumani markazlashgan kutubxonalar tizimi idorasi binosida ayni paytda tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritayotgani bayon etilgan.

Mazkur holat yuzasidan Nurafshon shahar hokimligi quyidagilarni ma’lum qiladi:

2017-yilda hozirgi Nurafshon shahri O‘rta Chirchiq tumani hududidan ajratilib, Toshkent viloyatining ma’muriy markazi etib belgilanganidan so‘ng shaharning yangi bosh rejasi (genplan) ishlab chiqildi. Mazkur hujjatga muvofiq, shahar hududlari bosqichma-bosqich rivojlantirilmoqda. Unda ijtimoiy infratuzilma obyektlarini zamonaviy talablar asosida joylashtirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda shaharsozlik me’yorlariga qat’iy rioya etish ustuvor vazifa etib belgilangan.

Shu munosabat bilan, ilgari “To‘ytepa” mahallasi hududida joylashgan kutubxona binosi aynan o‘sha manzilda qayta tiklanmaydi. Bosh rejaga muvofiq, kutubxona shaharning yangi rivojlanayotgan qismida, transport va piyodalar harakati nuqtayi nazaridan aholiga yanada qulay hududda zamonaviy loyiha asosida barpo etiladi.

Yangi loyiha doirasida:
- zamonaviy arxitektura yechimlariga ega 2–3 qavatli kutubxona majmuasi quriladi;
- elektron kutubxona va raqamli axborot markazi tashkil etiladi;
- bolalar va yoshlar uchun alohida interaktiv mutolaa xonalari yaratiladi;
- kovorking maydoni va tadbirlar zali barpo etiladi;
- imkoniyati cheklangan shaxslar uchun to‘liq infratuzilma (pandus, lift va boshqa qulayliklar) ta’minlanadi.

Yangi kutubxona shahar aholisi, ayniqsa yoshlar uchun ochiq, qulay va zamonaviy madaniy makonga aylanadi.

Shu o‘rinda alohida ta’kidlash lozimki, kutubxona faoliyati tugatilmaydi. Aksincha, u shaharning bosh rejasi asosida yanada munosib va zamonaviy ko‘rinishda qayta barpo etiladi.

https://t.me/Nurafshonpressa
"IT Park"ning ta'lim rezidentlari hamda ilmiy-tadqiqot bilan shug‘illanuvchi tashkilotlar diqqatiga!

🏷 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PF-59-sonli qarori asosida “Startaplarni qo‘llab-quvvatlashning kompleks ekotizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” IT Park rezidentlari uchun faoliyat turlari kengaytirildi.

➡️Endilikda IT Park ta'lim rezidentlariga ingiz tili qatori boshqa xorijiy tillarga ham o‘qitish imkoniyati berildi

➡️Shuningdek, imiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlari (R&D) bilan shug‘illanovchi tashkilotlar "IT Park" rezidentligiga a'zo bo‘lishi mumkin.

🔗Qo‘shimcha ma'lumot olish uchun: +998 71 209 11 99 |1345
📥"IT Park" rezidentligiga ariza yuborish uchun: my.it-park.uz

🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook
📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin
NURAFSHON SHAHAR TIBBIYOT BIRLASHMASI
BOSH HISOBCHISINING KORRUPSIYAGA QARSHI MUROJAATNOMASI

Assalomu alaykum, muhtaram hamkasblar va aziz hamyurtlar!


Men, Xasanov Shuhrat Isomiddinovich, shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi sifatida shuni ta’kidlaymanki, har bir sohada bo‘lgani kabi tibbiyotning iqtisodiy asoslarida ham halollik va shaffoflik taraqqiyotning garovidir.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati doirasida, birlashmamiz moliya-xo‘jalik faoliyatida quyidagi tamoyillarni qat’iy ta’minlashga va’da beraman:

Moliyaviy intizom: Davlat tomonidan ajratilgan har bir so‘m mablag‘ning maqsadli va manzilli sarflanishi ustidan qat’iy nazorat o‘rnatiladi.

Ish haqi va rag‘batlantirish: Tibbiyot xodimlarining ish haqi, mukofot pullari va boshqa to‘lovlari adolatli, shaffof va o‘z vaqtida to‘lanadi.

Davlat xaridlari: Tibbiy jihozlar, dori-darmonlar va xo‘jalik mollari xaridi faqat shaffof tenderlar va qonuniy platformalar orqali amalga oshiriladi.

Tamagirlikka qarshi kurash: Moliya va buxgalteriya bo‘limida har qanday sun’iy to‘siqlar, ulush talab qilish yoki hujjatlarni asossiz ushlab turish holatlariga mutlaqo chek qo‘yilgan.

Hurmatli hamkasblar!

Agar moliya-buxgalteriya masalalarida biron-bir nohaqlikka yoki korrupsion holatga duch kelsangiz, quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin:

🟢 Ishonch telefonlari: 1203, 1103

🟢 Bosh hisobchi: +998 94 284 68 65

🟢 Elektron pochta: [email manzilingizni kiriting]

🟢 Bosh hisobchi yordamchisi – Turgunova Dildora Jalolitdinovna: +998 99 857 63 83

Niyatimiz:
Rizqimiz but, mehnatimiz halol bo‘lsin. Kasbimizga bo‘lgan sadoqatimiz va vijdonimiz pokligi bizni har doim yuksaklikka boshlasin. Nurafshon ahli salomatligi uchun ajratilgan har bir mablag‘ xalqimiz manfaatiga xizmat qilsin.


Xasanov Shuhrat Isomiddinovich
Shahar tibbiyot birlashmasi bosh hisobchisi


https://t.me/Nurafshonpressa
1👍1
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.

Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.

Facebook|Instagram|X
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.

“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,

– dedi Prezidentimiz.

Har bir vazir, hokim, oliygoh rektori, texnikum, maktab direktori va boshqa mas’ullar hududidagi yoshlarni til va kasb-hunar o‘rganishi, sport bilan shug‘ullanishi, g‘oya, loyiha va startapiga ko‘mak berib, ularni o‘stirishi, ishli va daromadli qilib, birorta yoshni e’tiborsiz qoldirmaslikka yanada katta mas’uliyat bilan yondashib ishlashi lozimligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
1
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.

Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.

Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.

Facebook|Instagram|X
2
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,

– dedi Prezidentimiz.

Bu yil Toshkent shahrida Jahon yoshlarining tinchlik sari harakati bosh qarorgohi tashkil etilishi, Samarqand shahri Yoshlar parlamenti a’zolarining 12-global konferensiyasi, “Take Off” xalqaro startap sammiti va 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga mezbonlik qilishi e’lon qilindi.

“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Dunyoda kun sayin yoshlar ongini egallash bo‘yicha yangi tahdidlar yuzaga kelayotgan sharoitda barcha darajadagi rahbarlar yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi ish tizimiga o‘tishi zarurligi qayd etildi.

Facebook|Instagram|X
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.

Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.

Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.

Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.

Facebook|Instagram|X
3
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.

Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.

Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.

O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.

Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.

Facebook|Instagram|X
Joriy yildan “Kelajak tadbirkori” dasturi ishga tushiriladi va yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatgacha 15 foizli kredit ajratish boshlanadi.

Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarga garovsiz 20 million so‘mgacha, tadbirkorlik ko‘nikmasiga ega bo‘lib, o‘z biznesini boshlayotganlarga 300 million so‘mgacha, faoliyatini kengaytirmoqchi bo‘lgan yosh tadbirkorlarga 2 milliard so‘mgacha, kamida 5 ta bitiruvchini ishga olgan tadbirkorlarga esa 10 milliard so‘mgacha kredit beriladi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda “Mening birinchi kasbim” dasturini boshlash topshirildi. Bunda stajirovka dasturi asosida oliygoh bitiruvchilari o‘rtasida tanlov o‘tkazib, ularga oyiga 2 million so‘mgacha stipendiya to‘lash yo‘lga qo‘yiladi.

Tadbirkorlikni endi boshlayotgan yoshlarning 30 foizi biznes ko‘nikmasi yetishmagani uchun qiyinchilikka uchrayotgani qayd etildi.

Shu bois, har bir hududda tadbirkorlikka o‘qitish, g‘oyani biznesga aylantirish, buxgalteriya, bank, marketing, ichki va tashqi bozorlarga chiqish bilan bog‘liq kompleks xizmatlarni ko‘rsatadigan “Yoshlar biznes inkubatori” ishga tushiriladi.

Mutasaddilarga yoshlar uchun qulay joylarni belgilab, bu yil Qoraqalpog‘iston, Jizzax, Namangan, Surxondaryo, Xorazm va Toshkent shahrida, kelgusi yilda qolgan hududlarda bunday markazlarni tashkil qilish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
Garvard, Stenford, London iqtisodiyot maktabi kabi nufuzli oliygohlar ilg‘or tajribalar asosida yoshlarni tadbirkorlikka o‘qitishda hamkorlik qilishga tayyor.

Yoshlar ishlari agentligiga ushbu xorijiy oliygohlar bilan kamida 40 ming yoshlarni biznesga o‘rgatadigan “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturini boshlash topshirildi.

Dasturni muvaffaqiyatli tugatgan eng yaxshi 1 ming nafar yoshning loyihasiga uch yil muddatga 200 million so‘mgacha 7 foizli ssuda beriladi.

Har yili “Yosh tadbirkorlar” tanlovi o‘tkazilib, eng yaxshi 100 ta loyihani brendga aylantirish uchun “Yoshlar venchurs” jamg‘armasidan 1 milliard so‘mgacha mablag‘ ajratiladi.

Banklar bittadan konsalting kompaniya tashkil qilib, joriy yilda 50 ming yosh tadbirkorga biznes reja tayyorlashiga ko‘maklashib, ularning xarajatini qoplab beradi. Yirik savdo tarmoqlari vakillari va malakali mutaxassislar jalb qilinib, kamida 20 ming yosh tadbirkorlikka o‘qitiladi.

Shu bilan birga, 1-martdan yangi ish boshlayotgan yosh tadbirkorlarga infratuzilmaga ulanish bilan bog‘liq davlat xizmatlarining xarajatlari Yoshlar tadbirkorligi jamg‘armasidan qoplab beriladi.

Facebook|Instagram|X
1
Ijtimoiy himoya milliy agentligi va Yoshlar ishlari agentligi “Fikringni ber (Voice Up)” inklyuziv oromgohini tashkil qilib, yoshlar tashabbusi asosida o‘ndan ziyod loyihalarni amalga oshirdi.

Endilikda ushbu loyihani har bir hududda o‘tkazib, 1 ming nafar yoshlarni qamrab olish, eng yaxshi loyihalarni taklif qilgan yoshlar ishtirokida Samarqand shahrida Xalqaro inklyuziv yoshlar oromgohini tashkil qilish topshirildi.

“O‘sish va rivojlanish (Upshift)” startap loyihasi kengaytirilib, bu yil media, dizayn, hunarmandchilik, ishlab chiqarish va innovatsiya yo‘nalishlarida ham tanlov o‘tkaziladi.

Yoshlarning eng yaxshi 40 ta startap loyihasini moliyalashtirish uchun 2 milliard so‘m ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
O‘tgan yilda Kasbiy ta’lim agentligi tashkil qilinib, har bir hududda hokimlar boshchiligida Kasbiy ta’lim kengashlari ish boshladi.

Agentlik va hokimlarga qaysi texnikumda kasbga o‘qitish dasturini qayta ko‘rib chiqib, ish beruvchilarning talabiga moslash, qaysi biriga kasb-hunar va “dual ta’lim” bo‘yicha eng yaxshi tajribalarni olib kelish kerakligi va texnikumlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha masalalarni tezkor hal qilib borish topshirildi.

Hokimlar texnikum binosi va yerlari boshqa maqsadlarda berilmasligi, direktorlari esa faoliyatiga tegishli bo‘lmagan yig‘ilishga chaqirilmasligi haqida ogohlantirildi.

Har yili kamida 100 tadan texnikumni to‘liq ta’mirlab, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlash maqsad qilib olindi.

“Dual ta’lim” qamrovini yanada kengaytirish muhimligi ta’kidlandi. Har oyda texnikumlarda “Kasbiy rivojlanish kuni” va mehnat yarmarkalari tashkil qilinadi. Texnikumlarga ham oliygohlar kabi “spin-off” ochishga ruxsat beriladi. Bunda o‘quvchilarning startap loyihalariga 1 milliard so‘mgacha ajratiladi.

Joriy yildan xuddi oliygoh talabalari kabi texnikum o‘quvchilari uchun ham “Ishla va sayohat qil (Work and travel)” dasturi asosida olti oy davomida xorijda ishlab, qo‘shimcha daromad topish imkoniyati yaratiladi. Bunda dasturda ishtirok etuvchi texnikum o‘quvchilariga yo‘lkira xarajatlari uchun ssuda ajratiladi.

Facebook|Instagram|X
1
Xorijiy til sertifikatini olgan yoshlarga imtihon va o‘qish xarajatini qoplash yo‘lga qo‘yilgani katta samara berdi. Sertifikatga ega yoshlar 600 mingdan oshdi. Eng muhimi, xorijiy tillarni mukammal biladigan 72 mingta instruktor paydo bo‘ldi.

Yaratilgan sharoitlar hisobiga xususiy o‘quv markazlarining soni 3 karra ko‘payib, 38 mingdan oshdi.

Mazkur yo‘nalishdagi yosh tadbirkorlar O‘quv markazlari uyushmasini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqqan. Prezidentimiz buni qo‘llab-quvvatladi.

Endilikda uyushmaga a’zo bo‘lgan xususiy o‘quv markazlariga binosini ijaraga bergan tadbirkorlar ijaradan olinadigan daromad va foyda solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.

Bunday markazlarning o‘qituvchilarini Yoshlar ishlari agentligi hisobidan AQSh, Buyuk Britaniya, Singapur, Yaponiya kabi ilg‘or ta’lim markazlariga stajirovkaga yuborish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
1
“Ko‘mak” dasturi doirasida 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yilgani uchun olis va chekka hududlarda olti oy ichida xorijiy til o‘rgatadigan 120 dan ziyod o‘quv markazi ish boshladi.

Bunday o‘quv markazlarini tashkil qilib, tajriba orttirgan yosh tadbirkorlar atrofida AT va zamonaviy kasb markazi, kutubxona, sport to‘garaklarini ochish taklifini bermoqda.

“Ko‘mak” loyihasi doirasida o‘z biznesini boshlab, yaxshi natija ko‘rsatayotgan yoshlar faoliyatini kengaytirish uchun 300 million so‘mgacha foizsiz ssuda ajratish yo‘lga qo‘yiladi.

Endi olis hududlardagi o‘quv markazlari ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdorida to‘laydi, ulardagi o‘qituvchilar uchun daromad solig‘i 7,5 foiz bo‘ladi (hozir ijtimoiy va daromad solig‘i 12 foizdan to‘lanadi).

Yoshlar ishlari agentligiga xususiy o‘quv markazlari bilan hamkorlikda yiliga 20 ming yoshni kelajak kasblariga o‘qitish dasturini ishga tushirish, har bir tumanga 500 million so‘mgacha ssuda ajratib, texnikum va o‘quv markazlarida kasb-hunar laboratoriyasini tashkil qilish topshirildi.

Facebook|Instagram|X
1
Qo‘qon universiteti zamonaviy asbob-uskunalar, texnika va laboratoriyaga ega 400 o‘rinli o‘quv markazini ishga tushirdi.

Universitet ehtiyojmand oilalar farzandlarini o‘quv markazida dasturlash, sun’iy intellekt, robototexnika bo‘yicha 6 oylik o‘quv kurslarida bepul o‘qitmoqchi. Birgina shu orqali yiliga 5 mingdan ziyod uyushmagan yoshlarning zamonaviy bilimlarni egallashi uchun sharoit yaratiladi.

Yoki Toshkent agrar universiteti mexanizatsiya va agromuhandislik yo‘nalishidagi talabalarini “dual” ta’lim asosida bevosita Chirchiqdagi agro-tex klasterida o‘qitmoqchi. Ular bir vaqtning o‘zida ishlab, maosh oladi.

Shuningdek, universitetda har biri 5 nafar talabadan iborat “Kelajak fermerlari” eksperimental jamoalari tashkil etiladi. Ushbu jamoalar o‘quv yili davomida 10 sotix yerni o‘zlashtirib, o‘zlari ekin ekadi. Ular yerning unumdorligini oshirish, serhosil va yuqori daromad olish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqib, kursdan kursga o‘tadi.

Qolgan barcha oliygohlar ushbu ijobiy tajribalardan namuna olishi zarurligi qayd etildi.

Endi joylarda mana shunday maskanlarni tashkil qilib, ehtiyojmand oilalardagi yoshlarni bepul o‘qitishni yo‘lga qo‘ygan o‘quv markazlari yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi, kommunal xarajatlarining yarmi budjetdan qoplab beriladi, o‘qituvchilarga to‘langan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq “keshbek” sifatida qaytariladi.

Facebook|Instagram|X
1
Bugun dunyo aholisining 10 foizdan ortig‘i volontyorlik bilan shug‘ullanmoqda.

So‘nggi yillarda mamlakatimizda volontyorlik faoliyatining huquqiy asosini yaratilgani, Volontyorlar maktabi, oliygohlarda markazlar tashkil qilinganining hisobiga bizda ham bunday yoshlar 5 karra ko‘paydi.

Ekologiya, tibbiy xizmat, ta’lim, favqulodda vaziyatlarda ko‘maklashish yo‘nalishidagi volontyorlarning soni 100 mingdan oshdi.

Mana shunday tashabbuskor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida vazirlik va idoralar rahbarlari, faol ko‘ngilli yoshlardan iborat Volontyorlik harakatini rivojlantirish bo‘yicha Vasiylik kengashini tashkil qilish taklif etildi.

Yoshlar ishlari agentligida “Volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash” jamg‘armasi tashkil qilinadi. Ushbu jamg‘armaga har yili budjetdan 20 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Bunga qo‘shimcha viloyat hokimlari ham mahalliy budjetdan 3 milliard so‘mdan ajratadi.

Mazkur mablag‘lar hisobidan yoshlarning volontyorlik loyihalariga 100 million so‘mgacha grant beriladi. Ko‘ngilli yoshlarga “ijtimoiy faollik kartasi” ochilib, ekologiya, ijtimoiy himoya, tibbiyot, ta’lim, jamoat xavfsizligi kabi yo‘nalishlardagi ishtirokiga qarab, ball berib boriladi.

Facebook|Instagram|X
Har yili yurtimizda 270 mingga yaqin yangi oila paydo bo‘lmoqda.

Yosh oilalar uchun eng avvalo nima kerak? Albatta, qulay va shinam uy-joy zarur. Shuni hisobga olib, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida uy-joy ipoteka dasturi doirasida kredit stavkasini 14 foizdan oshgan qismi budjetdan qoplab beriladi,

– dedi Prezidentimiz.

Axborot xurujlari avj olayotgan bugungi kunda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni ommalashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib qolishi qayd etildi.

Bu ishlarni yangi bosqichga olib chiqish uchun tuzilgan “Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish” jamg‘armasi orqali eng iste’dodli yozuvchilarga ijodiy buyurtma beriladi va bir yil davomida oyiga 20 million so‘mdan haq to‘lanadi.

Eng sara xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga, milliy adabiyotlarni xorijiy tillarga tarjima qilish va chop etish xarajatining yarmi qoplanadi.

Mutasaddilarga yangi o‘quv yiligacha eng yaxshi 100 ta asardan iborat kitoblar to‘plamini tayyorlab, barcha maktab va texnikumlarga yetkazish topshirildi. Maktablardagi eng faol kitobxon o‘quvchilarga 10 million so‘mdan mukofot beriladi.

Kutubxona, “book cafe” va kitob do‘konlari ochib, kitob savdosini oyiga 10 ming donadan oshirgan tadbirkorlarga uch yilga 1 milliard so‘mgacha 7 foizli ssuda berish yo‘lga qo‘yiladi.

Facebook|Instagram|X
1
Jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tab bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy hayotga tez moslashishini ta’minlash muhim ekani ta’kidlandi.

Buning uchun “Ikkinchi imkon" loyihasi boshlanadi.

Bunday yoshlar 8-12 oylik intensiv kurslarda dasturlash, veb-dizayn, kompyuter muhandisligi, boshqa kasblar va xorijiy tillarga o‘qitilib, daromadli ishga ega bo‘ladi.

Mazkur tizim 1-iyundan Navoiy, Qashqadaryo va Toshkent viloyatida, kelasi yildan esa barcha hududlarda joriy qilinadi.

Davlatimiz rahbari so‘zini yakunlagach, yoshlar bilan muloqot boshlandi.

Ayni paytda tadbirda mutasaddilarning hisobotlari, yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanmoqda.


Facebook|Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan uchrashuvi samimiy va iliq lahzalarga boy bo‘ldi.

Встреча Президента Шавката Мирзиёева с молодежью была наполнена искренними и теплыми моментами.

Facebook|Instagram|X