Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.18K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
🔴🟦🟦

🔴 Ayni vaqtda Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida shahar Xalq qabulxonasida fuqarolar uchun qabul jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

Unda shahar korxona va tashkilot mutasaddilari hamda tegishli mas’ullar ishtirok etib, murojaatchilarning muammolari joyida o‘rganilib, qonun doirasida amaliy yechimlar berilmoqda.

🗣Qabul davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, sog‘liqni saqlash hamda kommunal xizmatlar yo‘nalishlaridagi murojaatlari atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#munosabat

🇺🇿 Muhtaram Prezidentimiz har gal biz yoshlar bilan uchrashganida yuksak e'tibor va g'amxo'rlikni his qilamiz — Kamronbek Hakimov, Nurafshon shahri "Obod turmush" mahallasi yoshlar yetakchisi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3


“YOSHLAR KUNI” DOIRASIDA NURAFSHON SHAHAR HOKIMI VA YOSHLAR O‘RTASIDA JONLI MULOQOT

🇺🇿Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan muloqoti davomida har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” etib belgilanishi ma’lum qilingan edi.

Mazkur vazifa ijrosi doirasida bugun Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi barcha bo‘g‘in rahbarlari hududlarda yoshlar bilan jonli muloqotlar o'tkazmoqda.

Shunday uchrashuvlardan biri shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tdi. Shahar hokimi tomonidan qatnashchi yigit-qizlarning g‘oya va tashabbuslari, startap hamda takliflari tinglanib, ularni hal etish hamda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berildi.


🗣Shuningdek, shahar hokimi maktabda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berdi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🔥1


NURAFSHON SHAHAR PROKURORI YOSHLAR BILAN MULOQOT QILDI

🚛 Yoshlar bilan bevosita uchrashib, ularning muammo va takliflarini tinglash, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy madaniyatini yuksaltirish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biridir.

🛡Shu maqsadda “Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov shahar yoshlari bilan ochiq muloqot qildi. Tadbir davomida yigit-qizlar tomonidan ta’lim, bandlik, tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, huquqiy masalalar yuzasidan berilgan savollar atroflicha muhokama qilindi.

Uchrashuv jarayonida yoshlarning taklif va tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularni ro‘yobga chiqarish mexanizmlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Ayniqsa, yoshlar huquqlarini himoya qilish, jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


Shuningdek, murojaatlar asosida aniqlangan muammolarni joyida hal etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51🔥1


NURAFSHON SHAHRIDA "YASHIL MAKON" LOYIHASINING BAHORGI MAVSUMIGA JIDDIY TAYYORGARLIK ISHLARI OLIB BORILMOQDA

🗣Kuni kecha Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida o‘tkazilgan hokimlik soatida viloyatda “Yashil makon” umummilliy loyihasining 2026-yil bahorgi mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berilgan edi.


🌳 Ayni kunlarda Nurafshon shahrida mazkur topshiriqlar ijrosi doirasida keng ko‘lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, bugun shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan “Nurafshon City” hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

Nazorat jarayonida korxona va tashkilotlarga biriktirilgan yer maydonlarini ekish mavsumiga tayyorlash, hudud iqlimi va infratuzilmasiga mos, parvarishi qulay hamda manzarali ko‘chat turlarini tanlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, sug‘orish tizimlarining mavjudligi, suv manbalaridan oqilona foydalanish va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish holati tanqidiy ko‘rib chiqildi.


Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ishlarni sifat va samaradorlik mezonlari asosida tashkil qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.

Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar shaharning ekologik muhitini yaxshilash, shuningdek, aholi uchun qulay yashil makonlarni yaratishga xizmat qiladi.

🕊Telegram📺YouTube 
📱Instagram🌍Veb sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51