GIYOHVANDLIK – UMR ZAVOLI
Mazkur uchrashuvdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, ularni turli yot illatlardan, xususan, giyohvandlikdan asrash hamda huquqiy savodxonligini oshirishdan iborat bo‘ldi.
✅ Tadbirda yuqori sinf hamda "Jasorat sinfi” o‘quvchilari faol ishtirok etdilar. Harbiy xizmatchilari tomonidan giyohvandlikning inson salomatligi, kelajagi va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’siri haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida uchrayotgan zararli odatlarning oldini olish, hushyorlik va ogohlikni kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
EHTIYOJMAND OILALAR HOLIDAN XABAR OLINMOQDA
Mazkur tadbirlar aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash, jamiyatda o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.✅ Jumladan, “Ma’rifat”, "Obod", "Degantepa" MFY mas’ullari tomonidan mahalla hududida yashovchi fuqarolarning salomatligi va yashash sharoitlari o‘rganilib, ehtiyojmand oilalarga zarur oziq-ovqat mahsulotlari hamda amaliy yordamlar ko‘rsatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"BIRLIK" MAHALLASIDA AHOLI BIRLIGIDA HASHAR TASHKIL QILINDI
✅ O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i Z. Maxsudova va mahalla yettiligi boshchiligida fuqarolar, faol yoshlar va jamoat vakillari bir maqsad atrofida birlashib, hududni yanada koʻrkam va qulay qilish borasida amaliy ishlar olib bordilar.
Hashar jarayonida yoʻlaklar tozalandi, yashil hududlardagi xazonlar yigʻishtirildi, daraxtlarga ishlov berilib, mahalla atrofida umumiy tartib-intizom taʼminlandi.
Aholining bunday hamjihatligi va fidoyiligi orqali mahallasi yanada obodlashib, yashash uchun qulay maskanga aylanib bormoqda.
❗Mahalla fuqarolarining bir maqsad yoʻlida birlashib amalga oshirgan mehnati jamoatdagi hamjihatlik va oʻzaro hurmatni yanada kuchaytirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT, BUGUN RO‘YXATGA OLISHNING OXIRGI KUNI!
✅ Nurafshon shahrida mas’ul idoralar hamda mahalla yettiligi tomonidan xonadonbay, har bir fuqaro to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllantirilmoqda. Jarayon puxta reja va tizimli yondashuv asosida tashkil etilib, barcha hududlar to‘liq qamrab olindi.
Aholini ro‘yxatga olish kelgusida ijtimoiy himoya, bandlik, infratuzilmani rivojlantirish hamda manzilli dasturlarni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Pensiyani plastik karta orqali olish — zamon talabi va qulay yechim!
❗Pensiya jamg‘armasi faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
Xususan, Jamg‘arma tomonidan pensiya ta’minotiga oid turli ijtimoiy ahamiyatga ega videoroliklar tayyorlash boshlandi.
🟢 Bu orqali pensionerlarga hamda pensiyaga yaqin qolgan fuqarolarga pensiya tizimi, yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar hamda pensiyaga qanday tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berib boriladi.
🎞 Endi, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan "Pensiyani plastik kartada olishning afzalligi" mavzusidagi ijtimoiy videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2