Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


DIQQAT, BUGUN RO‘YXATGA OLISHNING OXIRGI KUNI!


2026-yil 15-yanvardan boshlab mamlakatimizda muhim siyosiy jarayonlardan biri — aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirlari izchil olib borildi. Bugun, 28-fevral kuni ro‘yxatga olish jarayonlari yakuniga yetadi.

Nurafshon shahrida mas’ul idoralar hamda mahalla yettiligi tomonidan xonadonbay, har bir fuqaro to‘g‘risida aniq va ishonchli ma’lumotlar shakllantirilmoqda. Jarayon puxta reja va tizimli yondashuv asosida tashkil etilib, barcha hududlar to‘liq qamrab olindi.


Aholini ro‘yxatga olish kelgusida ijtimoiy himoya, bandlik, infratuzilmani rivojlantirish hamda manzilli dasturlarni samarali rejalashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hurmatli fuqarolar! Agar hali ro‘yxatdan o‘tmagan bo‘lsangiz, bugun — oxirgi imkoniyatdan foydalaning. Ro‘yxatga olish jarayonida faol ishtirok eting va aniq ma’lumot taqdim etish orqali hududimiz rivojiga o‘z hissangizni qo‘shing! Ro‘yxatdan o‘tish census.stat.uz rasmiy veb-sayti orqali OneID tizimi yordamida onlayn amalga oshiriladi.

📷Foto: Nurafshon shahri Yangiobod mahallasi.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
..

✍️Zulfiya Isroilova

🍀Nurafshon shahrida bahor kayfiyati.


🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏4🔥32👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Pensiyani plastik karta orqali olish — zamon talabi va qulay yechim!


Pensiya jamg‘armasi faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, Jamg‘arma tomonidan pensiya ta’minotiga oid turli ijtimoiy ahamiyatga ega videoroliklar tayyorlash boshlandi.

🟢Bu orqali pensionerlarga hamda pensiyaga yaqin qolgan fuqarolarga pensiya tizimi, yaratilgan imkoniyatlar, qulayliklar hamda pensiyaga qanday tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qiziqarli ma’lumotlar berib boriladi.


🎞 Endi, sun’iy intellekt yordamida yaratilgan "Pensiyani plastik kartada olishning afzalligi" mavzusidagi ijtimoiy videorolikni e’tiboringizga havola etamiz.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida shu yilning fevral oyida o‘tgan asosiy tadbir va voqealar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


YOSHLAR O‘RTASIDA SOG‘LOM TURMUSH TARZI TARG‘IB ETILMOQDA

Nurafshon shahrida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni zararli illatlardan, xususan, giyohvandlikdan ogoh etishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar izchil o‘tkazib kelinmoqda.

🏷Ana shunday tadbirlardan biri hududdagi 48-sonli umumta’lim maktabi o‘quvchilari ishtirokida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” mavzusida tashkil etildi.


Tadbir davomida o‘quvchilar sahna ko‘rinishlari hamda o‘zlari tayyorlagan devoriy suratlar orqali zararli odatlarga nisbatan qat’iy munosabatni namoyish qildilar.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


RAMAZON – MEHR-MURUVVAT, AHILLIK VA SHUKRONALIK OYI!

Nurafshon shahridagi “Muqimiy” mahalla yettiligi hamda homiylar tashabbusi bilan muborak Ramazon oyi davomida ezgu va savobli xayriya tadbirlar tashkil etilmoqda.

🏷Tadbir doirasida bir qator ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari topshirildi.


Mazkur amaliy ko‘mak, eng avvalo, insonparvarlik, saxovat hamda bag‘rikenglik tamoyillarining yaqqol ifodasi bo‘lib, jamiyatda ijtimoiy birdamlikni mustahkamlashga hamda fuqarolarga ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ko‘rsatishga xizmat qilmoqda.

🕊Telegram📺YouTube
📱Instagram🌐Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👏1👌1🤝1