Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida farmatsevtika sohasini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Tadbirda farmatsevtika korxonalari vakillari ham ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari ushbu soha inson salomatligi, hayot sifati, kerak bo‘lsa, iqtisodiy xavfsizlik bilan ham bog‘liq ekanini ta’kidladi.
Yaratilgan sharoitlar hisobiga so‘nggi to‘qqiz yilda sohaga 1,8 milliard dollar investitsiya kiritilib, 140 ta yangi quvvat ishga tushdi, korxonalar soni 300 dan oshdi, shundan 58 tasi dori ishlab chiqaruvchilardir.
Ishlab chiqarish hajmi 3,5 marta o‘sib, 7 trillion 300 milliard so‘mdan ortdi, mahalliy dori vositalari esa 2 karra ko‘paydi. O‘zimizda ishlab chiqarilayotgan farmatsevtika mahsulotlari 55 ta davlatga kirib bordi. Farmatsevtika sohasidagi ish o‘rinlari soni 40 mingdan oshdi.
Umuman, O‘zbekistonda dori vositalari va tibbiy buyumlar bozori 2,5 milliard dollarga yaqinlashdi.
Facebook|Instagram|X

“Tibbiyotdagi keng ko‘lamli islohotlarimiz, birlamchi bo‘g‘inda profilaktikaning kuchaytirilishi kasalliklarni davolash bilan birga uning oldini olishga qaratilgan preparatlarni ko‘paytirishni taqozo etmoqda”,
– dedi davlatimiz rahbari.
Shu bois, mutasaddilar oldida bu yil sohaga kamida 1 milliard dollar investitsiya olib kelish, sifatni oshirish va xorijiy yetuk farmatsevtika kompaniyalari bilan hamkorlikda yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali ichki iste’moldagi mahalliy dorilar ulushini 2030-yilgacha 70 foizga yetkazish, kelgusi besh yilda eksportni 1 milliard dollarga olib chiqish vazifalari turgani qayd etildi.
Bu borada 100 dan ziyod ishlab chiqaruvchilar, 50 dan ortiq importchilar, 300 ga yaqin ulgurji va chakana savdo korxonalari, investorlar bilan sohadagi masalalar muhokama qilindi, bildirilgan taklif va tashabbuslar asosida katta qaror loyihasi tayyorlandi.
Shunday bo‘lsa-da, hokimlarda hududidagi farmatsevtika korxonalari bilan gaplashib, ular ko‘targan masalalarga yechim topadigan tizim yo‘qligi ko‘rsatib o‘tildi.
Facebook|Instagram|X
YOSHLAR MUAMMOLARI, TAKLIF VA YECHIM
✅ Uchrashuvda shahar hokimi I.Klichxanov yoshlar bilan ochiq muloqot olib borib, ularning g‘oya va tashabbuslari, startap loyihalari, ta’lim, bandlik va bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish borasidagi takliflarini tingladi. Bildirilgan murojaat va masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan mutasaddilarga aniq topshiriqlar berildi.
“Uch avlod uchrashuvi” ruhida o‘tgan tadbirda nuroniylar tomonidan yosh avlodga hayotiy tajriba va ibratli maslahatlar berilib, vatanparvarlik, mas’uliyat va fidoyilik kabi qadriyatlarni mustahkamlash zarurligi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
NURONIYLAR VA IJTIMOIY HIMOYAGA MUHTOJ FUQAROLAR HOLATI O‘RGANILDI
🔸 Unda keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, nuroniylarni hududlar kesimida ko‘chalarga biriktirish orqali ularning jamoatchilik nazoratidagi ishtirokini kuchaytirish, mahallalarda obodonlashtirish va tozalash ishlarini jadallashtirish, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda yolg‘iz istiqomat qilayotgan fuqarolardan muntazam xabar olib borish masalalari muhokama qilindi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"RAHBAR VA YOSHLAR UCHRASHUVI" - OCHIQ MULOQOT MAYDONI
🌀 Tadbirda shahar prokurorga biriktirilgan, alohida e’tibor talab qiladigan yoshlar ham qatnashdi. Ularga hayotda to‘g‘ri yo‘l tanlash, ta’lim olish va kasb-hunar egallashning ahamiyati haqida tavsiyalar berildi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini olib borish, qonunlarga hurmat bilan yondashish kabi masalalar yuzasidan ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchi yoshlar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu esa ularning salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirishga xizmat qiladi.
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1