Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


JAMIYAT RIVOJI VA OILA BAXTINING TAYANCHI — AYOL


Bugun Nurafshon shahar hokimligida faoliyat yuritayotgan fidokor xotin-qizlar 8-mart bayrami bilan samimiy muborakbod etilib, taqdirlandi.

🔸Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov barcha ayollarni samimiy qutlab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. U o‘z nutqida xotin-qizlarning fidokorona mehnati, mas’uliyatli faoliyati va jamiyat taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi har doim yuksak qadrlanishini ta’kidladi.


💠 Bayram munosabati bilan hokimlikda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi. Taqdirlash marosimi bugun jamiyatda xotin-qizlar mehnatini e’tirof etish va qadrlashning yana bir ifodasi bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥43👍2👏1
Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tadi.

Сегодня в резиденции "Куксарой" с участием Президента Шавката Мирзиёева состоится торжественное мероприятие по случаю 8 марта - Международного женского дня.

Facebook
|Instagram|X


AYOL DEPUTATLARGA EHTIROM


Bugungi kunda o‘zbek ayoli jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etib, nafaqat oila, balki davlat va hokimiyat boshqaruvida ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Ular o‘z fidoyiligi, bilim va tashabbuskorligi bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi tomonidan shahar Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'tkir Rashidov barcha ayol deputatlarni samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. Ularning jamiyat rivojidagi o‘rni, tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda hududlarni rivojlantirish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.


✅️Bayram munosabati bilan ayol deputatlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2👏1🤝1
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish – biz uchun strategik vazifa.

Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz
,

– dedi Prezidentimiz.

Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani ta’kidlandi. Ularni ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yangi hayot” dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.

Shuningdek, mahkumalarga muassasalarning o‘zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratib beriladi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Facebook
|Instagram|X