Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


AYOL DEPUTATLARGA EHTIROM


Bugungi kunda o‘zbek ayoli jamiyatning barcha jabhalarida faol ishtirok etib, nafaqat oila, balki davlat va hokimiyat boshqaruvida ham munosib o‘rin egallab kelmoqda. Ular o‘z fidoyiligi, bilim va tashabbuskorligi bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar hokimligi hamda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi tomonidan shahar Kengashida faoliyat yuritayotgan ayol deputatlarning jamiyat va davlat boshqaruvidagi faoliyati alohida e’tirof etildi.

Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov va Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'tkir Rashidov barcha ayol deputatlarni samimiy tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. Ularning jamiyat rivojidagi o‘rni, tashabbuskorligi, fidoyiligi hamda hududlarni rivojlantirish yo‘lidagi faol sa’y-harakatlari alohida e’tirof etildi.


✅️Bayram munosabati bilan ayol deputatlarga ehtirom ko‘rsatilib, ularga esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalar topshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3🔥2👏1🤝1
Ko‘ksaroy qarorgohida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi.

Inson hayotini, jamiyat taraqqiyotini xotin-qizlarsiz, ularning ezgu fazilatlarisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Biz sizlarning timsolingizda Uchinchi Renessans bunyodkori bo‘lib, maydonga chiqayotgan 22 million yosh avlodni onalik mehri bilan tarbiyalab, voyaga yetkazgan buyuk bir kuchni ko‘ramiz.

Sizlar tadbirkor, olim, muallim, shifokor, muhandis, davlat va jamoat arbobi, bir so‘z bilan aytganda, xonadonlarimiz farishtasi, oila va jamiyat tayanchi, desak, ayni haqiqatni aytgan bo‘lamiz
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
Ayollar va bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi murosasiz muhit yaratish – biz uchun strategik vazifa.

Shu haftada yana bir muhim farmonni imzoladim. Endi xotin-qizlar va bolalarga nisbatan har qanday zo‘ravonlik va tazyiq holatlariga qarshi qat’iy tizim asosida kurash olib boramiz
,

– dedi Prezidentimiz.

Turli sabablarga ko‘ra bilib-bilmay jinoyatga qo‘l urgan ayollar ham shu yurtning fuqarolari ekani ta’kidlandi. Ularni ijtimoiy hayotga qaytarish, jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish to‘g‘risida ham jiddiy o‘ylash kerakligi qayd etildi.

Jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o‘tayotgan ayollarning ko‘pchiligi o‘rta ma’lumotli, kasbi yoki hunari yo‘q. Ayrimlari oliy ta’lim muassasalarida o‘qish istagini bildirgan.

Shu bois, bunday xotin-qizlar bilan manzilli ishlash bo‘yicha “Yangi hayot” dasturi boshlanadi. Ular 3-6 oy kasb dasturlarida o‘qitilib, sertifikat oladi.

Shuningdek, mahkumalarga muassasalarning o‘zida imtihon topshirib, oliygohlarga kirish va masofaviy o‘qish imkoniyati yaratib beriladi. Kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinganlarga jazoni o‘tab, ishga joylashgandan keyin qaytarish sharti bilan foizsiz ssuda ajratiladi.

Facebook
|Instagram|X


🟢Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan shahar hokimligi tomonidan tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov barcha xotin-qizlarni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etib, ayollarning jamiyat hayotidagi beqiyos o‘rni hamda yurt taraqqiyotiga qo‘shayotgan munosib hissasi alohida ta’kidladi.


Tadbir dasturida Nurafshon shahrida turli sohalarda samarali faoliyat yuritib, yuksak natijalarga erishayotgan, jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan xotin-qizlar ishtirok etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


O‘quvchilarga favqulodda vaziyatlarda harakatlanish qoidalari tushuntirildi

Nurafshon shahridagi 48-sonli umumta’lim maktabining yuqori sinf o‘quvchilari Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida o‘quv-amaliy mashg‘ulot jarayonlarida ishtirok etdi.

Mashg'ulot davomida o‘quvchilarga mutaxassislar tomonidan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, ogohlik, hushyorlik va ehtiyotkorlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, turli xavfli holatlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda tezkor va to‘g‘ri qaror qabul qilish bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.


✅️Mazkur tadbirlar o‘quvchilarga hayotda xavfsizlik ko‘nikmalarini shakllantirish, ularning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida ogohlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжественной церемонии, посвященной Международному женскому дню

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
2


FIDOYI AYOLLAR DOIM E’ZOZDA

Nurafshon shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida ham 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazilib, barcha ayollar e’zozlandi.

⚡️Unda bo‘lim mudiri Sh. Botirov barcha ayol xodimlarni ushbu qutlug‘ sana bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, rahbariyat erkaklari tomonidan ko‘tarinki ruhda kutib olingan ayollarga gullar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Tadbir davomida xotin-qizlarning ta’lim tizimidagi mas’uliyatli mehnati, fidoyiligi va jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi alohida e’tirof etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52