Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Nurafshon shahar “Nuroniy” jamg‘armasi bo‘limi tashabbusi bilan “Nuroniy” maskanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan nuroniylar uchun iftorlik dasturxoni tashkil etildi.

Bu kabi ezgu tadbirlar insonlar o‘rtasida mehr-oqibat va birdamlikni yanada mustahkamlaydi.


Shuningdek, shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Buvijonlar maktabi” a’zolarini samimiy tabriklab, ularning mahallalarda olib borayotgan faoliyati haqida iliq fikrlar bildirdi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eng ulug‘ maqsad – Yangi O‘zbekistonni ayollari hayotdan rozi bo‘lib, baxtli-saodatli yashaydigan mamlakatga aylantirish.

Самая благородная цель – чтобы Новый Узбекистан стал страной, где женщины довольны своей жизнью, счастливы, живут в мире и благополучии.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


NURAFSHON YOSHLARIDAN YAXSHI TASHABBUS

🌺 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahar Yoshlar ishlari bo‘limi tomonidan shahrimiz xotin-qizlari hamda bayramni shifoxonada qarshi olayotgan bemor ayollar holidan xabar olinib, ular samimiy tabriklandi.

Mazkur xayrli tashabbus Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi hamda IIB Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏4🔥3👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


Hurmatli aziz onaxonlar, muhtarama opa-singillar!
Sizlarni bahorning eng go‘zal ayyomi — 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman.

Bugungi kunda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzi tobora yuksalib bormoqda.

Sizlar jamiyatimizning mehr-muhabbat, ezgulik va sadoqat timsoli sifatida mamlakatimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shib kelmoqdasiz.

Sizlarga mustahkam sog‘lik, xonadonlaringizga fayzu baraka, qalbingizga quvonch va cheksiz baxt tilayman. Yana bir bor bayramingiz muborak bo‘lsin!

Nurafshon shahar hokimi Ilxom Maxmudjonovich Klichxanov

🔺To'liq tabrik matni

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏2🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Tuyg‘u

Qiz bor uyning fayzi boʻlak, deydilar,
Jannat yoʻli - qiz bor yoʻlak, deydilar.
..


✍️Muhammad Yusuf

Nurafshon shahar hokimligi Axborot xizmati va shahar Madaniyat bo'limidan 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan maxsus rolik.


Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍64🔥2👎1👏1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🌍🌍

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Nurafshon shahrida turli sohalarda fidokorona faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarni e'tirof etish jarayonlari "Sevimli TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1🔥1👏1


Nurafshon shahrida tibbiyot obyektlari qurilish jarayonlari o‘rganildi

🔺 Ayni kunlarda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi hamda tug‘ruqxona bo‘limlari uchun mo‘ljallangan yagona qabulxona binosi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Kuni kecha qurilish jarayonlari Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilishning belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔸 Jarayon davomida quruvchi tashkilot mas’ullariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan jiddiy ogohlantirishlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarida sifat va intizomni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

✅️Shuningdek, qurilish ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan aniq konsepsiya va tibbiy standartlar asosida olib borilishi, har bir detal, har bir jihoz bemorlar uchun qulaylik yaratishi hamda amaldagi sanitariya va texnik me’yorlarga to‘liq mos bo‘lishi lozimligi qat’iy ta’kidlandi.


Ilxom Klichxanov qabul bo‘limini jihozlash jarayonida sifatli qurilish materiallari va zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, zarur hollarda mablag‘ bilan bog‘liq masalalar ham hal etilishi, biroq har bir ishda eng ustuvor mezon sifat va bemorlar salomatligi bo‘lishi shartligi alohida ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1