Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida tibbiyot obyektlari qurilish jarayonlari o‘rganildi

🔺 Ayni kunlarda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasining tez tibbiy yordam bo‘limi hamda tug‘ruqxona bo‘limlari uchun mo‘ljallangan yagona qabulxona binosi qurilish ishlari olib borilmoqda.

Kuni kecha qurilish jarayonlari Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganish davomida olib borilayotgan ishlarning sifati, qurilishning belgilangan loyiha talablari asosida amalga oshirilishiga alohida e’tibor qaratildi.

🔸 Jarayon davomida quruvchi tashkilot mas’ullariga aniqlangan kamchiliklar yuzasidan jiddiy ogohlantirishlar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish, qurilish ishlarida sifat va intizomni yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.

✅️Shuningdek, qurilish ishlari Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilangan aniq konsepsiya va tibbiy standartlar asosida olib borilishi, har bir detal, har bir jihoz bemorlar uchun qulaylik yaratishi hamda amaldagi sanitariya va texnik me’yorlarga to‘liq mos bo‘lishi lozimligi qat’iy ta’kidlandi.


Ilxom Klichxanov qabul bo‘limini jihozlash jarayonida sifatli qurilish materiallari va zamonaviy tibbiy uskunalardan foydalanish zarurligini qayd etdi. Shuningdek, zarur hollarda mablag‘ bilan bog‘liq masalalar ham hal etilishi, biroq har bir ishda eng ustuvor mezon sifat va bemorlar salomatligi bo‘lishi shartligi alohida ta’kidlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1


🏷Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida olib borilgan o‘rganishlar davomida Markaziy shifoxona hududida barpo etilayotgan 65 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy Bolalar bo‘limida ham amalga oshirilayotgan qurilish va jihozlash ishlari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Mazkur tibbiyot muassasasida olib borilayotgan ishlar belgilangan konsepsiya hamda tibbiy standartlar asosida amalga oshirilayotganligi, binoning ichki interyeri va dizaynini shakllantirish, bo‘limlarni zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlash, shifokorlar hamda bemorlar uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔸 O‘rganish jarayonida isitish tizimlarining xonalarda belgilangan haroratni ta’minlashi, tabiiy va sun’iy yoritish darajasi, o‘rnatilayotgan jihozlarning sifati va qulayligi, shuningdek, zina to‘siqlarining xavfsizlik me’yorlariga to‘liq mosligi sinchkovlik bilan ko‘rib chiqildi.

🔸 Bundan tashqari, binodagi elektr tarmoqlarining to‘liq izolyatsiya qilinishi, himoya qobiqlari bilan ishonchli yopilishi hamda bolalar hayoti va sog‘lig‘i uchun xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan barcha jihatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


💠O‘rganish davomida aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan quruvchi tashkilot va tegishli mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, ularni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar belgilandi. Mazkur loyiha yakuniga yetkazilgach, bolalarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmat sifati va sharoitlari sezilarli darajada yaxshilanishi ko'zlangan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏1


Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hududi obod maskanga aylantiriladi


🤔Nurafshon shahrida aholi uchun qulay va zamonaviy infratuzilma yaratish maqsadida navbatdagi obodonlashtirish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Shahar hokimi Ilxom Klichxanov tibbiyot muassasalarida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini o‘rganish jarayonida shahar tibbiyot birlashmasi hududida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari bilan ham yaqindan tanishdi.

✅️I.Klichxanov tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan mazkur loyihaga ko'ra uzoq yillar davomida ko'rimsiz holatda bo‘lib kelgan hududda “Shifokorlar bog‘i” barpo etilishi rejalashtirilgan.

🌀Shuningdek, bemorlar va shifokorlar hordiq chiqarishi hamda sayr qilishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Jumladan, hududda:

🔸 mo‘jaz bog‘,
🔸 piyodalar uchun qulay yo‘laklar,
🔸 zamonaviy tungi yoritish chiroqlari,
🔸 yangi tug‘ilgan chaqaloqlarni tantanali kuzatish uchun maxsus foto zonalar,
🔸 zamonaviy interyer asosida jihozlangan dorixonalar tashkil etilishi rejalashtirilgan.


Shahar hokimi tomonidan loyiha ishlarini sifatli va qisqa muddatlarda yakunlash, hududni zamonaviy va qulay maskanga aylantirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

🤔Mazkur loyiha amalga oshirilishi natijasida tibbiyot birlashmasi hududi nafaqat davolanish maskani, balki shifokorlar, bemorlar va shahar aholisi uchun obod, qulay va estetik dam olish hududiga aylanishi rejalashtirilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2