Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram
#diqqat
#eslatma

❗️Ertaga “Open budjet”da ovoz berish boshlanadi


Bugun, 10-mart soat 23:59 dan so‘ng, 2026-yil 1-mavsum uchun saralashdan o‘tgan loyihalarga ovoz berish jarayoni boshlanadi.

🗳Ovoz berish 20-mart soat 23:59 gacha davom etadi.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


✅️Bugun, 10-mart Nurafshon shahar Adliya bo‘limi boshlig‘i Raxmonqulov Gulboy Jonqobilovich tavallud topgan kun.

Hurmatli, Gulboy Jonqobilovich!

Sizni tavallud ayyomingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq va barakali umr, oilangizga tinchlik-osoyishtalik tilaymiz.

🏷Yurtimizda qonun ustuvorligini ta’minlash, adolat tamoyillarini mustahkamlash yo‘lidagi sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda Sizga ulkan muvaffaqiyatlar, kuch-g‘ayrat va bardavom zafarlar yor bo‘lsin.

Doimo el-yurt hurmati va e’tiborida bo‘lib, ezgu maqsadlaringiz ro‘yobga chiqishini tilaymiz.


Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52🤝1


Nurafshon shahrida sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda


❗️O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

✅️Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida Nurafshon shahri hokimi Ilxom Klichxanov topshirig‘iga asosan keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.


Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

🤔Hurmatli hamshaharlar! Havo harorati keskin pasaygan davrda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan asrash bo‘yicha tavsiya etiladigan agrotexnik tadbirlar haqida mazkur havola orqali batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🔥2🤝1


Nurafshonda “Mobil angiograf” xizmati yo‘lga qo‘yildi

Nurafshon shahar markaziy shifoxonasida zamonaviy texnologiyalar asosida ishlovchi “Mobil angiograf” markazi o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur markaz Nurafshon shahri hamda O‘rta Chirchiq tumani aholisi uchun zamonaviy tibbiy xizmatlarni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

⚡️Tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun fuqarolar Nurafshon shahar hamda O‘rta Chirchiq tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli KTMP, OP va OShP larda faoliyat yuritayotgan oilaviy shifokorlarning yo‘llanmasi asosida murojaat qilishlari mumkin. Tekshiruvlar tegishli mutaxassislar ishtirokida bepul amalga oshiriladi.

“D” nazoratida turuvchi bemorlar, imtiyozli toifaga kiruvchi fuqarolar, jumladan, 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, nafaqaxo‘rlar hamda tegishli tibbiy reyestrlarda qayd etilgan fuqarolar ushbu tibbiy ko‘rikdan ustuvor tartibda o‘tkaziladi.


🏷Markaz faoliyati yuqori texnologik tibbiy tekshiruvlarni o‘tkazish orqali turli kasalliklarni erta aniqlash, aniq tashxis qo‘yish hamda samarali davolash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥1
Nurafshonda sovuq havo ta’siriga qarshi profilaktik choralar ko‘rilmoqda

❗️O'zbekiston Gidrometeorologiya xizmati agentligi axborotiga ko‘ra, joriy yilning 9-12-mart kunlari O‘zbekiston hududiga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi prognoz qilingan edi.

Bahor mavsumida kuzatilayotgan mazkur kutilmagan ob-havo o‘zgarishlarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish hamda shahar hududida ekilgan manzarali ko‘chatlar va gullarni sovuqdan himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli amaliy ishlar hamda aholi o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Xususan, shahar obodonlashtirish bo‘limi tomonidan shahar bo‘ylab sovuqqa chidamlilik darajasi nisbatan past bo‘lgan manzarali ko‘chatlar va gullar maxsus himoya qoplamalari bilan o‘ralib, sovuq ta’siridan asrash choralari ko‘rilmoqda.

Shuningdek, ko‘chatlarning ildiz qismiga zarar yetishining oldini olish maqsadida maxsus vositalar bilan himoyalanmoqda.

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21🔥1
Prezident Shavkat Mirziyoyev qishloq va suv xoʻjaligi uchun muhandis kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по совершенствованию системы подготовки инженерных кадров для сельского и водного хозяйства.

#Mirziyoyev #taqdimot #talim #kadrlar

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
2👍1