Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.17K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Navroʻz bayrami arafasida ijtimoiy obyektlar foydalanishga topshirilmoqda

🤔Navroʻz umumxalq bayrami arafasida Nurafshon shahrida ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash, aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Xususan, "Toy-tepa" MFY hududida joylashgan 6-sonli EDMTT binosida keng ko‘lamli taʼmirlash ishlari yakuniga yetkazildi.

🔂Mazkur muassasa 2025 yil 2-mavsum tashabbusli byudjet dasturi doirasida 1 milliard 500 million soʻm mablagʻ yutib olib, loyiha asosida binoning ichki va tashqi qismlarini toʻliq taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Taʼmirlash jarayonida muassasaning xonalarida zamonaviy va qulay sharoitlar yaratildi, tashqi ko‘rinishi ham to‘liq yangilandi.


Qurilish-taʼmirlash ishlari “Fayz Farovon Sanoat” MChJ tomonidan sifatli va belgilangan muddatlarda bajarildi. Natijada muassasa tarbiyalanuvchilari uchun yanada qulay, zamonaviy va xavfsiz muhit yaratildi.

🤔Navroʻz bayrami arafasida ushbu ijtimoiy obyektning yangilangan holda foydalanishga topshirilishi mahalla aholisi, ota-onalar hamda bolajonlar uchun katta quvonch bo‘ldi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👎1


“Yoshlar kuni” da yoshlar masalalari e’tibor markazida


🔂“Yoshlar kuni” munosabati bilan Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov hamda shahar IIB boshlig‘i Aziz Yuldashev yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Nuroniylar maskanida bo'lib o'tgan muloqotda shahar deputati, "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Axmedqulov, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar faol ishtirok etdi.

❗️Muloqot davomida yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat, taklif va tashabbuslar bevosita tinglanib, ularni qiynayotgan muammolar atroflicha o‘rganildi. Xususan, bandlikni ta’minlash, harbiy xizmatga yo‘naltirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar batafsil ko‘rib chiqildi.


Uchrashuvda murojaatlarning asosiy qismi joyida o'z yechimini topib, ba'zi masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlariga aniq vazifalar belgilab berildi.

❗️Jumladan, “Yangiobod” mahallasida yashovchi yosh A.Mahkamovaning bank qarzdorligini imtiyozli to‘lov jadvali asosida to‘lash imkoniyatini yaratish, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ta’lim olishi hamda qonuniy tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yishi uchun ofis bilan ta’minlash masalasi shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.


🌀“Yoshlar kuni” doirasida hududlarda yoshlarning murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolariga yechim topish bo‘yicha tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🤝2🔥1👏1


Sport maktabi yoshlari bilan jonli muloqot

✅️Bugun Nurafshon shahar prokurori To‘lqin Karimov sport maktabi yoshlari bilan jonli muloqot qildi.

🔺 “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi tadbirda yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ularning sport sohasidagi yutuqlari, kelgusidagi maqsad va rejalari, yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.


🏷Shuningdek, yosh sportchilarga qonunga hurmat bilan qarash, tartib-intizomga rioya qilish, sog‘lom turmush tarzini olib borish hamda yurtimiz sharafini xalqaro musobaqalarda munosib himoya qilish borasida tavsiya va maslahatlar berildi.

💠Yoshlar esa o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, ochiq va samimiy muloqot olib borish imkoniga ega bo‘ldilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2👏2🤝2👎1