Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!
Erta tongdan boshlab Nurafshon shahrining barcha mahallalarida, xiyobon va maydonlarida, “Yurt obodligi, avvalo mahalladan boshlanadi!” shiori ostida umumxalq hashari tashkil etildi.
Mazkur obodonlashtirish tadbirlaridan biri Nurafshon shahar Qurilish va uy-joy kommunal bo‘limi hamda boshqaruv servis kompaniyalari tomonidan "Taraqqiyot" va "Nurafshon" mahallalarida olib borildi.
Unda ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirilib, hududlardagi zovurlar tozalandi, ko‘chalar supurildi, daraxtlar oqlanib, yangi ko‘chatlar ekildi.
Mazkur tadbirlar shahar hududlarining obodligi va sanitariya holatini yaxshilash, aholi yashash maskanlarini yanada ko‘rkam va ozoda saqlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Zakovatli o‘quvchilar aniqlandi
Yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish, ularni kitobxonlikka, hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida Nurafshon shahrida turli ma’rifiy va intellektual tadbirlar muntazam ravishda tashkil etib kelinmoqda.
Shu munosabat bilan shahardagi 32-sonli umumta’lim maktabida “Zakovat” intellektual bellashuvi tashkil etildi. Bellashuvda yuqori sinf o‘quvchilaridan iborat jamoalar ishtirok etib, turli mavzulardagi savollarga javob berish orqali o‘z bilimlari, mantiqiy fikrlash qobiliyati hamda tezkor tafakkurini namoyon etdilar.
Bellashuv yakuniga ko‘ra, yuqori bilim va faollik namoyon etgan 9-sinf o‘quvchilari faxrli birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. G‘olib jamoa munosib rag‘batlantirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#maxsus_dayjest
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Bugun Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Quyidagi havolalar orqali shahar va tumanlarda o‘tkazilgan hashar jarayonlari bilan batafsil tanishish mumkin.
Telegram🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram
Avval xabar berilganidek, joriy yilning 13–14 mart kunlari mamlakatimizda umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Bugun Toshkent viloyatining barcha hududlarida “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida keng ko‘lamli obodonlashtirish tadbirlari tashkil etildi.
Quyidagi havolalar orqali shahar va tumanlarda o‘tkazilgan hashar jarayonlari bilan batafsil tanishish mumkin.
▶️ Angren shahar➡️ Bekobod shahar➡️ Bekobod tuman➡️ Bo‘ka tumani➡️ Bo‘stonliq tumani➡️ Nurafshon shahar➡️ Olmaliq shahar➡️ Ohangaron shahar➡️ Ohangaron tumani➡️ Oqqo‘rg‘on tumani➡️ Parkent tumani➡️ Piskent tumani➡️ Qibray tumani➡️ Quyi Chirchiq tumani➡️ Toshkent tumani➡️ Zangiota tumani➡️ Chirchiq shahar➡️ Chinoz tumani➡️ O‘rta Chirchiq tumani➡️ Yangiyo‘l tumani➡️ Yangiyo‘l shahar➡️ Yuqori Chirchiq tumani
Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zamonaviy texnologiya xonalari foydalanishga topshirildi
🏷 Shu nuqtai nazardan, shahardagi 25-sonli umumta’lim maktabida o‘g‘il va qiz bolalar uchun zamonaviy texnologiya (kasbga yo‘naltirish) xonalari barpo etildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Nurafshon shahrida umumxalq hashari yuqori uyushqoqlik bilan davom etmoqda
Bugun hasharning ikkinchi kuni ham yuqori ruh va katta uyushqoqlik bilan boshlandi. Jumladan, Nurafshon shahrining kirish qismida shahar faollari, nuroniylar, mahalla yettiligi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.
Barcha yurtdoshlarimizni umumxalq hasharida faol ishtirok etishga chorlab qilamiz.✅ Hashar davomida hududlarni tozalash, ko‘chat ekish, daraxtlarni oqlash va atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli tadbirlar shahrimizning yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM