Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida umumxalq hashari yuqori uyushqoqlik bilan davom etmoqda

🌱Bahorning kirib kelishi va Navro‘z umumxalq bayrami arafasida mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida Nurafshon shahrida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari tashkil etilmoqda.

🟢Hasharning birinchi kunida shahrimizning turli hududlarida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, ko‘plab ko‘chatlar ekildi, hududlar tartibga keltirildi hamda daraxtlar oqlanib, atrof-muhitni yanada obod qilish bo‘yicha muhim ishlar bajarildi.

Bugun hasharning ikkinchi kuni ham yuqori ruh va katta uyushqoqlik bilan boshlandi. Jumladan, Nurafshon shahrining kirish qismida shahar faollari, nuroniylar, mahalla yettiligi vakillari, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida obodonlashtirish ishlari davom ettirilmoqda.

Hashar davomida hududlarni tozalash, ko‘chat ekish, daraxtlarni oqlash va atrof-muhitni yanada obod qilishga qaratilgan ezgu ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday xayrli tadbirlar shahrimizning yanada ko‘rkam va fayzli bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

Barcha yurtdoshlarimizni umumxalq hasharida faol ishtirok etishga chorlab qilamiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Shahar tibbiyot birlashmasida hashar bo‘lib o‘tmoqda

🟢Nurafshon shahri Tibbiyot birlashmasida jamoa tomonidan 13-14 mart kunlari o’tkazilayotgan umumxalq xayriya hashari doirasida obodonlashtirish va tozalik ishlari bo‘yicha hashar tashkil etildi.

Tadbir davomida hudud atrofidagi chiqindilar yig‘ishtirildi, begona o‘tlar olib tashlandi, daraxt va butalarga shakl berildi, shuningdek, umumiy tozalik va tartib-intizomga alohida e’tibor qaratildi.

🌿 Toza va ozoda muhit — sog‘lom hayot garovi!

Ushbu tashabbus tibbiyot xodimlarining nafaqat kasbiy faoliyatda, balki jamiyat oldidagi fuqarolik mas’uliyatini ham chuqur his qilayotganini ko‘rsatdi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Umumxalq hashari doirasida Nurafshon shahrining "Evalak" mahallasida joylashgan qabriston hududida obodonlashtirish va tozalash ishlari keng ko‘lamda tashkil etilmoqda.

Hasharda mahalla faollari, nuroniylar, yoshlar hamda jamoatchilik vakillari faol ishtirok etib, hududni yanada tartibli va pokiza holatga keltirishga o‘z hissalarini qo‘shdilar.


Hashar davomida qabriston hududidagi zovurlar tozalanib, ariqlar va yo‘laklar tartibga keltirildi, ortiqcha chiqindilar yig‘ishtirildi hamda hudud obodonlashtirildi. Shuningdek, qabriston atrofi tozalab chiqilib, muqaddas maskanlarni e’zozlash va ularni obod saqlash borasida amaliy ishlar olib borildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1