Nurafshon shahridagi barcha korxona va tashkilotlar umumxalq hasharida faol ishtirok etmoqda
Bugungi hashar munosabati bilan Nurafshon shahrida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur tadbir doirasida Nurafshon shahar Davlat xizmatlari markazi xodimlari ham faol ishtirok etib, hududni tartibga keltirish hamda tozalash ishlarini olib bordilar.
✅ Hashar davomida markaz xodimlari tomonidan binoning ichki qismi hamda tashqi hududida tozalash va obodonlashtirish ishlari olib borildi. Jumladan, markaz binosi va uning atrof-muhiti tozalanib, hududdagi yashil maydonlar tartibga keltirildi. Binoning yanada ko‘rkam ko‘rinishini ta’minlash maqsadida hududga yangi gul ko‘chatlari ekildi.
Mazkur umumxalq xayriya hashari hududlarni obod qilish, atrof-muhitni asrash hamda tozalikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Hashar Nurafshonga yarashar!
Hashar — o‘zbek xalqining azaliy qadriyatlaridan biri bo‘lib, aholi birligi va jamiyat farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Bahor fasli va Navro‘z bayrami arafasida obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish esa yurtimizda doimiy ravishda davom etayotgan xayrli an’anadir.
✅️ Bugun Nurafshon shahrida umumxalq hashari munosabati bilan shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari olib borildi.
Eng avvalo barcha mahallarga zaruriy ish qurollari tarqatildi. Shuningdek, hududdagi barcha korxona va tashkilotlar, ta’lim muassasalari, tibbiyot maskanlari, bog‘lar, mahallalar, yo‘l yoqalari, shuningdek, qabristonlar va ziyoratgohlarda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ushbu ishlar doirasida ko‘chatlar va gullar ekilib, ariq va zovurlar tozalandi, hududlar tartibga keltirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Aholi tomorqasi mo'may daromad manbaiga aylanmoqda
Bugungi kunda Nurafshon shahrida aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish hamda tadbirkorlik va kichik biznesni izchil rivojlantirish maqsadida qator loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda.
Bugun Nurafshon shahar hokimining birinchi o‘rinbosari A.Eshbayev mahallalarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar bilan yaqindan tanishib, ularni yanada rivojlantirish maqsadida o'rganish ishlarini olib bordi.
Jumladan, ayni vaqtda “Dehqonobod” MFY da tashkil qilingan o‘rdakchilik hamda baliqchilik xo‘jaligi xonadon egalari va mahalla aholisi uchun qo‘shimcha daromad manbai bo'lib xizmat qilmoqda.
Shuningdek, “Degantepa” MFY dagi aholi tomorqalarida issiqxonachilik, gulchilik hamda karam yetishtirish yo‘nalishlari izchil rivojlantirilmoqda. “Qumariq” MFY da esa xonadon egalari brokkoli yetishtirish orqali mo‘may daromad olishga erishmoqda.
Ta’kidlash joizki, bunday tashabbuslar mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash hamda yangi ish o‘rinlarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2