Nurafshon shahri hokimligi
3.05K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Maqsad fuqarolar bandligini ta’minlash


🟢 Bugun Nurafshon shahar hokimligi binosida Respublika ishchi guruhi a’zolari, shahar hokimligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda ishga joylashish istagida bo‘lgan yoshlar, xotin-qizlar, oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchilari, probatsiya nazoratidagi hamda jazoni ijro etish muassasalaridan qaytgan fuqarolar, shuningdek, kasb-hunar egallash istagida bo‘lgan keng jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdi.

🟢Unda ishtirokchilarga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari, ish haqi hamda kasbga yo‘naltirish imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berilib, fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Yarmarka yakunlariga ko‘ra, tashrif buyurgan fuqarolarning bir qismi mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga mos ravishda ishga joylashtirildi hamda kasb-hunar o‘rganish va malaka oshirish kurslariga yo‘naltirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurib, unda yaratilgan sharoitlar va ekspozitsiyalar bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari ishtirokida markazning rasmiy ochilishi hamda iftorlik marosimi bo‘lib o‘tadi.

Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Центр исламской цивилизации в Узбекистане и ознакомится с созданными в нем условиями и экспозициями. Также с участием главы нашего государства состоятся официальная церемония открытия центра и ифтарлик.

Facebook
|Instagram|X


Nurafshonda tomorqachilikni rivojlantirishga eʼtibor kuchaymoqda

✅️Bugungi kunda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy daromadlarni oshirish hamda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

Shu maqsadda Nurafshon shahri bo‘ylab seminarlar, uchrashuvlar va targ‘ibot tadbirlari izchil tashkil etilmoqda.

❗️Jumladan bugun shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi rahbari M. Xudayqulov boshchiligida "Qumariq" MFY hududida istiqomat qiluvchi fuqaro Islomov Erkin xonadonida “Aholi tomorqasi yer maydonlarida qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish” mavzusida namunaviy seminar tashkil etildi.


Seminar davomida tomorqa yeridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalar asosida ekin ekish, yil davomida bir necha marotaba hosil olish imkoniyatlari hamda yuqori daromadga erishish yo‘llari atroflicha tushuntirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Prezident Shavkat Mirziyoyev Islom sivilizatsiyasi markazida yaratilgan sharoitlar va eng noyob eksponatlar bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с созданными условиями и самыми редкими экспонатами в Центре исламской цивилизации.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍21