Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


O‘quvchilarning jismoniy tayyorgarlik darajasi sinovdan o‘tkazildi

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasini aniqlash” sport sinovlarining 2026-yilgi mavsumiga rasman start berildi. Mazkur jarayon viloyatning 22 ta shahar va tumanlarida bir vaqtda yo‘lga qo‘yildi.

✅️Jumladan, Nurafshon shahridagi 13-sonli umumta’lim maktabida ham ushbu sport sinovlari tashkil etildi. Tadbirda viloyat sport boshqarmasi vakillari, Nurafshon shahar Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda maktab jamoasi ishtirok etdi.


So‘zga chiqqanlar yoshlarni jismoniy faollikka jalb etish, ularning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishida sportning o‘rni beqiyos ekanini alohida ta’kidladilar.

🌀Mazkur sport sinovlari 7 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchilarni qamrab olib, ularning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, chidamliligi hamda umumiy salomatlik darajasini aniqlashga qaratilgan.

E’tiborlisi, ushbu sport sinovlari viloyatning barcha hududlarida keng ko‘lamda o‘tkazilib, 6000 nafarga yaqin o‘quvchilarni qamrab olmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#taraddud

Navqiron va go‘zal shahrimiz Nurafshonda katta Navro‘z sayliga katta tayyorgarlik ko‘rilmoqda!

Viloyatimiz ahli va mehmonlarini 21–22-mart kunlari Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.

Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz aniq!

Ayni paytda bu yerda barcha tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan bayram povilonlari hamda tomosha sahnalari tiklanmoqda.

Xalq o‘yinlari va milliy an’analar, urf-odatlar namoyishi, milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, “Varraklar sayli”, folklor-etnografik jamoalar va estrada yulduzlarining chiqishlari, amaliy san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari Sizga muntazir!

"Urganingiz — unoshi, so‘kkaningiz so‘koshi" degan maqolni eshitgansiz. Ammo, "unoshi" bilan "so‘koshi"ni tatib ko‘rganmisiz?

Sayilga kelsangiz bayramning shoh taomlari — sumalak, xalim va ko‘k somsalardan tashqari kundalik taomnomamizda unutilib borayotgan sof va tabiiy darmondorili milliy yeguliklardan ham bahramand bo‘lishingiz mumkin!

Joyimiz cheklanmangan — kunlarimiz cheklangan! Unutmang, 21-22-mart sanalari kun davomida!

Eshitmadim demanglar!
Kelganlar — darmonda, kelmaganlar — armonda!


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1


Majlis emas, samimiy muloqot!


🇺🇿Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahri mutasaddi rahbarlarining yoshlar bilan muloqoti an’anaga aylandi.

Har haftada aniq reja asosida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning turli sohalardagi muammolari, tashabbus va takliflari o‘rganilmoqda.

✅️Jumladan, bugun ham 1-sonli umumta’lim maktabida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J.Sayfiyevlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Unda sportchi yoshlar, sport maktabi ustoz-murabbiylari, umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va tegishli mas’ullar qatnashdi.

Uchrashuv avvalida shahar hokimi Ilxom Klichxanov bu rasmiy tadbir emas, balki yoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni hal etishga qaratilgan samimiy muloqot ekanini alohida ta’kidladi.


Muloqot davomida "Prezident olimpiadasi" va “Besh tashabbus olimpiadasi” oldingi mavsumida shahar yoshlarining ishtiroki, murabbiylar hamda yoshlar yetakchilarining mas’uliyati, shuningdek, joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

🌀 Shuningdek qatnashchilar tomonidan mavjud kamchiliklar bildirilib, shahar hokimi boshchiligidagi rahbarlar tomonidan ularni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bunday muloqot sport sohasida yoshlarning muammolarini aniqlash, ularning takliflarini eshitish va sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu orqali sportchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi, ularning tayyorgarlik darajasi oshadi hamda musobaqalardagi natijalari yaxshilanadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi!

Muborak Hayit ayyomi va kirib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayramona shukuh ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Mazkur videoda milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, hamjihatlik va yangilanish nafasi o‘z aksini topgan bo‘lib, bayramlarning chinakam shukuhi namoyon etilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1👏1