Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.9K links
Download Telegram


Majlis emas, samimiy muloqot!


🇺🇿Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba — “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahri mutasaddi rahbarlarining yoshlar bilan muloqoti an’anaga aylandi.

Har haftada aniq reja asosida tashkil etilayotgan uchrashuvlarda yoshlarning turli sohalardagi muammolari, tashabbus va takliflari o‘rganilmoqda.

✅️Jumladan, bugun ham 1-sonli umumta’lim maktabida Nurafshon shahar hokimi I.Klichxanov, shahar prokurori T.Karimov, shahar IIB boshlig‘i A.Yuldashev hamda shahar soliq inspeksiyasi bo‘limi boshlig‘i J.Sayfiyevlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Unda sportchi yoshlar, sport maktabi ustoz-murabbiylari, umumta’lim maktablaridagi jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari va tegishli mas’ullar qatnashdi.

Uchrashuv avvalida shahar hokimi Ilxom Klichxanov bu rasmiy tadbir emas, balki yoshlarni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni o‘rganish hamda ularni hal etishga qaratilgan samimiy muloqot ekanini alohida ta’kidladi.


Muloqot davomida "Prezident olimpiadasi" va “Besh tashabbus olimpiadasi” oldingi mavsumida shahar yoshlarining ishtiroki, murabbiylar hamda yoshlar yetakchilarining mas’uliyati, shuningdek, joriy yilgi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari atroflicha muhokama qilindi.

🌀 Shuningdek qatnashchilar tomonidan mavjud kamchiliklar bildirilib, shahar hokimi boshchiligidagi rahbarlar tomonidan ularni bartaraf etish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.

Bunday muloqot sport sohasida yoshlarning muammolarini aniqlash, ularning takliflarini eshitish va sport infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qiladi. Shu orqali sportchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi, ularning tayyorgarlik darajasi oshadi hamda musobaqalardagi natijalari yaxshilanadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bayram_shukuhi

Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayram shukuhi!

Muborak Hayit ayyomi va kirib kelayotgan Navro‘z bayrami munosabati bilan Nurafshon shahar davlat xizmatlari markazida bayramona shukuh ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Mazkur videoda milliy qadriyatlarimiz, mehr-oqibat, hamjihatlik va yangilanish nafasi o‘z aksini topgan bo‘lib, bayramlarning chinakam shukuhi namoyon etilgan.

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32🔥1👏1


Nurafshon shahrida zamonaviy bolalar shifoxonasi foydalanishga topshirildi

Namunaviy loyiha asosida qurilgan mazkur zamonaviy bolalar shifoxonasi 80 o‘ringa mo'ljallangan bo'lib, qurilish ishlari uchun 9,8 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

✅️Ochilish marosimi avvalida Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov shahar aholisi va tibbiyot sohasi vakillarini Navro'z bayrami va muborak ramazon hayit ayyomi arafasida yana bir yangi tibbiyot muassasasi ishga tushgani bilan tabrikladi va quruvchi tashkilot vakillari munosib taqdirlandi.


❗️Ma'lumot o'rnida, to‘rt qavatli yangi shifoxonaning birinchi qavatida bolalar maslahat-diagnostika bo‘limi joylashgan bo‘lib, u yerda bolalar nevropatologi, endokrinologi, LOR shifokori, stomatolog va logoped kabi tor soha mutaxassislari faoliyat yuritadi. Shuningdek, rentgen, UTT va fibrogastroskopiya kabi zamonaviy diagnostik uskunalar o‘rnatilgan.

✅️Shifoxonada qabul bo‘limi, pediatriya bo‘limi, 10 o‘rinli chaqaloqlar patologiyasi hamda 6 o‘rinli reanimatsiya bo‘limlari tashkil etilgan. Uchinchi qavatda esa fizioterapiya va reabilitatsiya bo‘limi yo‘lga qo‘yilgan.


🏥Mazkur shifoxona nafaqat Nurafshon shahri, balki qo'shni hududlardagi bemor bolalarga ham sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkonini yaratadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏32🔥1🤝1