Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.3K photos
4.16K videos
61 files
12.8K links
Download Telegram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga muborak Iyd al-Fitr bayrami – Ramazon hayiti munosabati bilan xorijiy davlatlar va hukumatlar, yirik xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari, taniqli din va jamoat arboblaridan samimiy qutlovlar kelmoqda.

В связи с наступлением светлого праздника Ийд-аль Фитр - Рамазан-хайита на имя Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания от глав зарубежных государств и правительств, крупных международных и региональных организаций, видных религиозных и общественных деятелей.

#Mirziyoyev #qutlovlar #Ramazonhayiti

Prezident.uz
|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Ramazon hayit bayrami oldidan keng ko'lamda xayriya tadbirlari tashkil etildi


Muborak Ramazon oyi munosabati bilan Nurafshon shahrida mehr-oqibat, insonparvarlik va saxovatga yo‘naltirilgan tadbirlar izchil amalga oshirildi. Ushbu tashabbuslar shahar hokimi Ilxom Klichxanov rahbarligida tashkil etilib, jamiyatda o‘zaro birdamlik va g‘amxo‘rlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

✅️Xususan, shahar hokimligi tomonidan “Ramazon – mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” g‘oyasi asosida o'tkazilgan saxovat tadbiri orqali ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, kam ta’minlangan fuqarolar, boquvchisini yo‘qotgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olinib, ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa turdagi ijtimoiy yordamlar manzilli tarzda yetkazib berildi.


Mazkur ezgu ishlar orqali ehtiyojmand aholiga nafaqat moddiy yordam, balki ma’naviy qo‘llab-quvvatlash ham ko‘rsatilmoqda.Qayd etish lozimki, Nurafshon shahrida bunday xayriya tadbirlari muntazam ravishda davom ettirilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥1👏1🤝1
#bildirish

Hurmatli viloyatimiz ahli va mehmonlari!

Xabaringiz bor, joriy yilda Navro‘z umumxalq bayrami “Navro‘zni ulug‘lash – insonni ulug‘lashdir” shiori ostida yurtimiz bo‘ylab ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Shu munosabat bilan Sizlarni 21–22-mart kunlari viloyatimiz markazi — go‘zal va navqiron Nurafshon shahridagi Nurafshon Siti hududida bo‘lib o‘tadigan “Navro‘z” umumxalq sayliga taklif etamiz.

Bayram sayli davomida Siz milliy qadriyatlarimiz va asori-atiqalarimizni o‘zida mujassamlashtirgan, Navro‘z ruhi va falsafasiga monand rang-barang lahzalarga guvoh bo‘lishingiz mumkin.

Buning uchun ayni paytda juda katta tashkiliy-tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, tuman va shaharlar hamda viloyatimizdagi boshqarma va tashkilotlar tomonidan tashkil etiladigan bayram povilonlarida:

🤔 xalq o‘yinlari va milliy an’analar, urf-odatlar namoyishi;

🤔 milliy sport turlari bo‘yicha musobaqalar, (jumladan, belbog‘li kurash);

🤔 “Varraklar sayli”;

🤔folklor-etnografik jamoalar chiqishlari, askiya bazmi va masxarabozlar shousi:

🤔 amaliy san’at va milliy hunarmandchilik ko‘rgazmalari;

🤔Navro‘zning shohona taomlari — sumalak, xalim va ko‘k somsalardan tashqari kundalik taomnomamizdan o‘chib, deyarli unutilib borayotgan asl sof, tabiiy darmondorili milliy yeguliklar tortiladigan dasturxonlar — boshqacha aytganda "Atala"xonimdan tortib, "Palovxonto‘ra"gacha Sizlarni kutadi!


Bundan tashqari, san’at ustalari va ijrochi yoshlar, havaskor dastalarning bayram dasturlariga ham guvoh bo‘lasiz.

Sayilga keluvchilar uchun bayram kunlari qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida hududlardan Nurafshon shahriga jamoat transportlari ko‘paytiriladi.

Barchangizni ushbu unutilmas bayram shodiyonalariga chorlab qolamiz!

⚠️Diqqat!

⛔️Bayram tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida sayil o‘tkaziladigan hududda vaqtincha transport harakati cheklanadi.

Barchangizni bayramni ko‘tarinki kayfiyatda, birgalikda, quvonch, zavq va shukronalik bilan nishonlashga chorlaymiz!

Tinch va osoyishta yurtimizda bayramlar bayramlarga ulanaversin!

SAYILGA MARHAMAT!

📍Manzil

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida "Yangi O‘zbekiston" bog‘ida Navro‘z umumxalq bayrami shodiyonasi bo‘lib o‘tadi.

Bayram tadbirini jonli tarzda Prezident Matbuot xizmatining Telegram, YouTube va Facebook dagi rasmiy sahifalarida tomosha qiling.

Сегодня в парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева состоятся торжества по случаю всенародного праздника Навруз.

Смотрите прямую трансляцию праздничного мероприятия на официальной странице пресс-службы Президента в Telegram, YouTube и Facebook.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

В парке "Янги Узбекистон" с участием Президента Шавката Мирзиёева началось торжественное мероприятие по случаю всенародного праздника Навруз.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim boshlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev butun xalqimizni tabrikladi.

Butun dunyo nurga, go‘zallikka to‘lgan shu dilbar faslda jonajon diyorimizga sharqona yangi yil – Navro‘zi olam kirib kelmoqda.

Bugun bamisoli ikki azim daryo tutashmoqda – Navro‘z bayramini muborak Ramazon hayiti bilan birga nishonlamoqdamiz.

Tabiatning uyg‘onishi va ruhiy poklanish ramzi bo‘lgan mana shunday qutlug‘ ayyomlar bilan sizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni chin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Dunyoning olis va yaqin mamlakatlarida ishlayotgan, tahsil olayotgan vatandoshlarimizni ham muborakbod etib, ularga ezgu salom va tilaklarimizni izhor etaman.

Bayram barchamizga muborak bo‘lsin!

Navro‘zi olam diyorimizga tinchlik va baxt olib kelsin!
”,

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook
|Instagram|X
👌1
Barcha hududlarga, qishloq va ovullar, mahallalarga Yangi O‘zbekiston nafasini olib kirish bo‘yicha katta harakat boshlangani ta’kidlandi.

Yangi ish o‘rinlari yaratish, kambag‘allikni qisqartirish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish borasida ham ulkan qadamlar qo‘yilmoqda. Yangi-yangi zamonaviy korxonalar, kommunikatsiya tarmoqlari, shinam uy-joylar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va sport obyektlari barpo etilmoqda.

Kelgusida bunday qurilishlar ko‘lami yanada kengaytirilishi ta’kidlandi.

“Ushbu fayzli tongda mirishkor dehqon va fermerlarimizga barchamiz yuksak hurmat va ehtirom bildiramiz.

Siz, azizlarning elimiz dasturxonini yanada to‘kin va farovon qilishdek ezgu ishlaringizda zafar va omadlar tilaymiz. Chunki sizlarning olijanob mehnatingiz bilan xalqimizning rizq-u nasibasi butun bo‘ladi. Bu borada davlatimiz, jamiyatimiz sizlarni doimo qo‘llab-quvvatlaydi
,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|Instagram|X