“Nurafshon” mahallasida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari nazoratdan o‘tkazildi
Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida olib borilgan o‘rganish jarayonida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida foydalanishga topshirilayotgan ijtimoiy soha obyektlari, jumladan, 200 qamrovli oilaviy poliklinika, viloyat Qon quyish markazi, shuningdek, davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tayyorgarlik jarayonlari atroflicha tahlil qilindi.
✅️ Shahar hokimi tomonidan hududda amalga oshirilayotgan ishlarning sifati, belgilangan me’yoriy talablarga to‘liq mosligi, mahalla aholisiga qulaylik yaratish hamda yashash sharoitlarini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularni belgilangan muddatlarda bartaraf etish vazifasi yuklatildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
"Nurafshon" mahallasi yanada obod maskanga aylanmoqda
Ayni vaqtda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligida “Nurafshon” mahallasida “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda.
Jumladan:✅️ Mahallaga kirish qismida hudud nomi aks etgan zamonaviy arka o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.✅️ Hududdagi ariqlar maxsus texnikalar yordamida tozalanib, ularni beton qoplama bilan mustahkamlash ishlari tashkil etilgan.✅️ Aholi xonadonlaridagi tomorqalardan unumli foydalanish yuzasidan targ‘ibot ishlari yo‘lga qo‘yilib, hasharlar muntazam ravishda tashkil etilmoqda.✅️ Mahalla hududidagi daraxtlarga agrotexnik ishlov berilib, oqlash ishlari amalga oshirilmoqda hamda yashil hududlar chiqindilardan tozalanmoqda.✅️ Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida uzoq yillardan buyon foydalanilmay kelinayotgan, avariya holatiga kelgan beton ustunlar maxsus texnikalar jalb qilingan holda demontaj qilinib, hududdan olib chiqib ketilmoqda.✅️ Yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan oilaviy poliklinika hududida ham keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur sa’y-harakatlar mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, hududning obod va zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Nurafshonda katta sport musobaqasi start oldi
✅️ Tadbirda shahar hokimi Ilxom Klichxanov hamda viloyat Sport boshqarmasi boshlig'i Rustam Boboqulov ishtirok etib, yosh sportchilarga omad va zafarlar tilashdi.
Ochilish marosimida bunday musobaqalar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lom turmush tarziga jalb qilish hamda vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda muhim o‘rin tutishi alohida qayd etildi hamda musobaqalarga rasman start berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
#jarayon
"Nurafshon" mahallasi yanada obod maskanga aylanmoqda
Ayni kunlarda viloyatimizning barcha hududlarida keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, Nurafshon shahar “Nurafshon” mahallasida ham “Obod mahalla, obod ko‘cha, obod xonadon” dasturi doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.
❕ Mazkur sa’y-harakatlar hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, mahallarda yangi O'zbekiston qiyofasini shakllantirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.
✅ Telegram 🌐 Website 📹 YouTube✅ Facebook 🕊 Twitter 🌐 Instagram