Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Shahar hokimi kubogi uchun bahslar qizg'in davom etmoqda


🤔 Nurafshon shahrida “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” va “Prezident Olimpiadasi” sport musobaqalarining birinchi bosqichi —shahar hokimi olimpiadasi yuqori saviyada tashkil etilmoqda.

🔸 Mazkur bosqich doirasida sportning taekvondo WT turi bo‘yicha qizg‘in va murosasiz bahslar bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etayotgan yosh sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, texnik mahorati hamda g‘alabaga bo‘lgan qat’iyatini namoyon etmoqda.


💠Musobaqalar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish hamda iqtidorli sportchilarni saralab olishga xizmat qiladi.

🔺Musobaqa g'oliblari keyingi bosqich yo'llanmasini qo'lga kiritmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston va Tojikiston Prezidentlarining Toshkent va Buxoroda o‘tgan sermahsul uchrashuvlari ko‘p asrlik do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro hurmat rishtalarini mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

Плодотворные встречи Президентов Узбекистана и Таджикистана, прошедшие в Ташкенте и Бухаре, стали еще одним важным шагом в укреплении вековых уз дружбы, добрососедства и взаимного уважения.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ЭЪЛОН

⚡️Нурафшон шаҳар ИИБ бошлиғининг шахсий қабули ўтказилади.

2026 йил 29 март куни соат 11:00 да Нурафшон шаҳар Ички ишлар бўлими бошлиғи А.Юлдашев томонидан фуқаролар учун шахсий қабул ўтказилади.

Қабул давомида фуқаролар ички ишлар соҳасига оид ўзларини қизиқтирган масалалар, мавжуд муаммолар ҳамда таклифлари юзасидан бевосита мурожаат қилишлари мумкин.

📍 Қабул ўтиш манзили:
Нурафшон шаҳри, “Маърифат ” маҳалласи биноси.

Барча фуқаролар таклиф этилади.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👏1


Elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET quyidagilarni ma’lum qiladi. Nurafshon shahriga kirib keluvchi 110 kVli LDYu va LKD elektr uzatish liniyalarida kichik avariya holati yuzaga kelgani sababli elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda.

🟢Ayni vaqtda mutaxassislar tomonidan nosozlikni bartaraf etish va elektr ta’minotini tez orada tiklash choralari ko‘rilmoqda.


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzur so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎162🔥1


NAQD EMAS — NAZORAT BOR!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246–son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan boshlab yoqilg‘i quyish shoxobchalarida hamda elektro transport vositalarini quvvatlash xizmatlarida to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Naqd pul qabul qilinmaydi
✅️QR-kod, terminal va karta orqali to‘lovlar yo‘lga qo‘yiladi

📌Ushbu tartibning asosiy maqsadi:

✔️ yashirin iqtisodiyotning oldini olish
✔️ moliyaviy shaffoflikni ta’minlash
✔️soliq tushumlarini oshirish
✔️ xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash


📊Natijada iqtisodiy tizim yanada ochiq va ishonchli bo‘ladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Futbol bo‘yicha DXX kubogi boshlanmoqda
 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi hamda O‘zbekiston mahallalariuyushmasi hamkorligida, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar o‘rtasida futbolni ommalashtirish, shuningdek, ular orasidan iqtidorlarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida futbol va mini-futbol bo‘yicha an’anaviy DXX kubogi o‘tkaziladi.
 
16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar futbol va mini-futbol, qizlar esa mini-futbol bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati kubogida ishtirok etishlari mumkin.
 
1 – bosqich.
Tuman/shahar saralash musobaqalari: aprel-may oylarida;


2 – bosqich.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlar bo‘yicha saralash musobaqalari: iyun-iyul oylarida;


3 – bosqich.
Respublika final bosqichi musobaqalari: avgust oyida bo‘lib o‘tadi.


Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2


Nurafshonda kriminogen holatlarning oldini olishga alohida eʼtibor qaratilmoqda


🟢Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan o‘ziga biriktirilgan “Yangiobod” MFYda kriminogen holatlarning oldini olish maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.

Jarayonda mahalla yettiligi va mas’ullar bilan uchrashuv o‘tkazilib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🟢Shuningdek, hududga o‘rnatilgan videokuzatuv va PTZ kameralar faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Mahalla bo‘ylab o‘rganishlar olib borilib, aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.


❗️Mazkur manzilli o‘rganishlar hududda xavfsiz muhitni ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥1


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026 yil 30 mart kuni soat 16:00 da Nurafshon shahar prokuraturasi binosida, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda shahardagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥1👌1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#bunyodkorlik

Toshkent viloyatida zamonaviy Qon quyish markazi foydalanishga topshirildi

Viloyat aholisining salomatligini muhofaza qilish, shoshilinch tibbiy yordam sifatini oshirish hamda qon komponentlariga bo‘lgan ehtiyojni to‘liq qondirish maqsadida Nurafshon shahrida zamonaviy Qon quyish markazi ish boshladi.

Mazkur markaz qariyb 18 milliard so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, 4 qavatli, barcha zamonaviy talablarga javob beradigan infratuzilmaga ega. U viloyatdagi 22 ta tuman va shahar tibbiyot muassasalarini uzluksiz ravishda qon va uning komponentlari bilan ta’minlaydi.

Yangi markazda qonni qayta ishlash, tayyorlash va zaxiralash jarayonlari to‘liq avtomatlashtirilgan bo‘lib, u xalqaro standartlarga mos zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlangan. Bu esa qon xavfsizligi va sifatini yuqori darajada ta’minlash imkonini beradi.

Ayni paytda markazda 90 nafarga yaqin malakali tibbiyot xodimlari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, 2 ta sayyor guruh hududlarga chiqib, donorlar qonini yig‘ish, aholi o‘rtasida donorlik harakatini keng targ‘ib qilishga qaratilgan turli aksiyalar va tushuntirish tadbirlarini amalga oshiradi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube Facebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32👏1🤝1