Nurafshon shahri hokimligi
3.06K subscribers
45.8K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Yosh oilalar e’tibor markazida

O‘zbekiston Respublikasi "Yosh oila" ilmiy markazi hamda Nurafshon shahar hokimligi tashabbusi bilan “Alpomish” to‘yxonasida “Tinch oila – Vatan ravnaqi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🏷Unda Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Nodira Djumanova, ayol deputatlar, umumta’lim muassasalarining ayol rahbarlari, nuroniylar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini xotin-qizlari faol ishtirok etdi.


Mazkur tadbirning asosiy maqsadi — jamiyatda oila institutini yanada mustahkamlash, tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning ma’naviy-axloqiy salohiyatini yuksaltirishdan iboratdir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi

❗️Nurafshon ShET quyidagilarni ma’lum qiladi. "N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3" dan chiquvchi "F. Qorasuv 6 kV" tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan brigadalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 1-aprel kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.

12:00 – 16:00 ("Eyvalek", "Oybek", "Muqimiy", "Obod turmush", "Navro‘z", "Qumariq", "Dehqonobod", "To‘ytepa" MFY lari.)


Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
🏥В Нурафшане открыли новый центр переливания крови за 18 млрд сумов, передает корреспондент @SputnikUzbekistan.

В городе также сдали в эксплуатацию поликлинику стоимостью почти 3 млрд сумов и рассчитанную на 250 коек.
1🔥1🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish tadbirida ishtirok etmoqda.

“Xalqimiz azal-azaldan Navro‘z kunlarida, oilasida farzand tug‘ilganida tomorqasiga, maydon va xiyobonlarga, yo‘l chetlariga yaxshi niyat bilan ko‘chat qadagan, gul-u rayhonlar ekkan.

Biz xalqimizga xos bunday ezgu qadriyatlar zamirida besh yildan buyon “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirib, har yili 200 million tup ko‘chat ekib kelyapmiz”
,

– dedi davlatimiz rahbari.

O‘tgan davrda 2 ming gektardan ziyod maydonda 942 ta yashil bog‘ va yashil jamoat parklari, 47 ta massivda “Yangi O‘zbekiston bog‘lari” barpo etildi. Respublikaning tog‘, cho‘l va adirlarida 256 ming gektar o‘rmon tashkil qilindi.

Orolning qurigan tubida 2 million gektar maydonda yashil qoplamali himoya o‘rmonzorlari yaratildi.

Shamol va qum-chang bo‘ronlari zararli ta’sirining oldini olish maqsadida 33 ta tumanda 60 kilometrli “yashil belbog‘” hosil qilindi.

Facebook|
Instagram|X
O‘tgan yilda Xo‘jayli, Yangibozor, G‘ijduvon, Baliqchi va Ohangaron tumanlarida yiliga 5,5 million tup manzarali daraxt ko‘chatlari yetishtirish imkonini beradigan zamonaviy ko‘chatxonalar ishga tushirildi.

Bundan tashqari, cho‘llanishni kamaytirish uchun Xitoy tajribasi asosida joriy yil ilk bor Arnasoy, Qorako‘l, Muborak, Karmana va Nukus tumanlarida 50 gektar maydonda suvsizlikka chidamli galofit bog‘lari yaratildi.

Bu yerda yetishtirilgan galofit urug‘lari kelgusida minglab gektar yerlarda sho‘rlanishni kamaytirib, tuproq unumdorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Umuman, o‘tgan qisqa davrda respublikada yashillik darajasi 8 foizdan 14,2 foizga oshdi.

“Ushbu xayrli ishlarimizga ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimiz, shijoatli yoshlarimiz, tashabbuskor biznes vakillari, mehnat jamoalari, yuz minglab yurtdoshlarimiz munosib hissa qo‘shayotgani barchamizni quvontiradi”,

– dedi Prezidentimiz.

Facebook|
Instagram|X
Bu yil “Men ham ko‘chat ekaman” tashabbusi doirasida 75 million tupdan ziyod daraxt va buta ko‘chati ekildi.

O‘tgan hafta Prezidentimiz imzolagan yangi farmonga ko‘ra, O‘zbekistonda 2030-yilga qadar umumiy yashillik darajasini 30 foizga, jon boshiga to‘g‘ri keladigan yashil hududlarni 10 kvadrat metrga yetkazish bo‘yicha katta marra olindi.

Buning uchun Surxondaryoda 10 ming gektarda “yashil makon”, Sirdaryoda 84 kilometrli “yashil devor” barpo etiladi. Qoraqalpog‘istonda 1 million gektar, Navoiy va Buxoroda 300 ming gektardan, Xorazmda 85 ming gektar cho‘l hududida yangi o‘rmonzorlar yaratiladi.

Shuningdek, viloyat hokimlarining har biri kamida 100 gektar maydonda botanika va dendrologiya bog‘lari, 20 tadan soya-salqin sayr ko‘chalari tashkil qilishga mas’ul bo‘ladi.

Ekologiya va aholi salomatligi eng dolzarb masalaga aylanib borayotgan bir vaqtda hududga mos daraxtni tanlash va ekishda Xalqaro molekulyar allergologiya markazining tavsiyasi ham juda muhim ekani qayd etildi.

Facebook|
Instagram|X
Joriy yildan har bir hududda “yashil” texnikumlarning faoliyati yo‘lga qo‘yilib, dual ta’lim asosida yiliga 10 ming nafar mutaxassis tayyorlash boshlanadi.

Botanika va dendrologiya bog‘lari ushbu texnikum o‘quvchilari uchun amaliyot bazasiga, ilmiy xodimlari uchun esa tadqiqot maydoniga aylanadi.

Prezidentimiz hududlarda yashil bog‘lar yaratish bo‘yicha aholi va deputatlar ishtirokini yanada kengaytirishni taklif qildi.

Ilgari “Mening bog‘im” dasturi doirasida har bir loyihaga budjetdan 250 million so‘mgacha mablag‘ berilgan bo‘lsa, endi bu miqdor 400 million so‘mdan oshiriladi.

Har bir yashil bog‘ va jamoat parki uchun aholi o‘zi tanlagan, yashash hududlariga yaqin, eng muhimi, suv ta’minoti mavjud joylardan 1 gektargacha yer ajratiladi.

Bu yilgi mavsumdan Qonunchilik palatasining har bir deputatiga ham o‘z okrugida yashil hudud, yashil bog‘ yaratishi uchun 412 million so‘mdan mablag‘ beriladi.

Facebook|
Instagram|X
“Xalqimizda “Yaxshidan bog‘ qoladi”, “Bir ko‘chat – ming baraka”, “Farzand ko‘rsang, to‘y qilsang, daraxt ek”, deb bejiz aytilmagan.

Bunday hikmatli so‘zlarning ahamiyati hozir har qachongidan ham dolzarb bo‘lib borayotganini barchamiz kundalik hayotda his etib turibmiz”
,

– dedi Prezidentimiz.

Davlatimiz rahbari mahalla raislari, otaxon va onaxonlarimiz, xotin-qizlar vakillari, barcha faollarga murojaat qilib, joylarda milliy urf-odatlarimiz, an’ana va qadriyatlarimizni yanada kengroq targ‘ib qilishga, mahalla aholisini hamjihatlik va ahillik ruhida mana shunday ezgu ishlarga chorlashga, klublar, jamoalar tashkil etib, har bir ko‘cha, xonadon, yo‘l bo‘ylariga nihol va gullar, qir-adirlarga daraxt va butalar ekishda yoshlarga bosh bo‘lishga chaqirdi.

“Zero, yaxshi niyatda ekilgan har bir ko‘chat
bu – hayot, bu – toza havo, bu – sog‘lom muhit, bu – kelajak
demak!”

– dedi davlatimiz rahbari.

Facebook|
Instagram|X
🔥1
Bugungi tadbir o‘tkazilayotgan joyda 108 gektar maydonda Milliy dendrologiya bog‘i tashkil qilinmoqda.

Bu yerdagi “Yashil” universitet hududida “Ilm – loyiha – amaliyot” zanjiri asosida barpo etilayotgan “in-vitro” laboratoriyasi, Dorivor o‘simliklar hamda Urug‘chilik va seleksiya markazlari ham shu yilning o‘zida ishga tushiriladi.

Prezidentimiz tadbirda qatnashayotgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘rmonlar bo‘yicha forumi raisi Ismoil Belen, ushbu forumning Kotibiyati direktori Julyet Biao, xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi diplomatik korpusi vakillari hamda barcha ishtirokchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng Prezidentimiz tadbir qatnashchilari bilan birgalikda Milliy dendrologiya bog‘ining ilk 5 gektarida manzarali ko‘chatlar ekdi.

Bu bilan bir vaqtda respublikamiz hududlarida 21 mingga yaqin yurtdoshlarimiz yana 164 gektar maydonda 88 ming tup ko‘chat o‘tqazdi.

Facebook|
Instagram|X
👍1


NAQD EMAS — NAZORAT BOR!


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-246–son Farmoniga asosan, 2026-yil 1-apreldan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlari uchun to‘lovlar faqat bank kartalari yoki elektron to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi.

Naqd pul qabul qilinmaydi
✅️QR-kod, terminal va karta orqali to‘lovlar yo‘lga qo‘yiladi

📌Ushbu tartibning asosiy maqsadi:

✔️ yashirin iqtisodiyotning oldini olish
✔️ moliyaviy shaffoflikni ta’minlash
✔️soliq tushumlarini oshirish
✔️ xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash


📊Natijada iqtisodiy tizim yanada ochiq va ishonchli bo‘ladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida koʻchat ekish tadbirida ishtirok etib, Milliy dendrologiya bogʻini barpo etishga start berdi.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в мероприятии по высадке деревьев в рамках общенационального проекта «Яшил макон» и дал старт созданию Национального дендрологического парка.

#Mirziyoyev #marosim #Yashilmakon #daraxt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1