Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Elektr ta’minotida ayrim hududlarda vaqtinchalik uzilishlar kuzatiladi
❗️Nurafshon ShET quyidagilarni ma’lum qiladi. "N/S O‘rta Chirchiq 110/35/6 kV T-3" dan chiquvchi "F. Qorasuv 6 kV" tarmog‘ida ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan brigadalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida 6-aprel kuni Nurafshon shahridagi ayrim hududlarda elektr energiyasi vaqtincha o‘chiriladi.
⏰ 09:00 – 17:00 ("Eyvalek", "Oybek", "Muqimiy", "Obod turmush", "Navro‘z", "Qumariq", "Dehqonobod", "To‘ytepa" MFY lari.)
Keltirilgan noqulayliklar uchun shahar elektr tarmoqlari korxonasi iste'molchilardan uzr so‘raydi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👎1
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrobog‘ barpo etilishini boshlab berdi. Davlatimiz rahbari "BMT Turizm" bosh kotibini qabul qildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalarni takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya baǵınıń qurılısın baslap berdi. Mámleketimiz basshısı "BMSh Turizm" bas xatkerin qabılladı. Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalardı jetilistiriw ilajları dodalandı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев дал старт созданию Национального дендропарка. Глава государства принял генерального секретаря «ООН Туризм». Обсуждены меры по совершенствованию высшего образования, науки и инноваций.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev launched the establishment of the National Dendrological Park. The Head of State received UN Tourism Secretary-General. Measures to enhance higher education, science, and innovation were discussed.
Facebook|Instagram|X
—
Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Milliy dendrologiya baǵınıń qurılısın baslap berdi. Mámleketimiz basshısı "BMSh Turizm" bas xatkerin qabılladı. Joqarı bilimlendiriw, ilim hám innovaciyalardı jetilistiriw ilajları dodalandı.
—
Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев дал старт созданию Национального дендропарка. Глава государства принял генерального секретаря «ООН Туризм». Обсуждены меры по совершенствованию высшего образования, науки и инноваций.
—
Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev launched the establishment of the National Dendrological Park. The Head of State received UN Tourism Secretary-General. Measures to enhance higher education, science, and innovation were discussed.
Facebook|Instagram|X
❤1
1-apreldan “Ochiq budjet” portalida “Mening bog‘im” loyihasining 2026-yilgi mavsumi doirasida loyiha kiritish bosqichi boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, jarayonlar quyidagi sanalarda:
1️⃣ Loyiha kiritish bosqichi — 1–10-aprel;2️⃣ Saralash bosqichi — 11–20-aprel;3️⃣ Ovoz berish bosqichi — 21–30-aprel kunlari o‘tkaziladi.
“Yashil” kelajak – o‘z qo‘limizda!
#mening_bogim #open_budget
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Nurafshon shahar hokimi olimpiadasi" g'oliblari aniqlanmoqda
🟣 Unda shahardagi ta’lim muassasalari hamda sport maktablaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, har bir yo‘nalishda murosasiz kurash olib bordilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
2026 yil 7 aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Oppoq" MFY, 10-maktab binosida, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda shahardagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Bobur Abduqodirov Nurafshon shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi
B. Abduqodirov 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Tayinlovga qadar u qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasining madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligining O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi boshlig‘i hamda Yoshlar ishlari agentligining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6👏4👎1🤝1
Nurafshon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” va shukronalik tadbirlari o‘tkazildi
“Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari xalqimizning boy milliy qadriyatlarini ulug‘lash, ajdodlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar turli avlod vakillarini bir maydonda jamlab, ular o‘rtasida samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅️ Tadbir doirasida “Yoshlar nafasi — ma’naviyat sadosi!” shiori ostida shukronalik targ‘ibot tadbiri ham o‘tkazildi. Unda yoshlar tomonidan Vatanga sadoqat, tinchlikning qadri, bugungi farovon hayot uchun shukronalik tuyg‘ulari madh etildi. Turli chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarga ma’naviy ozuqa ulashildi.
Mazkur tadbirlar mahalla ahlining birligini mustahkamlash, avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash hamda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilib, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1