"Nurafshon shahar hokimi olimpiadasi" g'oliblari aniqlanmoqda
🟣 Unda shahardagi ta’lim muassasalari hamda sport maktablaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, har bir yo‘nalishda murosasiz kurash olib bordilar.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍2
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
2026 yil 7 aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Oppoq" MFY, 10-maktab binosida, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda shahardagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👎1
Bobur Abduqodirov Nurafshon shahar hokimligining tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari lavozimiga tayinlandi
B. Abduqodirov 1991-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy.
Tayinlovga qadar u qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Toshkent viloyati Madaniyat boshqarmasining madaniyat muassasalari faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i, Yoshlar ishlari agentligining O‘rta Chirchiq tumani bo‘limi boshlig‘i hamda Yoshlar ishlari agentligining Nurafshon shahar bo‘limi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥6👏4👎1🤝1
Nurafshon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” va shukronalik tadbirlari o‘tkazildi
“Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari xalqimizning boy milliy qadriyatlarini ulug‘lash, ajdodlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar turli avlod vakillarini bir maydonda jamlab, ular o‘rtasida samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
✅️ Tadbir doirasida “Yoshlar nafasi — ma’naviyat sadosi!” shiori ostida shukronalik targ‘ibot tadbiri ham o‘tkazildi. Unda yoshlar tomonidan Vatanga sadoqat, tinchlikning qadri, bugungi farovon hayot uchun shukronalik tuyg‘ulari madh etildi. Turli chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarga ma’naviy ozuqa ulashildi.
Mazkur tadbirlar mahalla ahlining birligini mustahkamlash, avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash hamda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilib, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1👏1
DXX kubogi musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi Nurafshondan start oldi
✅️ Mazkur musobaqalarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi. Ular shahar hududidagi barcha mahallalar kesimida futbol va mini-futbol yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Jamoalar viloyat bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.
Ochilish marosimida taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev, futbol faxriylari, tegishli mutasaddilar, shuningdek, Nurafshon shahrining barcha mahallalaridan tuzilgan 16 ta katta futbol, 16 ta mini futbol hamda 4 ta qizlar jamoalari ishtirok etdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1👍1🔥1🤝1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👏2🤝2👍1🔥1