Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida “Uch avlod uchrashuvi” va shukronalik tadbirlari o‘tkazildi


“Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy hamda targ‘ibot tadbirlari xalqimizning boy milliy qadriyatlarini ulug‘lash, ajdodlar merosiga hurmat ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan bunday uchrashuvlar turli avlod vakillarini bir maydonda jamlab, ular o‘rtasida samimiy muloqotni yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌀Shu munosabat bilan Nurafshon shahridagi Navro‘z mahallasining “Nuroniylar maskani”da “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yuqori saviyada tashkil etildi. Unda mahalla nuroniylari, o‘rta avlod vakillari hamda yoshlar ishtirok etib, hayotiy tajriba, urf-odat va an’analar haqida o‘zaro fikr almashdilar. Keksalar tomonidan bildirilgan pand-nasihatlar yoshlar qalbida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.

✅️Tadbir doirasida “Yoshlar nafasi — ma’naviyat sadosi!” shiori ostida shukronalik targ‘ibot tadbiri ham o‘tkazildi. Unda yoshlar tomonidan Vatanga sadoqat, tinchlikning qadri, bugungi farovon hayot uchun shukronalik tuyg‘ulari madh etildi. Turli chiqishlar, she’rlar va sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarga ma’naviy ozuqa ulashildi.


Mazkur tadbirlar mahalla ahlining birligini mustahkamlash, avlodlar o‘rtasida uzviylikni ta’minlash hamda yoshlarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda muhim omil bo‘ldi. Bunday uchrashuvlar kelgusida ham davom ettirilib, jamiyatda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1👏1


DXX kubogi musobaqalarining 2026-yilgi mavsumi Nurafshondan start oldi

⚽️Bugun Nurafshon shahridagi “Nurafshon Arena” stadionida “Davlat xavfsizlik xizmati kubogi – 2026” musobaqalari tantanali ochildi. Nurafshon shahridagi markaziy o‘yingohga video-konferensiya aloqa orqali ulangan 22 ta tuman va shahar vakillariga mavsum oldidan omad va zafarlar tilandi.

✅️Mazkur musobaqalarda 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etadi. Ular shahar hududidagi barcha mahallalar kesimida futbol va mini-futbol yo‘nalishlarida o‘zaro bellashadilar. Jamoalar viloyat bosqichi yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.


Ochilish marosimida taniqli sport sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzayev, futbol faxriylari, tegishli mutasaddilar, shuningdek, Nurafshon shahrining barcha mahallalaridan tuzilgan 16 ta katta futbol, 16 ta mini futbol hamda 4 ta qizlar jamoalari ishtirok etdi.

🤔Ushbu sport tadbiri yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda futbol sport turini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida DXX kubogi musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi


🎥Jarayonlar qisqa videorolikda

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2🤝2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


"Kvartplata" to‘lash juda oson!

🔴 “Mening uyim” billing tizimi orqali uyingizdan chiqmasdan barcha kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshiring.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahar "Nurafshon" mahallasida foydalanishga topshirilgan qator yangi ijtimoiy soha obyektlari ochilish marosimi tafsilotlari "O'zbekiston 24" telekanali nigohida
———————————
📌В махалле «Nurafshon» города Нурафшон состоялась церемония открытия ряда новых объектов социальной сферы, введённых в эксплуатацию. Подробности — в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1👌1


Nurafshonlik sportchi qiz Osiyo chempioni bo'ldi


🇺🇿 Nurafshonlik Engel’sova Iymona Farxod qizi “O‘zbek jang san’ati” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏷Mazkur yuksak natija yosh sportchining tinimsiz mehnati, intilishi hamda sportga bo‘lgan katta qiziqishining yaqqol ifodasidir.


Shu munosabat bilan, iqtidorli o‘quvchimizning ota-onasiga, uning yutuqlarida beqiyos hissasi bo‘lgan ustozlariga hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali yo‘lga qo‘yib kelayotgan maktab jamoasiga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📌 1-aprel — “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida jamoatchilik faollari, volontyorlar hamda tashabbuskor yoshlar ishtirokida o'tkazilgan ezgu ekologik aksiya tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝32👍2👏2👌2