Nurafshon shahri hokimligi
3.07K subscribers
45.7K photos
4.25K videos
61 files
13K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahrida DXX kubogi musobaqalarining 2026-yilgi mavsumiga start berildi


🎥Jarayonlar qisqa videorolikda

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2🤝2👍1🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


"Kvartplata" to‘lash juda oson!

🔴 “Mening uyim” billing tizimi orqali uyingizdan chiqmasdan barcha kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshiring.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahar "Nurafshon" mahallasida foydalanishga topshirilgan qator yangi ijtimoiy soha obyektlari ochilish marosimi tafsilotlari "O'zbekiston 24" telekanali nigohida
———————————
📌В махалле «Nurafshon» города Нурафшон состоялась церемония открытия ряда новых объектов социальной сферы, введённых в эксплуатацию. Подробности — в репортаже телеканала «O‘zbekiston 24».

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏1👌1


Nurafshonlik sportchi qiz Osiyo chempioni bo'ldi


🇺🇿 Nurafshonlik Engel’sova Iymona Farxod qizi “O‘zbek jang san’ati” sport turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

🏷Mazkur yuksak natija yosh sportchining tinimsiz mehnati, intilishi hamda sportga bo‘lgan katta qiziqishining yaqqol ifodasidir.


Shu munosabat bilan, iqtidorli o‘quvchimizning ota-onasiga, uning yutuqlarida beqiyos hissasi bo‘lgan ustozlariga hamda ta’lim-tarbiya jarayonini samarali yo‘lga qo‘yib kelayotgan maktab jamoasiga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8🔥2👏1🤝1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM


📌 1-aprel — “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan Nurafshon shahrida jamoatchilik faollari, volontyorlar hamda tashabbuskor yoshlar ishtirokida o'tkazilgan ezgu ekologik aksiya tafsilotlari "Nurafshon TV" telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝32👍2👏2👌2


Eng mohir tennis ustalari aniqlandi

📌Nurafshon shahrida sportning stol tennisi turi bo‘yicha "Shahar hokimi olimpiadasi" bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqalar yoshlar o‘rtasida sportni keng ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni keyingi bosqichlarga saralab olish maqsadida tashkil etildi.

🔂Unda tumandagi ta’lim muassasalari hamda sport maktablaridan kelgan o‘quvchi-yoshlar faol ishtirok etdilar. Bellashuvlar davomida ishtirokchilar o‘z mahorati, chaqqonligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etib, har bir yo‘nalishda murosasiz kurash olib bordilar.


🏓Musobaqa yakunlariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Eng yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

🏆Joylarda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida tashkil etilgan “DXX kubogi” futbol musobaqalari davom etmoqda.


Hududlarda mazkur sport musobaqalarining ochilish marosimi va dastlabki o‘yinning muxtasar tafsilotlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin:

⚽️Nurafshon shahar
⚽️Chirchiq shahar
⚽️Angren shahar
⚽️Qibray tumani
⚽️Olmaliq shahar
⚽️Zangiota tumani
⚽️Oqqo’rg’on tumani
⚽️Bekobod tumani
⚽️Bekobod shahar
⚽️Yuqori Chirchiq tumani
⚽️O’rta Chirchiq tumani
⚽️Quyi Chirchiq tumani
⚽️Bo’ka tumani
⚽️Parkent tumani
⚽️Piskent tumani
⚽️Yangiyo’l shahar
⚽️Yangiyo‘l tumani
⚽️Chinoz tumani
⚽️Ohangaron shahar
⚽️Ohangaron tumani
⚽️Toshkent tumani
⚽️Bo‘stonliq tumani

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozdan so‘ng Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlanadi.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам в сфере физической культуры и спорта.

Facebook|
Instagram|X
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi kelgusidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi boshlandi.

“Sport bu faqat musobaqa emas, balki sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch,

– dedi davlatimiz rahbari yig‘ilish avvalida.

So‘nggi to‘qqiz yilda 1,5 mingdan ziyod mahallada 1 ming 774 ta zamonaviy sport maydonchasi qurilgani, joylarda 200 dan ziyod yirik sport inshootlari, 4 mingga yaqin xususiy sport klublari ish boshlagani ta’kidlandi. Sport bilan professional tarzda shug‘ullanadigan yoshlar soni 2 karra oshdi, olimpiya terma jamoalarimiz sportchilari 2 barobar, paralimpiya bo‘yicha 3 barobar ko‘paydi.

Birgina o‘tgan yilning o‘zida sportchilarimiz xalqaro arenalarda 452 ta oltin, 418 ta kumush va 501 ta bronza medali sohibi bo‘lgani, ularning 50 nafardan ziyodi jahon va Osiyo rekordlarini yangilagani barchamizni xursand qiladi.

Facebook|
Instagram|X
Hozirda olimpiya sport turlari bo‘yicha 26 ta federatsiyaning har biriga vazirlar va respublika tashkilotlari rahbarlari boshchilik qilmoqda. O‘tgan yili viloyat hokimlari joylarda olimpiya harakatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident vakili etib belgilandi.

Yig‘ilishda qayd etilganidek, soha mutasaddilari, hokimlar, 26 ta federatsiya rahbari 207 ta oliygoh, 15 ta olimpiya va paralimpiya markazi, 310 ta sport maktabi, 16 ta sport internatiga borib, rahbarlari va jamoasiga chempion tayyorlash, olimpiadaga litsenziya olish bo‘yicha sharoit qilib berganida hozirgi yutuqlar yanada yuqori bo‘lishi mumkin edi.

Masalan, Zarbdor tumanida o‘tgan yili 23 ta mahalladagi 34 ming yosh ommaviy sportga jalb etildi. Tumanda 3 ta yangi sport zali qurilib, stol tennisi, taekvondo va voleybolga ixtisoslashdi. Bundan tashqari, tadbirkorlar bilan birgalikda 2 ta usti yopiq futbol maydoni, fitness klubi tashkil qilindi.

Infratuzilma yaxshilangani uchun Zarbdor tumani ilk bor voleybol va stol tennisi bo‘yicha joriy yilgi O‘zbekiston chempionatiga mezbonlik qiladi.

Yoki qashqadaryolik 14 nafar tadbirkor o‘z hisobidan ikki yilda maktab va mahallalarda 60 milliard so‘mlik sport inshootlari qurib berdi.

Qolgan tumanlarda aholini ommaviy sportga jalb qilish ishlari sustligi, hokimlarning musobaqalar o‘tkazish va umuman sportga befarqligi tanqid qilindi. Zarbdor tajribasini o‘rganish va barcha hududlarda joriy qilish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
Maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.

Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagan.

Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.

Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish o‘rniga haligacha o‘zi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari bo‘yicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shug‘ullantirsa bo‘ladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.

Facebook|
Instagram|X
2
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi.

Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.

Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.

Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

Facebook|
Instagram|X
1


“Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasida Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasidagi 57-maktabda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.

✅️Mazkur tadbir davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda deputatlar, keng jamoatchilik vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.


Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan dolzarb muammolar tinglandi, ularning yechimi yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar berildi. Shuningdek, aholi o‘rtasida shukronalik, hamjihatlik va ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan targ‘ibot ishlari kuchaytirildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2