Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Maktablarda sport turi bo‘yicha to‘garaklar tashkil etish va murabbiylarni mahallalarga jalb qilish ishlarining ahvoli tahlil qilindi.
Masalan, Toshkent shahrining 15 ta maktabida to‘garaklar “nomiga” tashkil qilingani uchun 3-4 nafar bola qatnayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Yoki o‘tgan yili Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘onadagi maktab o‘quvchilarining to‘rtdan biri jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha minimal talabni bajara olmagan.
Hokimlar oldiga har bir maktabda sport to‘garaklari uchun sharoit yaratish, to‘garaklarga qamrovni oshirish vazifasi qo‘yildi.
Sport maktablari mahallama-mahalla yurib, iqtidorli yoshlarni topish o‘rniga haligacha o‘zi kelgan tayyor sportchi bilan ishlayotgani qayd etildi. Masalan, sport bazalari bo‘yicha poytaxtdan keyin turadigan Samarqandda 100 ming yoshni professional shug‘ullantirsa bo‘ladi. Amalda bu 3 karra kam. Navoiy, Surxondaryo viloyatlari ham bor quvvatini yarmidan foydalanmoqda, xolos.
Facebook|Instagram|X

❤2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
Yig‘ilishda ixtisoslashgan sport maktablarining oddiy sport maktabidan farqi qolmaganiga e’tiroz bildirildi.
Masalan, Termiz shahridagi 4 ta ixtisoslashgan maktabning natijasi Jarqo‘rg‘ondagi bitta sport maktabichalik bo‘la olmayapti. Jarqo‘rg‘on sport maktabi o‘tgan yili Osiyo va jahon chempionatlarida 6 ta sovrin olgan bo‘lsa, viloyatdagi 4 ta ixtisoslashgan maktabda esa jami 1 ta medal mavjud.
Har bir ixtisoslashgan sport maktabi direktori, jamoasi va murabbiylarning ish uslubini o‘zgartirib, o‘sish nuqtalarini aniq belgilab, oylik maoshini o‘quvchisining natijasiga bog‘lash zarurligi ta’kidlandi.
Mutasaddilarga yutuqlarga erishgan sport maktablarini amaldagi rag‘batlantirish miqdoriga qo‘shimcha yana 500 million so‘mdan alohida mukofotlashni yo‘lga qo‘yish topshirildi.

❤1
“Navro‘z sayllari va shukronalik tadbirlari” doirasida Nurafshon shahri Taraqqiyot mahallasidagi 57-maktabda targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅️ Mazkur tadbir davomida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi. Tadbirda deputatlar, keng jamoatchilik vakillari hamda mutasaddi tashkilotlar ishtirok etib, fuqarolar o‘rtasida keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot ishlari olib borildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2
Forwarded from Prezident matbuot kotibi | Sherzod Asadov
“Mahalla – maktab – sport muassasasi – federatsiya” zanjiri asosida aholini sportga jalb qilish va seleksiya bo‘yicha yangicha yondashuv joriy qilinadi.
Oliygoh rektori, federatsiya rahbarlari va hokimlar o‘rtasida uch tomonlama shartnoma tuziladi. Bunda hokimlar hududidagi maktab, texnikum va boshqa sport obyektlarida darsdan tashqari vaqtda sport to‘garaklari tashkil qilish uchun sharoit yaratadi.
Mutasaddilarga 9 mingta mahallani 26 ta federatsiya rahbarlariga bog‘lab, maktablardagi to‘garaklarni zarur sport anjomlari bilan jihozlash topshirildi.
Sport yo‘nalishidagi oliygohlarning 2- va 3-kurs talabalarining yarmini, 4-kursdagilarning esa barchasini dual ta’lim bilan qamrab olib, murabbiylik qilish uchun to‘garaklarga yuborish muhim ekani qayd etildi. Bunday talabalarga avtomatik ravishda murabbiylik sertifikati beriladi.
Talabalar haftada uch kun oliygohda o‘qisa, qolgan kunlarda o‘zi biriktirilgan maktablardagi to‘garakka borib, yoshlarni shug‘ullantiradi. Sport to‘garaklaridagi tushumning 50 foizi murabbiy talabaning o‘ziga beriladi.
Shuningdek, dual ta’lim bitiruvchilariga diplom bilan birga hakamlik sertifikatini berish ham yo‘lga qo‘yiladi.

Nurafshonda navbatdagi mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
✅️ Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi ishchi guruh a’zolari, Nurafshon shahar hokimligi hamda Nurafshon shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi hamkorligida o‘tkazildi.
Mehnat yarmarkasida 14 ta korxona va tashkilot ishtirok etib, jami 345 ta bo‘sh ish o‘rinlari taklif qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Sohibqiron Amir Temur siymosi yoshlar qalbida
💠 Mazkur tadbir yoshlar ongida milliy g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, tarixiy merosimizga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘quvchilarga Sohibqironning davlat boshqaruvidagi yuksak salohiyati, harbiy san’atdagi o‘rni, shuningdek, bunyodkorlik faoliyati haqida atroflicha ma’lumotlar berildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Sport – sog‘lom turmush tarzi, intizom, vatanparvarlik va mamlakat nufuzini namoyon qiladigan katta kuch”.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Federatsiyalarda hamkor va mablag‘ topish, tadbirkorlarni jalb qilish bo‘yicha tashabbus yo‘qligi qayd etildi.