Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yib, yangilangan Temuriylar tarixi davlat muzeyini borib ko‘rdi. Buxoroda Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev Ámir Temur esteligine gúl qoyıp, jańalanǵan Temuriyler tariyxı mámleketlik muzeyi barıp kórdi. Buxarada Qazaqstan Prezidenti Qasım-Jomart Toqaev penen ushırasıw bolıp ótti.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев возложил цветы к памятнику Амиру Темуру и посетил обновленный Государственный музей истории Темуридов. В Бухаре состоялась встреча с Президентом Казахстана Касым-Жомартом Токаевым.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev laid flowers at the monument to Amir Temur and visited the renovated State Museum of the History of the Timurids. In Bukhara, a meeting was held with the President of Kazakhstan, Kassym-Jomart Tokayev.

Facebook|
Instagram|X


Nurafshonda bilimlar bahsi


📌Ayni damda Nurafshon shahar 1-son umumta’lim maktabida yoshlarning intellektual salohiyatini sinovdan o'tkazuvchi “Zakovat” intellektual o‘yinining shahar bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✅️Mazkur bellashuvda shahrimizdagi 13 ta umumta’lim maktabidan saralangan 13 ta jamoa ishtirok etib, o‘z bilim, tafakkur va tezkor fikrlash qobiliyatlarini namoyish qilmoqda.


Ushbu intellektual o‘yin yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1


❗️Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi 14-aprel, soat 10:00 da shahar hokimligi majlislar zalida bo'lib o'tadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1


Targ‘ibot — islohotlar samaradorligining muhim omili


🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 8-aprel kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, erishilgan natijalar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar atroflicha muhokama qilindi.

Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, viloyat miqyosida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida maxsus targ‘ibot guruhi tuzildi. Ushbu guruh hududlarda faoliyat olib borib, aholining xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.

✅️Xususan, bugun Nurafshon shahrida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Axmedkulov, shahar Mahallar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda faol targ'ibotchilar ishtirok etib, so'nggi vaqtlarda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha, hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilar.


Ayniqsa, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, dolzarb taklif va ilg‘or tashabbuslar chuqur tahlil qilinib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.

Bu kabi targ'ibot tadbirlari Nurafshon shahrining barcha mahallarida o'tkazilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM