Targ‘ibot — islohotlar samaradorligining muhim omili
Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, viloyat miqyosida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida maxsus targ‘ibot guruhi tuzildi. Ushbu guruh hududlarda faoliyat olib borib, aholining xabardorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
✅️ Xususan, bugun Nurafshon shahrida o'tkazilgan targ'ibot tadbirida shahar "Nuroniy" jamg‘armasi raisi J.Axmedkulov, shahar Mahallar uyushmasi rahbari Z.Maxsudova hamda faol targ'ibotchilar ishtirok etib, so'nggi vaqtlarda hududda amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning mazmun-mohiyati va amaliy ahamiyati yuzasidan atroflicha, hayotiy misollar asosida tushuntirishlar berilar.
Ayniqsa, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholi turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlab o‘tildi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar, dolzarb taklif va ilg‘or tashabbuslar chuqur tahlil qilinib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab olindi.
❕Bu kabi targ'ibot tadbirlari Nurafshon shahrining barcha mahallarida o'tkazilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!
2026 yil 14 aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Degantepa" MFY binosida, shahar hokimligi, shahar Majburiy ijro byurosi hamda Nurafshon shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan hamkorlikda hududdagi ishsiz aliment to'lovchi fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.
❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.
Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Targ‘ibot ishlari izchil davom etmoqda — Evalak mahallasida navbatdagi uchrashuv
Avvalroq xabar berilganidek, Nurafshon shahrida islohotlarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadidagi targ‘ibot guruhi samarali faoliyatini olib bormoqda. Targ'ibot tadbirlari doirasida Evalak mahallasidagi 1-son umumta’lim maktabida ham pedagog xodimlar ishtirokida navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
✅️ Muloqotda Xalq deputatlari Nurafshon shahar Kengashi raisi O'.Rashidov, hamda Kengash mudiri K.Umarboev ishtirok etib, so‘nggi yillarda viloyatimiz, xususan, Nurafshon shahrida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari hamda ayni shu jarayonlarda pedagoglar zimmasiga yuklanayotgan muhim vazifalar haqida batafsil ma’lumot berdilar.
Uchrashuv davomida o‘qituvchilar bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etilib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslari tinglandi. Ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish, yoshlarni bilimli va vatanparvar ruhda tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1
Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartibini yanada liberallashtirish hamda bu sohada sud nazorati samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по дальнейшей либерализации порядка применения финансовых штрафов в отношении субъектов предпринимательства и повышению эффективности судебного контроля в сфере.
#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #jarimalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией предложений по дальнейшей либерализации порядка применения финансовых штрафов в отношении субъектов предпринимательства и повышению эффективности судебного контроля в сфере.
#Mirziyoyev #taqdimot #tadbirkorlik #jarimalar
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Ayni vaqtda Xalq deputatlari Nurafashon shahar Kengashining 19-sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Deputatlar sessiya kun tartibiga muvofiq bir qator muhim masalalarni ko‘rib chiqib, muhokama qilmoqdalar.
Sessiyani quyidagi havola orqali jonli efirda kuzatib borishingiz mumkin.👇🏻👇🏻👇🏻
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nurafshon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi: mas'ullar hisobotlari va istiqbolli rejalar
Bugun Nurafshon shahri hayotida muhim o‘rin tutuvchi Xalq deputatlari Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi bo'lib o'tdi. Unda deputatlar tomonidan shaharning bugungi holati, istiqboldagi rivojlanish yo‘nalishlari hamda aholi manfaatlariga daxldor dolzarb masalalar keng muhokama qilindi.
✔️ Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida shahar prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axborot berildi.✔️ Shuningdek, 2026-yilning I-choragi davomida hududda jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida bajarilgan amaliy ishlar va istiqboldagi rejalar xususida shahar Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi A.Yuldashevning hisoboti tinglanib, mazkur yo‘nalishda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar ham belgilab olindi.✔️ Shuningdek, shahar hokimligi va shahar korxona va tashkilotlarida topshiriqlar ijro holati ko‘rib chiqildi. Aholi takliflari asosida shakllangan loyihalarni moliyalashtirish, ularning ichidan eng dolzarblarini tanlab olish jarayonlari ham muhokama markazida bo‘ldi.✔️ Ta’lim sohasiga ham alohida e’tibor qaratilib, umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar hisobot berdi. Bundan tashqari, shahar tibbiyot birlashmasining joriy yil birinchi choragidagi faoliyati ham ko‘rib chiqildi.
Sessiyada deputatlar tomonidan kun tartibidagi har bir masala chuqur tahlil qilindi hamda bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olinib, hududni yanada rivojlantirish, aholining yashash sharoitlarini yaxshilash hamda islohotlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_nigohida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥2🤝1