Nurafshonda nuroniylar o‘rtasida shaxmat va shashka musobaqasi o‘tkazildi
🔂 Musobaqada mahallalardan tashrif buyurgan nuroniy otaxon va onaxonlar shaxmat hamda shashka yo‘nalishlarida o‘zlarining boy tajribasi, puxta strategik fikrlashi va yuksak mahoratlarini namoyon etdilar. Har bir bahs murosasiz va qiziqarli kechib, ishtirokchilarning aql-zakovati, sabr-toqati hamda hayotiy tajribasi yorqin ifodasini topdi.
Tadbir yakunida “Nuroniylar” jamg‘armasi shahar bo‘limi raisi J. Axmedqulov so‘zga chiqib, jamoat ishlarida faol ishtirok etib, yosh avlodga ibrat bo‘lib kelayotgan nuroniy sportchilarga samimiy minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, musobaqa g‘oliblari va faol ishtirokchilari diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Yoshlar kuni — yangi tashabbuslar va imkoniyatlar maydoni
Bugun “Yoshlar kuni” doirasida Nurafshon shahridagi Yoshlar markazida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Muloqotda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Rustam Boboqulov, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i Nodir Xojiyev hamda tegishli mutasaddilar ishtirok etdilar.
✅️ Tadbir davomida yoshlar bilan samimiy muloqot tashkil etilib, ularni qiynayotgan muammolar va takliflar o‘rganildi.✅️ Shuningdek, Ilxom Klichxanov tomonidan Nurafshon shahar hokimi olimpiadasida ishtirok etib g‘olib bo‘lgan, viloyat bosqichiga yo‘llanma qo‘lga kiritgan sportchi yoshlarga elektron protektor (sensor) sport jihozlari jamlanmalari sertifikatlari hamda sportning yunon-rum kurashi turi bo‘yicha 7 karra O‘zbekiston chempioni va Osiyo chempioni Aleksandr Nazarovga farmakologik vitaminlar sertifikati topshirildi.
Shuningdek, “Yoshlar kuni” doirasida imkoniyati cheklangan yoshlar tomonidan ishlangan san'at namunalari ko'rgazmasi, shaxmat musobaqalari, tasviriy san’atga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida esa rasmlar tanlovi tashkil etildi.
❕Mazkur tadbir yoshlarning muammolarini bevosita rahbarlar bilan muhokama qilish, ularning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, sport va ijodiy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan yoshlarni munosib rag‘batlantirishga xizmat qildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3👍1🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤1🔥1🤝1
Sog‘liqni saqlash boshqarmasi tizimidagi tibbiyot muassasalari xodimlari diqqatiga!
Mazkur musobaqalar sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, tibbiyot xodimlari o‘rtasida jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlash, shuningdek, ularning jismoniy faolligini oshirishga xizmat qiladi.
❕ Viloyat tibbiyot muassasalari jamoalari uchun musobaqalar:🗓 2026-yil 17-aprel kuni⏰ Soat 09:00 da📌 "Nurafshon arena” stadionida bo‘lib o‘tadi.
Barcha tibbiyot xodimlarini faol ishtirok etishga chorlaymiz! Sog‘lom tanada – sifatli xizmat garovi!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1🔥1
Nurafshonlik o‘quvchi muddatidan oldin talaba bo‘ldi
🟣 Xususan, u biologiya, matematika, tarix, rus tili va adabiyoti, kimyo fanlari bo‘yicha o‘tkazilgan milliy sertifikat imtihonlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, oliy ta’lim muassasasiga muddatidan oldin qabul qilish huquqini qo'lga kiritdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏6❤3👍3🔥1👌1