Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot

🇺🇿 Ma’lumki, Prezidentimiz tashabbusi bilan haftaning bir kuni “Sport kuni” deb e’lon qilinishi yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, aholini ommaviy sportga keng jalb etishda muhim qadam bo‘ldi.

Bu yo'nalishda Nurafshon shahrida ham keng ko'lamli amaliy ishlar olib borilmoqda. Kuni kecha shahardagi tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda – sifatli tibbiyot” shiori ostida O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi kubogi uchun tashkil etilgan sport musobaqalarining mini futbol, shaxmat, shashka, stol tennisi hamda voleybol turlari bo‘yicha tumanlararo bosqichi bo'lib o'tdi.

Mazkur musobaqalarda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi munosib ishtirok etib, yuqori natijalarni qayd etdi. Jumladan:

✔️Shaxmat bo‘yicha — tug‘ruq bo‘limi hamshirasi Dilrabo Eshonxo‘jayeva 3-o‘rinni egalladi.
✔️ Shashka bo‘yicha — qabul bo‘limi rentgen-laboranti Burhon Muxanov 3-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
✔️ Stol tennisi bo‘yicha — sterilizatsiya bo‘limi hamshirasi Nazokat Nurmatova 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
✔️ Mini futbol bahslarida esa Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi jamoasi 1-o‘rinni egallab, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.


Shu bilan birga, jamoa 2026-yil 22-aprel kuni Nurafshon shahrida bo‘lib o‘tadigan musobaqaning viloyat bosqichida mini futbol turi bo‘yicha ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Haftaning eng muhim voqealari sharhi: Prezident Shavkat Mirziyoyev xalq artisti Farrux Zokirovni 80-yillik yubileyi bilan, shaxmatchi Javohir Sindorovni esa tarixiy g‘alabasi bilan tantanali ravishda tabrikladi. Ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha yangi chora-tadbirlar taqdimot qilindi.

Hápteniń eń áhmiyetli waqıyalarına sholıw: Prezident Shavkat Mirziyoyev xalıq artisti Farrux Zokirovtı 80 jıllıq yubileyi menen, shaxmatshı Javohir Sindorovtı bolsa tariyxıy jeńisi menen saltanatlı túrde qutlıqladı. Sociallıq qorǵawdı kúsheytiw boyınsha jańa ilajlar tanıstırıldı.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент Шавкат Мирзиёев торжественно поздравил народного артиста Фарруха Закирова с 80-летним юбилеем и шахматиста Жавохира Синдарова с исторической победой. Представлены новые меры усиления социальной защиты.

Weekly review of the most important events: President Shavkat Mirziyoyev solemnly congratulated People’s Artist Farrukh Zakirov on his 80th anniversary and chess grandmaster Javokhir Sindarov on his historic victory. New measures to strengthen social protection were introduced.

Facebook|
Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


📌Nurafshon shahrida aholi bandligini ta’minlash va hududda kambag‘allik darajasini qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan tizimli ishlar, xususan xususiy sektor orqali fuqarolarni ish bilan ta’minlash jarayonlari “O‘zbekiston 24” telekanali nigohida.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1👌1


E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Davlat aktivlarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 6 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 6 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 3 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum ishtirokchilariga

Участникам Международного форума «Противодействие транснациональным наркоугрозам во имя здоровья и безопасности общества»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Mahalla aholisiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatildi

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan hamkorlikda “Ma’rifat” MFY da mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur jarayonga malakali, tor ixtisoslikdagi mutaxassis shifokorlar jalb etilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ta’minlandi.


🏷Tibbiy ko‘rik davomida jami 27 nafar fuqaro har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazildi. Fuqarolarning sog‘ligi holati kompleks baholanib, mavjud kasalliklar aniqlangan shaxslarga individual yondashuv asosida zarur tavsiyalar berildi.

💠Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish, profilaktik choralarni ko‘rish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish kerakligi tushuntirib o‘tildi.


Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026 yil 21-aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Hurruyat " MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Administratsiyasi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM