Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Mahalla aholisiga chuqurlashtirilgan tibbiy xizmat ko‘rsatildi

Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi hamda Respublika ishchi guruhi a’zolari bilan hamkorlikda “Ma’rifat” MFY da mahalla aholisi uchun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi. Mazkur jarayonga malakali, tor ixtisoslikdagi mutaxassis shifokorlar jalb etilib, aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish ta’minlandi.


🏷Tibbiy ko‘rik davomida jami 27 nafar fuqaro har tomonlama tekshiruvdan o‘tkazildi. Fuqarolarning sog‘ligi holati kompleks baholanib, mavjud kasalliklar aniqlangan shaxslarga individual yondashuv asosida zarur tavsiyalar berildi.

💠Shuningdek, aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bemorlarga ambulator hamda statsionar sharoitda davolanish, profilaktik choralarni ko‘rish, sog‘lom turmush tarziga rioya etish kerakligi tushuntirib o‘tildi.


Mazkur tadbir aholining sog‘lig‘ini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash hamda ularning oldini olishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Ish izlayotgan fuqarolar diqqatiga!


2026 yil 21-aprel kuni soat 10:00 da Nurafshon shahar "Hurruyat " MFY binosida, Nurafshon shahar hokimligi, O'zbekiston Respublikasi Administratsiyasi vakillari, shahar Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan hududdagi ishsiz fuqarolarni ishga joylashtirish maqsadida bo'sh ish o'rinlari mehnat yarmarkasi o'tkaziladi.

❗️Barcha ish qidirayotgan ishsiz aliment to'lovchi yoshlar, ayollar, bitiruvchilar, probatsiyadagi va JIEMdan qaytgan fuqarolar, shuningdek kasb-hunar o‘rganish istagida bo‘lganlar uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.


Ish izlayotgan barcha fuqarolarni ushbu imkoniyatdan foydalanishga chaqiramiz!

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonda DXX kubogi — futbol shiddati avjida!

⚽️Nurafshon shahrida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida DXX kubogi  futbol musobaqalari yuqori shiddat bilan davom etmoqda. 16–30 yosh toifasidagi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan ushbu musobaqa mahallalarda futbolni ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash va qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Bugun ham katta futbol turi bo'yicha mahalla jamoalari o'zaro kuch sinashdi. O‘yin natijalariga ko'ra:

✔️"Yangiobod" 4:0 "Navro'z"
✔️"Oybek" 1:1 "Obod"
✔️"Obod turmush " 2:2 "Muqimiy"


🌀Musobaqalar jarayonida mahalla futboli izchil rivojlanib borayotgani, maydonda esa yangi-yangi iqtidorli futbolchilar kashf etilayotgani yaqqol namoyon bo‘lmoqda.Turnir yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish bilan birga, ularning sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏21👍1🔥1🤝1
Prezident Shavkat Mirziyoyev “Yangi Oʻzbekiston yoshlari – 2030” strategiyasi loyihasi yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проекта стратегии «Молодежь Нового Узбекистана – 2030».

#Mirziyoyev #taqdimot #yoshlar #strategiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
1🔥1


Samarqanddagi global forumda shahrimiz vakillari ham munosib ishtirok etmoqda


Ayni kunlarda Samarqand shahrida “Jamoat salomatligi va xavfsizligini taʼminlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusida nufuzli xalqaro global forum bo‘lib o‘tmoqda. Unda 50 dan ortiq davlatlar vakillari, shuningdek, BMT, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda 500 dan ziyod xalqaro ekspertlar ishtirok etmoqda.

✅️Mazkur nufuzli tadbirda Toshkent viloyati delegatsiyasi tarkibida Nurafshon shahar hokimi o‘rinbosari Shohruh Inomhonov ham munosib ishtirok etmoqda.


✔️Bunday xalqaro forumlar global xavfsizlikni mustahkamlash, narkotahdidlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Eng asosiysi, bu kabi uchrashuvlar orqali sog‘lom jamiyat va xavfsiz kelajak sari muhim qadamlar qo‘yilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2🔥2👏2👍1👌1🤝1