Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshonda iqtidorlar tanlovi: eng yaxshilar aniqlandi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PQ-277-son qarori hamda sohaga oid tegishli me’yoriy hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida “Iqtidor maktab ansambli” respublika tanlovining Nurafshon shahar bosqichi o‘tkazildi. Tadbir “Kelajak” markazi binosida tashkil etildi.

✅️Tanlov davomida ishtirokchilar tomonidan milliy cholg‘u san’ati yo‘nalishida tayyorlangan ijodiy chiqishlar namoyish etildi.
Yakunda hakamlar hay’ati xulosasiga ko‘ra,Nurafshon shahar 4-maktab jamoasi eng yuqori natijani qayd etib, 1-o‘rinni egalladi va tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.


Mazkur tadbir o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning iste’dodini yuzaga chiqarish hamda milliy madaniyatimizni keng targ‘ib etishga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Ochiq osmon ostidagi kinoteatrga marhamat
!

🎗Aziz hamyurtlar, 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog'i da “Kinokarvon" loyihasi doirasida 27-apreldan 10 - mayga qadar sara o'zbek kinofilmlar namoyishi bo‘lib o‘tadi.

✅️Yoqimli bahor oqshomlarida sizni quyidagi qadrdon filmlar namoyishiga taklif etamiz:

✔️27-APREL
"Oy borib omon qayt" (19:00)
"Ilhaq" (21:00 )

✔️28-APREL
"Bahodir Yalangto‘sh" (19:00)
"Islomxo‘ja" (21:00 )

✔️29-APREL
"Otamdan qolgan dalalar" (19:00)

✔️30-APREL
"Vatan ostonasi" 1-qism  (19:00)
"Vatan ostonasi" 2-qism (21:00 )

✔️1-MAY
"101-reys" (19:00)
"Vatan" (21:00 )

✔️2-MAY
"Islomxo'ja" (19:00)

✔️3-MAY
"Berlin — Oqqo‘rg‘on" (19:00)
"General Rahimov" (21:00 )

✔️4-MAY
"Avloniy" (19:00)
"Qo‘rg‘oshin" (21:00 )

✔️5-MAY
"O‘zbek qizi" (19:00)

✔️6-MAY
"Oy borib omon qayt" (19:00)
"Ilhaq" (21:00 )

✔️7-MAY
"Bahodir Yalangto‘sh" (19:00)
"Islomxo‘ja" (21:00 )

✔️8-MAY
"Otamdan qolgan dalalar" (19:00)

✔️9-MAY
"Vatan ostonasi" 1-qism  (19:00)
"Vatan ostonasi" 2-qism (21:00 )

✔️10-MAY
"Cho'lpon" (19:00)
"Hayot" (21:00 )


Keling, yaqinlaringiz bilan birga maroqli dam oling! Milliy kino – tarix, xotira va faxr timsoli!


📌 Nurafshon City, “Vatanparvar" bog‘i. (Lokatsiya)

❗️KIRISH BEPUL


Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍31
E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan Avtotransport vositalarini sotib oling!

🔹Angren shaharida 21 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 14 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 36 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 19 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 10 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 17 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 33 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 20 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 12 ta (Ko'rish)

Barchasini ko'rish

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Muloqot, murojaat va natija — yoshlar bilan ishlashda samarali tizim

🇺🇿 Davlat rahbari tashabbusi bilan payshanba kuni “Yoshlar kuni” sifatida belgilanganidan buyon Nurafshon shahrida rahbarlar va yoshlar o‘rtasidagi ochiq muloqotlar izchil yo‘lga qo‘yilib, amaliy natijadorlik kasb etib bormoqda.

🔂Bugun ham Nurafshon shahar hokimligida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov hamda shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev ishtirok etdi.


Muloqot davomida yoshlar tomonidan ilgari surilgan tashabbuslar, ularni qiziqtirayotgan dolzarb masalalar, muammo va murojaatlar atroflicha o‘rganildi.

🟣Ta’kidlash joizki, bunday ochiq muloqotlar o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Xususan, avvalgi uchrashuvlarda yoshlar tomonidan bildirilgan muzey va madaniy sayohatlarni tashkil etish bo‘yicha takliflar qisqa fursatda amaliyotga joriy etildi. Natijada, bugungi muloqotdan so'ng bir guruh nurafshonlik yoshlar poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyiga yo'l olishdi.


✔️Xulosa qilib aytganda, Nurafshon shahrida yo‘lga qo‘yilgan “Rahbar va yoshlar” muloqotlari nafaqat muammolarni aniqlash, balki ularni tezkor hal etish, yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish va ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashda samarali mexanizmga aylanmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev:
Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik diplomatiyasi tizimli va izchil tus olib, sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarilmoqda.

Президент Шавкат Мирзиёев:
Экологическая дипломатия государств Центральной Азии выходит на качественно новый уровень, приобретая системный и последовательный характер.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Nurafshon shahrida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar sudining raisi G. Amonov, keng jamoatchilik vakillari va tegishli idora xodimlari, qatnashdilar.

Sayyor sud davomida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va oilaga yetkazadigan zararli ta’siri, shuningdek yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularni huquqbuzarlikdan asrash bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

🔂Sud jarayonida shahar Probatsiya guruhi tashabbusi bilan jazoni o‘tayotgan 9 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan 2 nafar mahkumning jazosi sud qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.


Mazkur sayyor sud majlislari jarayonida jinoyatchilikka moyil bo‘lgan uyushmagan yoshlar ham ishtirok etib, ular jinoyatning muqarrar jazoga olib kelishi hamda uning salbiy oqibatlarini amalda ko‘rishdi va o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqardilar.

🟣Bu kabi jarayonlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar huquqbuzarlikning oqibatlarini bevosita anglab, zarur xulosalar chiqaradilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonga "Yoshlar shahri" maqomi berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmonining 3-ilovasiga muvofiq, 14 ta tuman (shahar)ga “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berildi hamda ular namunaviy hududga aylantiriladi.

🏷Shu jumladan, Nurafshon shahri ham mazkur ro‘yxatga kiritilib, “Yoshlar shahri” maqomiga ega bo‘ldi hamda istiqbolda namunaviy hududga aylantirilishi belgilandi.


Mazkur ilovaga muvofiq, “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berilgan hududlarda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni madaniy, jismoniy va ma’rifiy jihatdan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim, sport va madaniy infratuzilmani shakllantirish nazarda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'naviy_maskan

“Vatanparvar” bogʻi — jasorat, fidoyilik va yuksak vatanparvarlik timsoli.


Yangi barpo etilgan “Vatanparvar” bog‘i faoliyat boshlaganiga 1 yil to‘ldi. Bugun bu maskan nafaqat dam olish hududi, balki yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantiruvchi muhim ma’naviy markazdir.

🔍 Nega bu yerga tashrif buyurish kerak?
Bog‘ hududidagi muzey ekspozitsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda:
🔹 Toshkent viloyatining urush yillaridagi hissasi;
🔹 Xalqimizning o‘sha davrdagi matonatli hayotini aks ettiruvchi haqiqiy eksponatlar jamlangan.

“Vatanparvar” bog‘i — ezgu xotiraga hurmat, bugungi tinchlikka shukronalik va kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladigan maskandir.

📍 Tariximizni anglash va qadriyatlarimizni his etish uchun tashrif buyuring! MANZIL

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1