Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshon shahrida sayyor sud majlisi bo'lib o'tdi

Tadbirda Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev hamda shahar sudining raisi G. Amonov, keng jamoatchilik vakillari va tegishli idora xodimlari, qatnashdilar.

Sayyor sud davomida jinoyatchilikning salbiy oqibatlari, uning jamiyat va oilaga yetkazadigan zararli ta’siri, shuningdek yoshlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va ularni huquqbuzarlikdan asrash bo‘yicha batafsil tushuntirish ishlari olib borildi.

🔂Sud jarayonida shahar Probatsiya guruhi tashabbusi bilan jazoni o‘tayotgan 9 nafar mahkum muddatidan oldin shartli ravishda ozod etildi. Shuningdek, axloq tuzatish ishlari jazosini o‘tashdan bo‘yin tovlagan 2 nafar mahkumning jazosi sud qaroriga asosan ozodlikdan mahrum etish jazosiga almashtirildi.


Mazkur sayyor sud majlislari jarayonida jinoyatchilikka moyil bo‘lgan uyushmagan yoshlar ham ishtirok etib, ular jinoyatning muqarrar jazoga olib kelishi hamda uning salbiy oqibatlarini amalda ko‘rishdi va o‘zlari uchun tegishli xulosalar chiqardilar.

🟣Bu kabi jarayonlar jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Ishtirokchilar huquqbuzarlikning oqibatlarini bevosita anglab, zarur xulosalar chiqaradilar.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshonga "Yoshlar shahri" maqomi berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmonining 3-ilovasiga muvofiq, 14 ta tuman (shahar)ga “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berildi hamda ular namunaviy hududga aylantiriladi.

🏷Shu jumladan, Nurafshon shahri ham mazkur ro‘yxatga kiritilib, “Yoshlar shahri” maqomiga ega bo‘ldi hamda istiqbolda namunaviy hududga aylantirilishi belgilandi.


Mazkur ilovaga muvofiq, “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berilgan hududlarda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni madaniy, jismoniy va ma’rifiy jihatdan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim, sport va madaniy infratuzilmani shakllantirish nazarda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'naviy_maskan

“Vatanparvar” bogʻi — jasorat, fidoyilik va yuksak vatanparvarlik timsoli.


Yangi barpo etilgan “Vatanparvar” bog‘i faoliyat boshlaganiga 1 yil to‘ldi. Bugun bu maskan nafaqat dam olish hududi, balki yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantiruvchi muhim ma’naviy markazdir.

🔍 Nega bu yerga tashrif buyurish kerak?
Bog‘ hududidagi muzey ekspozitsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda:
🔹 Toshkent viloyatining urush yillaridagi hissasi;
🔹 Xalqimizning o‘sha davrdagi matonatli hayotini aks ettiruvchi haqiqiy eksponatlar jamlangan.

“Vatanparvar” bog‘i — ezgu xotiraga hurmat, bugungi tinchlikka shukronalik va kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladigan maskandir.

📍 Tariximizni anglash va qadriyatlarimizni his etish uchun tashrif buyuring! MANZIL

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi


Qabul jarayonida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

🔂Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy ko‘mak, bandlikni ta’minlash, kadastr masalalari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda qurilish sohalariga oid murojaatlari batafsil tinglandi.


Qabul jarayonida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mas’ul idoralarga biriktirilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur fuqarolar qabuli aholining muammolarini tizimli hal etish, ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Глава нашего государства ознакомился с условиями в хокимияте Мирзо-Улугбекского района.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X