Nurafshon shahri hokimligi
3.03K subscribers
47K photos
4.41K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram


Nurafshonga "Yoshlar shahri" maqomi berildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 20-apreldagi PF–66-son Farmonining 3-ilovasiga muvofiq, 14 ta tuman (shahar)ga “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berildi hamda ular namunaviy hududga aylantiriladi.

🏷Shu jumladan, Nurafshon shahri ham mazkur ro‘yxatga kiritilib, “Yoshlar shahri” maqomiga ega bo‘ldi hamda istiqbolda namunaviy hududga aylantirilishi belgilandi.


Mazkur ilovaga muvofiq, “Yoshlar tumani (shahri)” maqomi berilgan hududlarda yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularni madaniy, jismoniy va ma’rifiy jihatdan har tomonlama rivojlantirishga qaratilgan zamonaviy ta’lim, sport va madaniy infratuzilmani shakllantirish nazarda tutilgan.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🤝1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ma'naviy_maskan

“Vatanparvar” bogʻi — jasorat, fidoyilik va yuksak vatanparvarlik timsoli.


Yangi barpo etilgan “Vatanparvar” bog‘i faoliyat boshlaganiga 1 yil to‘ldi. Bugun bu maskan nafaqat dam olish hududi, balki yosh avlod qalbida milliy g‘urur, tarixiy xotira va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini shakllantiruvchi muhim ma’naviy markazdir.

🔍 Nega bu yerga tashrif buyurish kerak?
Bog‘ hududidagi muzey ekspozitsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bu yerda:
🔹 Toshkent viloyatining urush yillaridagi hissasi;
🔹 Xalqimizning o‘sha davrdagi matonatli hayotini aks ettiruvchi haqiqiy eksponatlar jamlangan.

“Vatanparvar” bog‘i — ezgu xotiraga hurmat, bugungi tinchlikka shukronalik va kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun xizmat qiladigan maskandir.

📍 Tariximizni anglash va qadriyatlarimizni his etish uchun tashrif buyuring! MANZIL

Telegram 🌐Website 📹YouTubeFacebook 🕊Twitter 🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshon shahrida navbatdagi fuqarolar qabuli bo'lib o'tdi


Qabul jarayonida Nurafshon shahar hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdilar.

🔂Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy himoya, moddiy va tibbiy ko‘mak, bandlikni ta’minlash, kadastr masalalari, mahalla infratuzilmasini yaxshilash hamda qurilish sohalariga oid murojaatlari batafsil tinglandi.


Qabul jarayonida bir qator murojaatlar joyida ijobiy hal etilib, fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar esa mas’ul idoralarga biriktirilib, ularning ijrosi bo‘yicha aniq muddatlar belgilandi hamda qat’iy nazoratga olindi.

Mazkur fuqarolar qabuli aholining muammolarini tizimli hal etish, ochiq muloqotni kuchaytirish hamda fuqarolar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlatimiz rahbari Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligidagi sharoitlar bilan tanishdi.

Глава нашего государства ознакомился с условиями в хокимияте Мирзо-Улугбекского района.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Yoshlar kuni doirasida Nurafshon yoshlari uchun madaniy turizm dasturi tashkil etildi

🇺🇿Avval xabar berilganidek, Nurafshon shahrida “Yoshlar kuni” doirasida tashkil etilayotgan “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” formatidagi ochiq muloqotlar yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularga amaliy yechim topishda muhim maydonga aylanmoqda.

Jumladan, o‘tgan uchrashuvlarda shahar yoshlari tomonidan poytaxtimizdagi diqqatga sazovor maskanlarga, xususan Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Amir Temur xiyoboniga madaniy sayohat tashkil etish bo‘yicha taklif ilgari surilgan edi.

🔂Mazkur tashabbus Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, amaliyotga joriy etildi. Natijada, bir guruh yoshlar uchun maxsus madaniy turizm dasturi tashkil qilinib, ular bugun poytaxtimizning bir qator tarixiy va zamonaviy diqqatga sazovor maskanlarida bo‘lishdi.


Sayohat davomida yoshlar yurtimizning boy tarixiy merosi, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va davlat boshqaruvidagi o‘rni, shuningdek, zamonaviy infratuzilma va bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi.

Xulosa qilib aytganda, bunday amaliy tashabbuslar yoshlarning dunyoqarashini kengaytirish, ularning tarixiy xotirasini mustahkamlash hamda Vatanga bo‘lgan mehr va daxldorlik tuyg‘usini yanada oshirishga xizmat qiladi. Eng muhimi, yoshlar tomonidan bildirilayotgan takliflarning amalda o‘z aksini topayotgani ochiq muloqotlar samaradorligining yaqqol ifodasidir.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍3👎1🔥1