Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.4K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ida muddatli harbiy xizmatchilarning “Vatanga qasamyod” marosimi bo'lib o'tdi. Mazkur tadbir tafsilotlari “NURAFSHON TV” telekanali nigohida.

#OAV_nigohida

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1


Nurafshonlik o‘quvchilar "Vatanparvar" bog'ida

Nurafshon shahrida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ajdodlar xotirasini e’zozlash hamda ularning jasoratini yod etish maqsadida qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

🏷Jumladan, Nurafshon shahar 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon City hududidagi “Vatanparvar” bog'iga tashrif buyurdilar.


🟣Tashrif davomida o‘quvchilarga Vatanimiz tinchligi va mustaqilligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimizning mardligi, jasorati hamda ularning unutilmas xotirasi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. O‘quvchilar tomonidan yodgorlik poyiga gullar qo‘yilib, qahramonlar xotirasi yod etildi.

💠Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va ajdodlar merosiga sadoqat tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM


Nurafshon shahri bo‘ylab 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, ko‘chalar va xiyobonlar tartibga keltirilib, yashil hududlar kengaytirilmoqda, gulzorlar barpo etilib, daraxt va butalar parvarishi kuchaytirilmoqda. Shuningdek, yo‘llar va piyodalar yo‘laklari ta’mirlanib, ijtimoiy obyektlar atrofi obodonlashtirilmoqda.

Mazkur ishlar orqali Nurafshon shahri aholisi va mehmonlari uchun yanada qulay, toza va obod muhit yaratish, yurtimiz tarixiga hurmat va e’tibor ifodasini amalda namoyon etish maqsad qilingan.

Telegram 🌐Instagram
📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍1👏1🤝1