Forwarded from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qoʻmondoni Shavkat Mirziyoyev harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va armiyani raqamlashtirish yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
—
Президент Республики Узбекистан, Верховный Главнокомандующий Вооруженными Силами Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о совершенствовании системы подготовки военных кадров и цифровизации армии.
#Mirziyoyev #taqdimot #mudofaa #raqamlashtirish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
—
Президент Республики Узбекистан, Верховный Главнокомандующий Вооруженными Силами Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией о совершенствовании системы подготовки военных кадров и цифровизации армии.
#Mirziyoyev #taqdimot #mudofaa #raqamlashtirish
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Forwarded from Toshkent viloyati hokimligi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yoshlar kuni”da Nurafshon yoshlari uchun munosib tuhfa
Bu borada Nurafshon shahrida ham tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududlarda zamonaviy sport maydonlari, kutubxonalar va yoshlar maskanlari barpo etilib, yigit-qizlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
✅ Bugun ana shunday tadbirlar doirasida “Yoshlar kuni” munosabati bilan Evalak mahallasida futbol, voleybol hamda street workout maydonlarini o‘z ichiga olgan zamonaviy sport majmuasi foydalanishga topshirildi.
Mazkur inshoot mahalla yoshlari uchun sport bilan shug‘ullanish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va iqtidorlarini namoyon etish uchun yana bir muhim maskanga aylandi.
✅ Ochilish marosimida Nurafshon shahri hokimi I. Klichxanov, shahar prokurori T. Karimov, shahar IIB boshlig‘i A. Yuldashev, mahalla faollari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida so‘zga chiqqan shahar hokimi Ilxom Klichxanov hudud aholisini yangi sport inshooti bilan tabriklab, ushbu maydonlardan kelajakda yurtimiz sharafini himoya qiladigan iste’dodli sportchilar, mashhur futbolchilar yetishib chiqishiga ishonch bildirdi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥3👍2
Qiz tarbiyasi — yurt ko‘rki
Yosh avlodni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ma’naviy-axloqiy tarbiyasini mustahkamlash maqsadida maktablarda qizlar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilmoqda.
✅ Ana shunday tadbirlardan biri Nurafshon shahridagi 1- va 4-umumta’lim maktabida bo‘lib oʼtdi. Unda shahar hokimi o‘rinbosari — Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N. Djumanova ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq va samimiy muloqot olib bordi.
❗️Davra suhbati davomida erta turmush va erta tug‘ruqning salbiy oqibatlari, qizlar odobi, kelajakdagi maqsad va orzularni to‘g‘ri shakllantirish, shuningdek, zo‘ravonlik va tazyiqlarga qarshi kurashish mavzularida tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, bunday uchrashuvlar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👎1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM