Nurafshon shahri hokimligi
3.02K subscribers
46.9K photos
4.39K videos
61 files
13.4K links
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qurolli Kuchlar Bosh harbiy klinik gospitaliga borib, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari holidan xabar oldi.

Президент Шавкат Мирзиёев посетил Главный военный клинический госпиталь Вооруженных Сил, где навестил участников Второй мировой войны.

#Mirziyoyev #uchrashuv #Xotiravaqadrlashkuni #faxriylar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X


Burchga sadoqat va fidoyilik unutilmaydi


🎗9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimizda mardlik, fidoyilik va inson qadrini ulug‘laydigan muhim sana sifatida keng nishonlanadi. Ushbu kunda Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasi yod etilib, faxriylar hamda nuroniylarga alohida ehtirom ko‘rsatilmoqda.

🟣Bugun Nurafshon shahar Tibbiyot birlashmasi rahbari M.Peltabayeva boshchiligida Ikkinchi jahon urushi hamda mehnat faxriylari holidan xabar olinib, ularning salomatligi, turmush sharoiti bilan yaqindan tanishildi.


🏷Tadbir davomida faxriylarga samimiy tilaklar bildirilib, ularning yurt ravnaqi va tinchligi yo‘lidagi xizmatlari yuksak e’tirof etildi.

Telegram 🌐Instagram 📹YouTubeFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1


Burch, jasorat va matonat timsollari xotirasi yod etildi

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Nurafshon shahridagi Vatanparvar bog‘ida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, viloyat faollari, harbiy xizmatchilar, deputatlar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida yurt tinchligi, xalq osoyishtaligi va Vatan ravnaqi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan ajdodlarimiz xotirasi chuqur hurmat va ehtirom bilan yodga olindi.


Shuningdek, tadbirda Nurafshon shahar hokimi Ilxom Klichxanov boshchiligidagi hokimlik jamoasi ham faol qatnashdi.

Ishtirokchilar “Matonat madhiyasi” majmuasiga tashrif buyurib, Zulfiya aya Zokirova va uning oilasi xotirasiga bag‘ishlab barpo etilgan majmua poyiga gul qo‘yib, hurmat bajo keltirdilar.

❗️Mazkur tadbir yosh avlod qalbida Vatanga sadoqat, ajdodlar xotirasiga hurmat va tinchlikning qadriga yetish kabi ezgu fazilatlarni mustahkamlashga xizmat qildi.

Telegram 🌐Instagram 🌐WebsiteFacebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍2🔥2