Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasida 12-may — Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
✅ Tadbirda Nurafshon shahar tibbiyot birlashmasi boshlig‘i M. M. Peltabayeva, kasaba uyushmasi raisi R. J. Vohidova hamda davolash ishlari bo‘yicha muovin S. K. Sherniyazov ishtirok etib, hamshiralarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etdilar.
Tadbir davomida hamshiralar mehnati, ularning bemorlarga ko‘rsatayotgan mehr-e’tibori va fidoyiligi alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, tadbirda hamshiralarga mashaqqatli va sharafli faoliyatlarida sabr-toqat, kuch-g‘ayrat hamda ulkan muvaffaqiyatlar tilandi.
Tadbir yakunida bir guruh fidoyi hamshiralarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤2👍1
Nurafshon shahri bo‘ylab keng ko‘lamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Xususan, mahallalarda Yangi O‘zbekiston qiyofasini shakllantirish, hududlarni yanada obod va tartibli holatga keltirish hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratish maqsadida hashar va tozalik tadbirlari tashkil etildi.
✅ Hashar ishlari davomida mahalla ko‘chalari, ichki yo‘laklar, ariq-zovurlar va jamoat hududlarida sanitariya-tozalik ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, hududlarni begona o‘tlardan tozalash, chiqindilarni olib chiqish, yashil maydonlarni parvarishlash, daraxtlarga ishlov berish hamda gul ko‘chatlari ekish bo‘yicha amaliy ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, hududdagi bino va inshootlarning fasad qismlarini ta’mirlash, tashqi ko‘rinishini tartibga keltirish, bo‘yoqlash hamda obodonlashtirish ishlari ham amalga oshirilmoqda. Mazkur ishlar shahar infratuzilmasini yaxshilash va hududlarning estetik ko‘rinishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni vaqtda Nurafshon shahridagi "Vatanparvar" bog‘ida "Milliy fashion show" liboslar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM